Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə34/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

Sakrash mashqlari. Katta maktabgacha yoshida sakrashga oid mashqlar
anchagina ko‘payadi. Erdan anchagina kuchli itarilish, ko‘lni shiddat bilan silkish, yuqoriga, uzunlikka va hokazolarga sakrashni bajarishning barcha bosqichlarida juda yaxshi harakat muvofiqligi kuzatiladi.
Katta guruh bolalari beriladigan yuklamalarni bemalol uddalaydilar, bu o‘rinda
mashqlar miqdorini ham oshirish mumkin, biroq mashqlarning bajarilish sifatiga e‘tiborni ko‘proq qaratish lozim. Joyida turib yoki oldinga siljib ikki oyoqda sakrashni takrorlash bilan birga yugurib kelibuzunlikka va balandlikka sakrash, kalta arg‘amchadan joyida turib uzunlikkasakrash ham o‘rgatilib boriladi.Uloqtirish mashqlari. Olti yoshga qadam qo‘ygan
bolalar harakatlarni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar, bu turli topshiriqlarni
o‘zlashtirib olishiga yordam beradi: nishonga aniq tekkiza oladi, qo‘lini shiddat bilan
harakatlantirib, to‘g‘ri dastlabki holatni egallab, to‘pni uzoqqa ota oladi. To‘p tashlab
berishda, to‘pni olish va ilib olishda fazoda va vaqtda to‘g‘ri mo‘ljal ola ilish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiyachining ko‘rsatmalarini to‘g‘ri idrok
etish xosdir va ular mashqlarni o‘z imkoniyatlariga mos ravishda bajaradilar to‘pni
uzoqroqqa tashlab bera oladilar, uchib kelayotgan to‘pga tomon gavda holatini o‘zgartirib, qo‘llarini cho‘za oladilar, bular harakatlar muvofiqlashuvining anchagina
takomillashganidan dalolat beradi. Muvozanat saqlash mashqlari. Ma‘lumki muvozanat (uni saqlab turish va tutib turishga intilish) har qanday harakatlar uchun doimiy va zarur komponet bo‘lib hisoblanadi. Katta maktabgacha yoshda muvozanat saqlashni turli tuman mashqlar vositasida takomillashtirib borish davom ettiriladi.
Muvozanat saqlash funktsiyasining kechikishi yoki etarli rivojlanmasligi harakat
aniqligiga, sur‘atiga, me‘yoriga ta‘sir ko‘rsatadi. Ular natijalarining yaxshilanishi 5-6 yoshli bolalarda mushak tonusi muvofiqligining etarli darajada yaxshi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Katta guruhda muvozanat mashqlarini tayanchni toraytirilgan va kengaytirilgan holatda bajarish taklif etiladi. Bunda topshiriqlar turli narsalar bilan bajariladi. Muvozanat saqlashni rivojlantirish mashqlarining barchasi bolalardan diqqatni bir joyga to‘plashni, dikkat e‘tiborni, irodaviy zo‘r berishni talab qiladi; shuning uchun mashqlarni o‘rtacha va sekin sur‘atda tarbiyachining kuzatuvi ostida o‘tkazish va zarur hollarda ayrim bolalarga yordam berish hamda ularni asrab-avaylash lozim

Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin