Mavzu: O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari Reja: Kirish


Xarakatlar strategiyasi davlat dasturida korrupsiyaga berilgan ta’rif



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə4/5
tarix18.05.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#115971
1   2   3   4   5
Korrupsiya - Mustaqil ish

4. Xarakatlar strategiyasi davlat dasturida korrupsiyaga berilgan ta’rif.
Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga parchalanishi natijasida vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo bo‘lishidan oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”.
“Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda”, deb ta’kidlaydi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.
Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan “xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar etkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asossolinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga egadir.
Ikkinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi”.
Uchinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni qo‘msash hissini tug‘diradi”.
To‘rtinchidan, “hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi”.
Beshinchidan, nopok yo‘l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va o‘zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga tayyor turishlarini yaxshi bilib olish lozim. Bunday kimsalar adolatli jazodan qo‘rqib, hamma ishni qilishga, hatto vaziyatni beqarorlashtirishga, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga shay turadilar.

Oltinchidan, jinoiy usullar bilan boylik va mo‘may pul orttirgan kimsalarning yangi huquq himoyachilari va hatto demokratiya uchun jafo chekkan kurashchilar sifatida siyosatga kirib olishga harakat qilayotganidan dalolat beruvchi misollar, jumladan, bizda ham oz emas. Ular bunday xatti-harakatlari bilan insoniyatning adolat va demokratiya kabi olijanob ideallariga jiddiy zarar etkazadilar, o‘z xalqlari va mamlakatlarining taqdiriga, ozodlik va mustaqillik ideallariga mutlaqo befarq qaraydilar. Bunday shaxslar o‘z manfaatlari yo‘lida respublikadagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishga urinayotgan tashqi kuchlarga xizmat qilishga hamisha tayyor turadilar.


Yettinchidan, korrupsiyachilarning xatti-harakatlari nafaqat mamlakatimizning halol fuqarolarini tadbirkorlikdan chetlatadi, balki chet ellik sheriklarda ishonchsizlik uyg‘otadi va ularni cho‘chitib qo‘yadi.
Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida sud va huquqni muhofaza qilish organlarida korrupsiyaga qarshi kurash o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligiga e’tiborni qaratib, jumladan, shunday dedi: “Sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish haqida alohida to‘xtalishni o‘rinli, deb bilaman. Takror-takror aytishga to‘g‘ri keladi, bu sohada xizmat qiladigan odamlar o‘zining professional va fuqarolik burchini, o‘z vazifasini qanchalik halol va sidqidildan ijro etishi, hech mubolag‘asiz, butun hokimiyatning obro‘si va kishilarimizning adolatga ishonchi qay darajada bo‘lishini belgilaydi. Hech shubhasiz, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning darajasi, uning amaliy samarasi ko‘p jihatdan huquq-tartibot, prokuratura va sud organlari tizimining o‘zida bu illatga qarshi qanday kurash olib borilayotgani bilan bog‘liqdir”.
Ayni vaqtda qonunchilar, huquqni qo‘llovchilar va nazariyachilarning butun sa’y-harakatlari korrupsiya tushunchasiga ta’rif berish va uning asosiy turlarini aniqlashga qaratilgan. Bunda asosiy muammo – korrupsiyaga qarshi kurashni qanday qilib va qaysi vositalaryordamida amalga oshirish zarur degan savolga javob topish ikkinchi darajali ahamiyat kasb etib qolmoqda.
Bu savolga mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov aniq javob berdi: “Mana shunday noma’qul holatlarga butunlay barham berish uchun boshqaruv sohasida, avvalambor, samarali ishlaydigan izchil sistema, tizimni shakllantirish kerak. Va bu tizim shunday ishlashi kerakki, bordiyu biror-bir mansabdor shaxs davlat siyosatidan chekinib, qonunga xilof ishlar bilan shug‘ullanadigan, o‘z manfaatini davlat, xalq manfaatidan ustun qo‘yadigan bo‘lsa, u kimligi, kimning qarindoshi, qaysi rahbarning og‘aynisi ekanidan qat’i nazar, muqarrar ravishda jazosini olishi shart. YA’ni, bunday jazoning muqarrarligini shu odamdan yuqori lavozimda o‘tirganlar emas, balki tizimning o‘zi talab etishi zarur. Jamiyatda ana shunday qarash, ana shunday tushuncha shakllangan taqdirdagina qonun ustuvorligi so‘zda emas, amalda ta’minlanadi”.

Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin