Mavzu Investitsiyalarni baholash va turkimlash Reja



Yüklə 33,15 Kb.
səhifə1/3
tarix02.06.2023
ölçüsü33,15 Kb.
#122383
  1   2   3
Инвестицияларнинг туркумланиши ва бахоланиши


Mavzu Investitsiyalarni baholash va turkimlash

Reja

  1. Moliyaviy investitsiyalarning mohiyati va ularni hisobga olishning vazifalari.
  2. Moliyaviy investitsiyalarni turkumlash va baholash.


  3. Investitsiyalarni diskontlash.


  4. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar harakatini hisobda aks ettirish.



  5. Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqkan holda bir qancha sohalarni, jumladan buxgalteriya hisobi tizimini ham isloh qilishni taqozo etdi.

    Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jamiat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dasturamal bo‘lib hisoblanadi.

    Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqozo etadi. Hisobning shunday bo’linishi nafaqat korxonaning, balki barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan davlatning ham istiqboli uchun xizmat qiladi.

  6. Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikaning o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilash, Vatanimizni erkin, kuchli va ravnaq topayotgan mamlakatga aylantirish eng birinchi galdagi masala bo‘lib qoldi. Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish natijasida O‘zbekiston uchun iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, madaniy va ma’naviy yangilanishning keng istiqbollari ochildi. Iqtisodiy islohotlarning muhim natijalari yildan yilga o‘zining ijobiy samarasini berayotganligini har bir soha va tarmoqda barqaror o‘sish sur’atlari orqali ko‘rishimiz mumkin. Bunga mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning o‘tgan 2019 yilga – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berganlari, ushbu yilda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganimiz va uning davomi sifatida 2020 yilga – “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilinganligi davlatimizni rivojlantirishdagi muhim islohatlari sifatida misol bo‘la oladi.



Shu boisdan mazkur kurs ishi mavzusi dolzarb mavzulardan deb hisoblanadi.

Investitsiya (lot. investio — oʻrash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoklarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qoʻyish).

Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va boshqalar ishlatiladi.

Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi mumkin.

Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fukarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi.

Investitsiyasi qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi.

Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya;

Real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) soxasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi.

Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing , bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byud-jetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va boshqalarga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.

Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita investitsiya faol oʻsib bormoqda: 1980-yillar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik investitsiya hajmi 450 mlrd. dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-yillar oʻrtalariga kelib investitsiya hajmi 2 trln. dollardan oshdi. Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda investitsiyadan samarali foydalanilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida 1996 yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati b-n olingan kreditlar hiso-biga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el investitsiya va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iktisodiyotiga investitsiya kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy investitsiyani amalga oshiradigan xususiylashtirish investitsiya fandlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000 y.da moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 mlrd. soʻm, shu jumladan, 810 mln. AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3% ni respublika byudjeti, 39,1% ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5% ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7% ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4% ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada investitsiya faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida" (1995 y. 5 may), "Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida" (1998 y. 12 dek.), "Chet ellik investorlar huquklarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 aprel), "Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 aprel), "Lizing toʻgʻrisida" (1999 y. 14 aprel), "Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquklarini himoya qilish toʻgʻrisida" (2001 y. 30 avg .) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti b-n bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli I.ni, ayniqsa, chet el investitsiyalarini sugʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalarni sugʻurtalash sohasida 1994 yilda tashkil etilgan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.

Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar. Moliya investitsiyalar — qimmatli qogʻozlar (aksiya,obligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qiyilmatlar. Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar. Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir.

Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi.

Moliyaviy investitsiyalar — xo‘jalik yurituvchi subyekt tasarrufidagi (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) daromad olishga mo‘ljallangan, investitsiya qilingan kapital qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniyaning boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.

Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar — muomalada bo‘lish muddati 12 oydan oshmaydigan oson realizatsiya qilinadigan investitsiyalar.

Uzoq muddatli investitsiyalar — qisqa muddatli (joriy) investitsiyadan tashqari barcha investitsiyalar.

Ko‘chmas mulkka investitsiya — investitsiya qiluvchi subyektning yoki investitsiya qiluvchi subyekt guruhiga kiruvchi boshqa subyektning ishlab chiqarish faoliyati davomida foydalanilmaydigan yer maydonlariga yoki imoratlarga investitsiyalar.

Joriy qiymat — bir-biriga qaram bo‘lmagan, lekin sotib olishni xohlagan xabardor xaridor bilan sotishni xohlayotgan xabardor sotuvchi o‘rtasida aktiv almashtiriladigan summa.

Bozor qiymati — bu investitsiyalarning aktiv bozorda aniqlanadigan summasi.

Bozordagi— bozor qiymati(yoki bozor qiymatini hisoblash imkonini beradigan boshqa biror ko‘rsatkich) aniqlanadigan aktiv bozorning mavjudligini bildiradi.

O‘zining moliyaviy hisobotlarida aylanma mablag‘lar va uzoq muddatli aktivlar o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar egalik qilish muddati 1 yilgacha bo‘lgan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarni aylanma mablag‘ sifatida, egalik qilish muddati 1 yildan oshadigan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni esa uzoq muddatli aktivlar sifatida ko‘rsatishlari kerak.
Bundan tashqari, moliyaviy qo‘yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o‘tkazish qimmatli qog‘ozlarni sotib olish maqsadiga bog‘liq.
Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo‘yilmalarga kiradi.

Investitsiyalar kim tomonidan kiritilishiga qarab 2 turga boʻlinadi:

Ichki investitsiyalar.

Tashqi investitsiyalar.



Ichki investitsiyalar — mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi. Tashqi investitsiyalar — foyda olish maqsadida chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga qo'yiladigan investitsiyalardir.
Moliyaviy qo‘yilmalar sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib olingan aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo‘yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo‘yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning amalga oshirgan qo‘yilmalariga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo‘yilmalar mablag‘lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog‘ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to‘lov topshiriqlari kiradi.
Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda fond birjalari mavjudligini alohida e’tirof etish kerak. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan.
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda - qimmatli qog‘ozlarni tasarruf etuvchilarni almashishga olib keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa harajatlari tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlarni har qanday korxona, aktsioner jamiyati va kredit muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aktsioner jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va boshqalar kiradi.
Aksiya – aktsioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat tugatilganda mulk qoldig‘ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aktsioner jamiyatining ustav kapitaliga qo‘shilgan mablag‘ni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aktsioner jamiyatining faoliyati davomida harakatda bo‘ladi.
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aktsioner jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga binoan, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak: aktsioner jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi – «aksiya», uning turi, tartib raqmi, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, ro‘yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning kodi, dividendlarni to‘lash muddati, aktsioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo‘lgan ustav kapitalining hajmi.
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul milliy va xorijiy valyutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin.
Shaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarga bo‘linadi. Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida ro‘yxatga olinadi. Bu o‘z navbatida kimda qancha va qanday aksiyalar borligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning ismi ko‘rsatilmaydi, natijada jamiyat o‘zining paychilari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko‘rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir.
Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va imtiyozliga bo‘linadi.
Oddiy aksiyalar aktsioner jamiyatini boshqarishda qatnashish, hisobot davri tugaganda aktsionerlar majlisi tomonidan aniqlanadigan miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar aktsioner jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi, lekin korxona o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi navbatda qat’iy belgilangan miqdorda dividend olish huquqini beradi. Bunday hollarda korxona rezerv fondidagi mablag‘lardan foydalanadi.
Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aktsioner jamiyatiga o‘z mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirish imkoniyatini beradi.
Obligatsiya – uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal qiymatini to‘lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir.
Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aktsioner jamiyati yoki korxonaning, davlat yoki mahalliy hukumatning kreditori bo‘lib hisoblanadi.
Shaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan, foizli va foizsiz, erkin muomalada bo‘ladigan va muomala doirasi cheklangan obligatsiyalarga bo‘linadi.
Obligatsiyalarni har qanday mulk shakliga ega bo‘lgan korxona chiqarishi mumkin. Ularni sotishdan olingan pul faqat korxonani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin.
Ichki davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar bank muassasalari orqali tarqatiladi; ularni sotishdan olingan mablag‘lar tegishli respublika yoki mahalliy byudjetga o‘tkaziladi. Bular faqat ko‘rsatuvchiga berilgan obligatsiyalardir.
Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar ularning harakat muddati ichida davriy berib borilishi yoki obligatsiyaning harakat muddati tugagandan keyin bir yo‘la berilishi mumkin.
Omonat sertifikatlari – kredit muassasalarining pul mablag‘larini deponentlangani to‘g‘risidagi guvohnomasidir. Bu guvohnomani tasarruf etuvchi omonat sertifikati muddati o‘tgandan so‘ng depozit summani va uning foizini olish huquqiga ega. Omonat sertifikatlarini davlat va tijorat banklari beradi. Omonat sertifikatlari shaxsi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan bo‘ladi. Ko‘rsatuvchiga berilgan sertifikatlar muomalada bo‘lishi mumkin, ismi yozilgan sertifikat esa oldi – sotdi muomalasida qatnashmaydi. Ko‘rsatuvchiga berilgan sertifikat debetor va kreditorlar o‘rtasida hisob – kitob vazifasini bajarishi mumkin. Sertifikatlar bo‘yicha foizlar faqat depozit muddati tugagandan keyin to‘lanadi.
Veksel – qaysi muddatga yozilgan bo‘lsa, shu muddat tugagach, unda ko‘rsatilgan summani to‘lashni so‘zsiz talab qilish nafaqat hisob kitobning qulay shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko‘rsatilgan pul shu vaqtning o‘zida to‘lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Bu vaqt ichida vekselda ko‘rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida bo‘ladi.
Veksel qarz majburiyatlarning bir turi bo‘lib, u qat’iy belgilangan shaklda tuziladi. O‘z mazmuniga qarab veksel, birinchidan, so‘zsiz pul majburiyatlari deb ta’riflansa, ikkinchidan, u mavhum majburiyatdir.
So‘zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to‘lanishi qandaydir shartlar bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni to‘lashga tegishli tartib bilan bog‘liq bo‘lmagan begona sharoitlarga bog‘lanmaydi. Veksel bo‘yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, uning tekstida qanday asosga binoan berilganligi ko‘rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi faqat pul bo‘lib hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha.
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo‘sh mablag‘lari hisobidan boshqa korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.
Tovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasidagi mahsulot jo‘natish yoki xizmat ko‘rsatish bitimlarida foydalaniladi.
Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o‘tkazma. Oddiy veksel qarzdor tomonidan to‘ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan muddatda so‘zsiz to‘lanishi ko‘rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
O‘tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O‘tkazma veksel kreditor tomonidan to‘ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko‘rsatilgan summani belgilangan muddatda uchinchi shaxsga to‘lash to‘g‘risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. Shunday qilib veksel beruvchi kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Odatda o‘tkazma vekselni ushlovchi bo‘lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda ko‘rsatilgan summani qarzdor to‘lovchi uchinchi shaxsga to‘lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi vekselda ko‘rsatilgan summani remitentga to‘lanishi, ular o‘zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday majburiyatlari borligi to‘lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to‘lash majburiyati faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog‘liq bo‘lib, hech qanday keyingi veksellar uni o‘zgartirmaydi. Shu munosabat bilan veksel beruvchi o‘tkazma vekselni o‘zi o‘ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab o‘tkazuvchi bo‘yicha majburiyatda ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to‘lovchi ikkinchi tomondan esa – bir vaqtning o‘zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi bo‘lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o‘z huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga o‘tkazib berishi mumkin. O‘tkazma veksel to‘lovchi tomonidan aktseptlanishi kerak va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo‘ladi.


Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan korxona, tashkilot va muassasala mavjud mablag‘lardan samarali foydalanish, korxona ixtiyoridagi aktivlarning samarador ligini maksimal darajada kutarish asosiy vazifa bulib hisoblanadi. Chunki mablag‘lar. samarali foydalanish korxona aktivlari unumdorligini oshirishda va bu orqali maksimal darajada foyda olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga boskichma-boskich o‘tkazish va tarmoklar ikticodiyotini izchil rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish 1 investitsion faoliyatni boshqarish o‘zgacha yondoshishlarni talab etmokda. Chunki xo‘jalik yuritishning zamonaviy yulini tanlash investitsion siyosatni ham tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Investitsion siyosatni amalga oshirishda bozor munosabatlariga mos dastzl lardan foydalanish, ya’ni investitsion jarayon katnashchilarining huquq va majburiyat larini belgilab berish; mamlakatda investorlar uchun tulakonli rakobatni ta’minlash moliyaviy, moddiy va akliy boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish shunga tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.


Investitsiya inglizcha so‘zidan olingan bulib, sarmoya ko‘yish degan ma’n: anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Ko‘onuninkya 2-moddasiga binoan, investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlars kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar xamda ularga doyr huquqlar.

Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi turlari mavjud:

  • Real investitsiyalar;


  • Moliyaviy invetitsiyalar;


  • Intellektual investitsiyalar.



  • Код Успеха


  • Yüklə 33,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin