Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja


-Mavzu: Katta va tayyorlov guruhda ertalabki badantarbiya mashqlarini ishlanmasini tuzish va o’tkazish



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə33/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

25-Mavzu: Katta va tayyorlov guruhda ertalabki badantarbiya mashqlarini ishlanmasini tuzish va o’tkazish
Reja:
1. Yelka kamari va qo’1 muskullarim rivojlantirish va mustaxkamlashga qaratilgan
umumrivojlantiruvchi mashqlar.
2. Dastlabki holatlar.Tik turganda oyoqlar uchun dastlabki holatlar,tik turganda qolarni
dastlabki holatlari.O’tirganda dastlabki holatlar,yotganda dastlabki holatlar.
3. Saflanish mashqlari Sallanish mashqlari (davra,kolonna, shcrenga...) Qayta
saflanishlar.Turli tomonlarga burilishlar,tarqalish va yig’ilishlar
Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. O‘rgatishning ushbu bosqichida harakat malakalari va ko‘nikmalari ko‘lamining kengayishi, jismoniy fazilatlar (tezlik, chidamlilik, tezkorlik va boshqalar)ning rivojlanishi bilan bog‘lik holda ham mashqlarni yaxlit, ham harakat
texnikasi elementlarini alohida-alohida muvaffakiyatliroq o‘zlashtirish imkoniyati yuzaga keladi. Besh-olti yoshli bolalarda o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni ongli tushunib etish, vaziyatni baholash, o‘z harakatlarini boshqara bilishga muayyan tayyorgarlik bo‘ladi, shuning uchun og‘zaki ko‘rsatma berish va tushuntirish yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faoliyatida mustahkam bilim va ko‘nikma shakllantirish mumkin bo‘ladi.
Maktabgacha ta‘lim muassaslari uchun yaratilgan ta‘lim-tarbiya dasturi, Maktabgacha
ta‘limga qo‘yiladigan Davlat talbalariga muvofiq barcha guruhda bolalar yurish, yugurish, muvozanat saqlash, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqishga o‘rganib, uni takomillashtirib boradilar, sport o‘yinlari: bastketbol, futbol, sport elementlari va hokazolarni egallaydilar.
Yurish va yugurish mashqlari. Yurish va yugurish mashqlarining vazifasi qo‘l va
oyoqlar harakatlanayotganda muvozanat yaxshi saqlagan holda engil, erkin harakatlar
qilishni o‘rgatishdir. Bolalar katta maktabgacha yoshda bir yo‘nalishda hamda bir me‘yorda yurish va yugurish ko‘nikmasini egallay biladilar.
Bolalar olti yoshga etganda yugurishda uchish holatini egallab olgan bo‘ladilar. Yurish
va yugurishni takomillashtirish uchun oldingi guruhlarda egallangan harakat malakalari
asosida turli mashqlarni asta-sekin murakkablashtirib borishdan foydalaniladi.
Tarbiyachi katta guruhda yurish va yugurishni navbatma-navbat o‘rgatib boradi, bunda
topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirib boradi hamda bajarilayotgan mashqning
texnikasiga talablar qo‘yadi.
Masalan, tizzalarni baland ko‘tarib yurish mashqini o‘zlashtirib olishni anchagina
qiyin desa bo‘ladi. Yurishning ushbu ko‘rinishida qadamlar qisqa harakatlar aniq, avvaliga oyoqning oldingi qismi uchi, so‘ngra oyoq to‘liq qo‘yiladi. Tizzalarni baland ko‘tarib yugurishda tizzadan bukilgan oyoq to‘g‘ri burchak darajasiga ko‘tariladi va erga yumshoq qo‘yiladi, ammo oyoq uchi shaxdam harakat bilan qo‘yiladi.
Keng erkin qadam bilan yurish va yugurish. harakat bir oz sekinlatilishi bilan
harakterlanadi. Bunda qo‘l va oyoq odatdagidek o‘zaro muvofik, harakat qilib oldin oyoq tovoni qo‘yilib, uchiga o‘tiladi.
Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish uchun tezlik bilan yugurish (20 m masofaga) taklif
kilinsa, chaqqonlik va harakat muvofiqligini rivojlantirish uchun mokisimon yugurish
beriladi va nihoyat chidamlilikni rivojlantirish uchun belgilangan masofaga sekin va
o‘rtacha sur‘atda 2.5dakiqa davomida muntazam yugurish qo‘llaniladi.

Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin