Mavzu: O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi rivojlantirishning kontseptual asoslsri



Yüklə 78,45 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü78,45 Kb.
#185881
  1   2   3   4   5
1-ma\'ruza


  1. Mavzu: O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi rivojlantirishning kontseptual asoslsri.

Reja.

  1. O‘zbekiston Respublikasning “Ta‘lim to‘g‘risida”gi Qonun

  2. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.

  3. Ta’lim tizimi va turlari.

O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasi (1997–yil 29 – avgust) da ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan. Ta’lim to’g’risidagi ushbu Qonun besh bo’lim 34 moddadan iborat bo’lib uning maqsadi fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb–hunar o’rgatishning huquqiy asoslari kabi konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashdan iborat.
1-bo’lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqlari, ta’lim berish tili kabi masalalar o’z ifodasini topgan.
2-bo’lim ta’lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan. Masalan, 9-moddada ta’lim tizimining mohiyati ifodalangan. Qonunga ko’ra ta’lim tizimimiz Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim mussasalarini ta’lim tizimi rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalarni ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni o’z ichiga oladi.
Qonunning uchinchi bo’limi ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga bagishlangan bo’lib, unda ta’lim oluvchilarni va ta’lim muassasasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish yetim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning o’qish masalalari qonuniy ifodasini topgan.
To’rtinchi bo’limida ta’lim tizimini boshqarishdagi vazirlar mahkamasining, ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlarining vakolatlari ko’rsatilgan bo’lsa, beshinchi bo’limda yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish maqsadida so’nggi yillarda bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. ular quyidagilar:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni.
O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni O’RQ-406-son.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907 qarori.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 21 apreldagi PQ-2909-son qarori.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi Farmoyishi.
Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Ular quyidagilar: birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishni oshirish, o’z qobiliyatlarini namoyon qilishga ko’maklashish; ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug’ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish; uchinchi tashabbus – aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari hamda internetdan foydalanish ko’nikmalarini oshirish; to’rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish; beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish.


Yüklə 78,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin