Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri



Yüklə 3,3 Mb.
səhifə138/215
tarix14.12.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#177239
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   215
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi

23.2. So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri
Tasavvuf, so’fiylik – islomda insonning ruhiy dunyosi to‘g‘risidagi qarash. Tasavvuf uzoq asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitishga xizmat qilib kelgan. Insonning ruhiy-axloqiy poklanishi, ilohiy muhabbat bilan yuksalib borish bu ta’limotning asosiy g‘oyalaridir. Shu bois tasavvuf chuqur insonparvarlik g‘oyalari bilan omuxta bo‘lib, haqiqat talabida yurgan odamlar qalbiga yo‘l topdi, odamlarning poklik, abadiy hayot, ko‘ngil hurriyati haqidagi orzularini ifodalab keldi. Xalqimiz so’fiy darveshlarga hurmat-ehtirom orqali Alloh taologa, uning insonni ulug‘lagan qudrati va fayzu futuhiga e’tiqodlarini izhor etganlar. Shayxlarning karomatlari, so‘zlari va siyratu surati yuksak axloq va ilohiy muqaddaslik namunasi sifatida qabul qilingan. Tasavvuf shayxlari xalqning ma’naviy rahbarlari, ruhoniy murabbiy sifatida maydonga chiqib, payg‘ambar faoliyati, holatlarini davom ettirisha jazm etganlar.
Ulug‘ so’fiy va shoir Farididdin Attor o‘zining «Tazkiratul avliyo» asari muqaddimasida qayd etadiki, avliyolarning so‘zi kishi qalbining malhami va ruhining quvvatidir. Kimki avliyo so‘zini diliga jo etsa, u Qur’on va Hadislar mag‘ziga eshik ochadi, o‘zining holati, axloqini, qilayotgan ishlarining yaxshi-yomonligini o‘ylaydigan bo‘lib qoladi va hayot, oxirat, insoniylik to‘g‘risida mulohaza yuritib, ichki olamini tartibga soladi.
So’fiylik butun Sharq ma’naviy hayotida komil inson haqidagi g‘oyalarning shakllanishida muhim rol o‘ynadi. So’fiylik musulmon Sharqi xalqlarining ko‘p asrlik ma’naviya hayotining g‘oyaviy asosini belgilab bergan ta’limot bo‘lib maydonga chiqdi. U ilohiy poklik va insoniy go‘zallikni idrok etish yo‘li, haq va haqiqatni himoya etish vositasi bo‘lib xizmat qildi.
So’fiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo‘lida to‘rt bosqichni o‘tishi kerak, deb hisoblaydilar:
Birinchisi – Shariat. Shariat qonun-qoidalariga qat’iy amal qilish, chunki shariat qonun bo‘lib, bu qonun – vujudni va qalbni tarbiyalaydi.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin