KIRISH Budjetda markazlashtirilayotgan mablag’lar davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zo’zini boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli funktsiyalar va vazifalarning bajarilishi ta’minlaydi. Budjetning maqsadi resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyatni barpo etishdir.
Budjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Bizning mamlakatimizda zamonaviy budjetni barpo etish mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshlangan edi. Bu narsa mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda keskin o’zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida, budjetning oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi.
“Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizdan ortig’i ta’lim, 14,5 foizdan ko’prog’i sog’liqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi”-deydi prezidentimiz Birinchi I.A. Karimov o’z ma’ruzalarida1. Darhaqiqat davlat budjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohalarni mablag’ bilan ta’minlashga yo’naltirilgan ekan, avvalo ushbu mablag’lardan foydalanish va davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’minnlash dolzarb masaladir.
Istiqlolimizning tarixiy nuqtai-nazardan qisqa yillarida budjet masalalarida juda katta yutuqlarga erishilganiga qaramasdan, hamon bu erda muammolar mavjud. Budjet daromadlarining qiyinchiliklar evaziga shakllantirilayotganligi, hamma vaqt ham budjet mablag’laridan oqilona foydalanilmayotganligi, budjet defitsiti darajasini belgilangan me’yorlar darajasida ushlab turishning zarurligi ana shunday muammolar qatoriga kiradi.
Mamlakatning budjet tizimi va budjetdan moliyalashtirishni ham takomillashtirishga muhtoj. Aynan shuning uchun ham biz tomondan tanlangan ushbu bitiruv-malakaviy ishi mavzusi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi