Mavzu: O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi rivojlantirishning kontseptual asoslsri


Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari



Yüklə 78,45 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü78,45 Kb.
#185881
1   2   3   4   5
1-ma\'ruza

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari


O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining 3-moddasi ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga bag’ishlangan.
Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

  • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  • umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;

  • o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  • ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  • bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish;

  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish.

  • Ta’lim tizimi va turlari

  • Ta’lim tizimini boshqarish pedagogika fanining muhim tarmog’i bo’lib, O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi organlari va ularning vazifalari, ish faoliyatining mazmuni va metodlarini belgilab beradi, shuningdek, ta’lim muassasalariga rahbarlik qilish tizimini asoslaydi.

  • O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini boshqarishga umumiy rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi olib boradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish bo’yicha quyidagi vakolatlarga egadir:

  • Ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  • Ta’lim sohasida davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;

  • Ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni amalga oshirish;

  • Ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugutish tartibini belgilash;

  • Ta’lim muassasalarini akkreditasiyadan, pedagogik, ilmiy kadrlarni attestasiyadan o’tkazish tartibini belgilash;

  • Boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;

  • Qonun hujjatlari talablariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;

  • Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash;

  • Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;

  • Davlat grantlari miqdorini va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash;

  • Oliy ta’lim muassasalarining rektorni tayinlash;

  • Ta’lim oluvchilarning akkreditasiya qilingan bir ta’lim muassasalaridan boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.

  • Respublika ta’lim tizimini boshqarishda bir qator davlat organlariga tegishli vazirliklar, chunonchi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek, markazlar xususan, Respublika ta’lim Markazi, viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi bo’limlari ham ishtirok etadilar.

  • Ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlarining huquqlari doirasiga quyidagilar kiradi:

  • Ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqarish;

  • Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy masalalarda ularga rahbarlik qilish;

  • DTS, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo’lgan talablarning bajarilishini ta’minlash;

  • O’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, tav’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etish;

  • O’quv va o’quv uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni tashkil etish;

  • Ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternet to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash;

  • Davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasiga takliflar kiritish;

  • Pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, qayta tayyorlashni tashkil etish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.

  • Respublika ta’lim tizimini boshqarishda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham ishtirok etadi. Ularning Respublika ta’lim tizimini boshqarishdagi o’rni va roli quyidagilar bilan belgilanadi:

  • Ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida bo’lgan muassasalar bundan mustasno) ularning ustavlarini ro’yxatga oladilar;

  • O’z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarini belgilaydi;

  • Ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo’lgan talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar. shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bosh vakolatlarni ham amalga oshiradilar.

  • Ta’lim tizimini boshqarish sohasida ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish ishlarini tashkil etishga ham alohida e’tibor beriladi. Ta’lim muassasasi uning rahbari (direktor yoki rektor) tomonidan boshqariladi.

  • Ta’lim muassasasi direktori o’quvchilarni ma’naviy barkamol, jismonan sog’lom bo’lishlari, fan asoslarini puxta o’zlashtirishlari, umumiy ta’lim muassasalarining bugun faoliyati uchun javobgar shaxs sanaladi. Tashkilotchi oliy ma’lumotli, kamida 3 yillik pedagog ish stajiga ega bo’lgan eng yaxshi ta’lim beruvchi tuman xalq bo’limi tavsiyasiga binoan viloyat xalq ta’limi (Toshkent shahrida shahar xalq ta’limi) bo’limi tomonidan direktor tayinlanadi. Bir maktabdan ikkinchi maktabga ko’chiriladi. Ishdan bo’shatiladi. Viloyat xalq ta’limi bo’limi bu haqda O’zbekiston Respublikasi XTB ga ma’lum qiladi.

  • Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’ini ta’lim muassasasi xodimlari bajarishi shart. Rahbarning ta’lim muassasasidagi vazifalari asosan quyidagilardan iborat: o’quv muassasasining pedagogik jamoasiga rahbarlik qilish; kadrlarni to’g’ri tanlash; joy – joyiga qo’yish; xodimlarning ijtimoiy – g’oyaviy saviyasi malakasini oshirish uchun zarur shart – sharoitni yaratish, o’quvchilar bilimi va tarbiyasi sifatli bo’lishini ta’minlash, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkil etilishiga rahbarlik qilish va tegishli nazorat o’rnatish. O’quvchilarning to’g’ri kasb tanlashini ta’minlashni yo’lga qo’yish, ota – onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etish. Maktabda ichki intizom, sanitariya – gigiyena, umumiy rejim, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishni ta’minlash va hokazolar.

  • “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 10-moddasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilish ko’rsatiladi (1 – chizma).




  • Qonunning 11-17 moddalarida har bir turining mohiyati qisqacha yoritilib beriladi. Unda ta’kidlanganidek maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk maqsadini ko’zlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassalarida olib boriladi.

  • Umumiy o’rta ta’lim majburiy bo’lib, u o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojini, asosiy o’quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni o’zlashtirishi, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda tutadi. Ta’lim bosqichi tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bo’yicha olingan baholar ko’rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan attestat beriladi.

  • Qonunda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o’rta ta’lim asosida akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o’qishning yo’nalishini ixtiyor ravishda tanlash huquqiga ega ekanligi takiklanadi. «Akademik litseylar va kasb-hunar bo’yicha ishlash huquqini beradiga hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi».

Akademik litseylar o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko’nikmalarini o’zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu ko’nikmalar o’qishni muayyan oliy ta’lim muassalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro’yobga chiqarishlari mumkin. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi beradi, o’quvchilarni kasb hunar egallashiga imkoniyat beradi.

  • O’zbekiston Respublikasida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida birmuncha o’zgarishlar ro’y berdi, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 11 iyul kuni “Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi. Kasb-hunar ta’limi umumiy o’rta ta’lim negizida amalga oshirilishi nazarda tutildi.

  • Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassis tayyorlaydi, ikki bosqichda: bakalavriat va magistraturada amalga oshadi.

Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:

  • ta’lim ustuvorligining tan olinishi;

  • ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;

  • ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;

  • ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;

  • ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;

  • ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;

  • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  • o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;

  • davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  • o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;

  • insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;

  • jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;

  • bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;

  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;

  • ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentyabr kuni «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni imzolandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati. Mazkur hujjat 19 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinib, 7 avgustda Senat tomonidan ma’qullangan edi

Yüklə 78,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin