Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» asarida didaktik qarashlar



Yüklə 3,3 Mb.
səhifə135/215
tarix14.12.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#177239
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   215
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi

22.9. Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» asarida didaktik qarashlar
Qoraxoniylar hukmronligi davrida ta’limiy-axloqiy jihatdan eng yuksak sanalgan asarlardan biri Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqatlar sovg‘asi») asaridir. Mazkur asar mazmuni ham o‘z davrining ijtimoiy, siyosiy, diniy, axloqiy, iqtisodiy masalalari tashkil etib, unda o‘sh davrdagi ta’limiy-axloqiy asarlarda bo‘lgani kabi bilimlilik, adolat, saxovat, muruvvat kabi xislatlar ulug‘lanadi, etuk insonni tarbiyalash g‘oyasi ilgari suriladi.
Asar o‘n to‘rt bobdan iborat. Dostonning dastlabki 4 bobi an’anaga ko‘ra muqaddima bo‘lib, beshinchi bobdan asosiy qism boshlanadi. Bu boblarda, asosan bilimning ahamiyati, jaholatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, saxovat va baxillik, kamtarlik hamda axloqiylikning eng muhim xususiyatlari tarannum etiladi.
Ahmad Yugnakiy o‘zining insonni kamolga etkazish haqidagi qarashlari bilan pedagogik fikr taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega. U inson kamoloti uchun muhim bo‘lgan aqliy va axloqiy qoida va talablarni o‘zida mujassamlashtirgan «Hibatul-haqoyiq» asarida komil insonni shakllantirishning o‘ziga xos tizimini yaratdi. Bunda u insonni kamolga etkazishning eng muhim va asosiy mezonlaridan biri – insonning bilimga ega bo‘lishi, ya’ni unga aqliy tarbiya berish deb bildi. So‘ng ma’naviy-axloqiy kamolga etkazuvchi so‘z odobi, insondagi halollik, rostgo‘ylik, saxiylik, kamtarlik, samimiylik, qanoat, chinakam do‘st bo‘lishni eng muhim insoniy xislatlar sifatida ta’riflaydi va bularga qarama-qarshi bo‘lgan jaholat, baxillik, ochko‘zlik, yolg‘onchilik, takabburlik, zolimlik, shoshqaloqlik kabi millatlarni qoralab, ularning yomon oqibatlarini ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» asari xalqni, Ayniqsa, yoshlarni ma’naviy kamolotga yo‘llaydi, ijtimoiy hayotdagi kishilar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ahillik, saxovat, yaxshilik bilan hal etib, ochko‘zlik, baxillik, jaholatni ilm-ma’rifat bilan bartaraf etishni da’vat etadi.
«Hibatul-haqoyiq» asaridagi ma’rifiy-tarbiyaviy masalalar yuksak badiiy mahorat bilan ifodalanganligi uchun ham bu asar necha asrlardan buyon ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda.



Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin