O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari.
Asosiy qism: Korrupsiyaning salbiy oqibatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017–2021 yillarda mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha turli sohalarda amalga oshirilgan 10 ta eng muhim islohotlar
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda korrupsiyaning salbiy ta’sirlari.
Xarakatlar strategiyasi davlat dasturida korrupsiyaga berilgan ta’rif.
Xulosa.
I. Kirish. O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari.
Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson hukuklari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik kiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga taxdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshka hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi.
Ushbu illatga qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish maqsadida 2008 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yil 13 oktyabrdagi "Korrupsiyaga qarshi" Konvensiyasini ratifikatsiya qildi, shuningdek, "Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.