Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra



Yüklə 3,3 Mb.
səhifə48/215
tarix14.12.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#177239
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   215
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi

O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o‘quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim – kommunikatsiya (muloqot) o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya – bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish).
Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunday bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) – haqiqiy (original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial (eshitish) – radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual (ko‘rish-eshitish) – ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron darsliklar.
Zamonaviy ta’limda ta’limning texnik vositalaridan keng foydalaniladi.
Ta’limning texnik vositalari bu o‘zida o‘quv-axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga: o‘quv kinofilmlari, diafilmlar, kompyuterlar, magnitofon tasmalari, radioeshittirish, teleko‘rsatuvlar kiradi.
Ta’limning texnik vositalarilarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: axborot; aralash (kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.
Ta’limning texnik vositalarining funksiyalari:

  • ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;

  • o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;

  • o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi;

  • o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;

  • dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;

  • o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;

  • bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.




Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin