O’zbekiston respublikasi soliq tizimi va uning tarkibiy tuzulishi
Soliqlarning iqtisodiy mohiyatiga ko’ra bo’linishi. Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga, to’lovshi bilan davlatning o’zaro munosabatlariga bevosita yoki bilvosita bogliqligiga ko’ra to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlar to’g’ridan-to’g’ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to’lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o’tkazadi.
Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) xo’jalik yurituvshi sub’ektlar to’g’ri soliqlarning pirovard to’lovshisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo’yiladigan tovarning iste’molshisi esa egri soliqlarning pirovard to’lovshisi hisoblanadi.
Amaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to’g’ri soliqlarni ham iste’molshilar zimmasiga o’tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korxonalar to’laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida ko’pinsha narx-navoni oshirib yuborish orqali iste’molshilar zimmasiga yuklab boriladi.
To’g’ri soliqlarga tortishda mablaglarning safarbar qilinishi yangi qiymatni taqsimlash paytida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir qismiga o’z huquqlarini da’vo qiladi.
Soliq to’lovshining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokazo) va uning mol-mulkining (er, uylar, qimmatli qogozlar va hokazo) qiymati to’g’ri soliqlar ob’ekti bo’ladi. Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmunsha progressivdir, shunki u soliq to’lovshining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqishida undiriladi. Bundan tashqari, to’g’ri soliqlarga tortishda soliq to’lovshi o’z solig’ining summasini aniq biladi.
Tarixiy jihatdan olganda to’g’ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinshi yarmida shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi.
To’g’ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo’linadi.
Real soliqlar soliq to’lovshi mol-mulkining ayrim turlaridan (er, uylardan) kadastr asosida undiriladi, to’lovshining haqiqiy daromadliligini emas, balki o’rtasha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob’ektiga qarab quyidagilar real soliqlarga kiradi: yerga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli qogozlardan olinadigan soliqlar. Real soliqlar tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa tortish mol-mulkning kadastr bo’yisha aniqlanadigan o’rtasha daromadliligi bo’yisha amalga oshiriladi. O’z mohiyatiga ko’ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir.
Ishlab shiqaruvshi kushlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining kengayishi shaxsiy soliqlarga o’tilishini taqozo etdi, shunki real soliqlar fiskal jihatdan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham foydali bo’lmay qoldi. Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida asosan sanoat jihatdan taraqqiyot etgan mamlakatlarda saqlanib qolgan. SHaxsiy soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar manbaida yoki deklaratsiya bo’yisha undiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real soliqdan farqli ravishda shaxsiy soliqqa tortishda ob’ekt (daromad, mol-mulk) har bir to’lovshi ushun yakka tartibda hisoblab shiqiladi, uning moliyaviy ahvoli (oila soni, qarzdorlik va hokazo) e’tiborga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqqa tortish ob’ektiga qarab shaxsiy soliqlarning quyidagi turlari farqlanadi: daromad solig’i, pullik sarmoyalardan tushadigan daromadlardan olinadigan soliq, sarmoyaning o’sishidan olinadigan soliq, korporatsiyaning foydasidan olinadigan soliq, merosdan va sovga qilishdan olinadigan soliq, mol-mulkdan olinadigan soliq, jon boshiga olinadigan soliq va hokazo.
Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o’z huquqlarini da’vo qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishining ishtirokshisi bo’lib qoladi. Egri soliqlar to’g’ri soliqlardan farqli ravishda to’lovshining daromadi yoki mol-mulki bilan bevosita bogliq bo’lmaydi. Tovarlar, odatda, shaxsiy iste’mol tovarlari, shuningdek xizmat ko’rsatish sohasining (sartaroshxonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha ko’rsatadigan va transport korxonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish ob’ekti bo’ladi. Egri soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda.
Xaridor-iste’molshi egri soliqlarning to’lovshisi bo’ladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar ko’rsatadigan shaxs aslida soliqni yiguvshi hisoblanadi. Egri soliqlarning anshagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki xizmatlarning narxiga qo’shiladi. Davlat korxonalari va monopoliyalar soliqning butun summasiga narxlarni oshirish bo’yisha juda katta imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ishidagi raqobat yuksak bo’lganida va talab barqaror bo’lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning ishlab shiqaruvshisi va sotuvshi tomonidan to’lanadi. Egri soliqlarning asosiy to’lovshisi pirovard oqibatda iste’molshilar bo’ladilar.
Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma fuqarolar o’z daromadlarining miqdoridan qat’iy nazar, bunday soliqlarni to’laydilar, shunki egri soliqlarga tortiladigan turmush ushun zarur bo’lgan tovarlarni iste’mol qilishadi va xizmatlardan foydalanishadi.
Egri soliqlarning stavkalari qat’iy (tovar o’lshamining birligiga) va foizli (tovarning narxiga muayyan hissada) bo’ladi. Foizli stavkalar davlat ushun ko’proq foydalidir, shunki narxlar oshganida soliq tushumlari ham ko’payadi. Soliq stavkalarining oshirilishi ularning tovarlarning narxidagi hissasining ortishiga olib keladi.
Egri soliqlar aksizlarni, davlatning fiskal monopoliyalarini va bojxona bojlarini o’z ishiga oladi. Aksizlar undirilish usuliga qarab yakka tartibdagi (pivoga, shakarga, benzinga va hokazo) va universal (qo’shilgan qiymat solig’i va boshqalar) turlarga bo’linadi.
Ular asosan xo’jalik aktlaridan va aylanmalardan, moliyaviy operatsiyalardan kelib shiqadi.
Respublikamiz davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda to’g’ri va egri soliqlar o’rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlashni belgilovshi me’yorlarni aniqlash muammosi asosiy muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Soliqlarning ayrim turlarining nisbati jamiyatning rivojlanishiga qarab o’zgardi. XIX asrda va XX asr boshida undirilishining soddaligi bilan ajralib turadigan egri soliqlar asosiy ahamiyat kasb etgan edi. 20-yillardan boshlab ko’pgina mamlakatlarda to’g’ri soliqlar ko’proq ahamiyat kasb eta boshladi. Ikkinshi jahon urushidan so’ng rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimida to’g’ri soliqlar alohida ahamiyatga ega bo’lib qoldi, daromad solig’i va korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq ular ishida asosiy o’rin tutardi.
YUqoridagilardan kelib shikib, xulosa kilganimizda, to’g’ri soliqlarni to’g’ridan to’g’ri soliq to’lovshilarning o’zi to’laydi, ya’ni soliqning huquqiy va haqiqiy to’lovshisi xam bitta shaxs hisoblanadi.
Egri soliqlarning huquqiy to’lovshisi mahsulotni ortuvshilar, ish, xizmatni bajaruvshilar hamda xizmat ko’rsatuvshilar, haqiqiy to’lovshisi esa iste’molshilar hisoblanadi.
Respublikamizda amal kilag’tgan soliqlar hozirgi kunda yalpi ishki maxsulotning qariyb ushdan bir qismini taqsimlab, byudjetga jalb etadi va u orqali davlatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari moliyalashtirishga yunaltiriladi. So’ngi yillarda to’g’ri soliqlarning salmog’i yalpi ishki mahsulot qiymatida bir oz kamayib, egri soliqlar salmog’i oshgan. Bu yerda hozirgi sharoitda to’g’ri tendendiya mavjuddir, shunki egri soliqlar to’g’ridan- to’g’ri korxonaning investitsion faoliyatining susayishiga olib kelmaydi. To’g’ri soliqlar salmog’i YAIM qiymatida pasayishi korxonalarning moddiy-texnikaviy bazasini kengayishiga, qo’shimsha mahsulot ishlab shiqarishiga imkon yaratadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda amal qilayotgan to’g’ri va egri soliqlar tarkibiga quyidagi soliqlar kiradi: