Mavzu: O’zbekiston respublikasining yaimning tarkibidagi o’zgarishlar tahlili. Reja



Yüklə 39,4 Kb.
səhifə1/12
tarix20.07.2023
ölçüsü39,4 Kb.
#137001
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu O�zbekiston respublikasining yaimning tarkibidagi o�zgari


MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YAIMNING TARKIBIDAGI O’ZGARISHLAR TAHLILI.
REJA:

1. YALPI ICHKI MAHSULOT TUSHUNCHASI VA UNI HISOBLASHNING ASOSIY SHARTLARI.


2. YALPI ICHKI MAHSULOTNI HISOBLASH USULLARI YAIMNI ISHLAB CHIQARISH USULIDA ANIQLASH.
3. MILLIY HISOBCHILIK TIZIMIDAGI BOSHQA KO‘RSATKICHLAR VA ULAR O‘RTASIDAGI NISBAT.



  1. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari

Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Hukumat statistik raqamlardan rivojlanish darajasini monitoring qilish va iqtisodiy siyosatni shakllantirish maqsadida foydalanadi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardan farqli tarzda bu ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o‘tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:

  • Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste’mol (C), Jamg‘arish (S) ko‘rsatkichlarining hajmi va o‘sish sur’atlari;

  • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;

  • mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o‘sish suratlari;

  • resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);

  • davlat budjeti taqchilligi, deflator, iste’mol baholari indeksi, inflatsiyaning o‘sish sur’atlari;

  • ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;

  • aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.

Davlat budjeti taqchilligi va inflatsiya sur’ati kabi ko‘rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‘llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, C, S ko‘rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.
Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi (MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o‘tagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o‘rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o‘tilgan barcha ko‘rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondoshuvga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala agregat ko‘rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular o‘zaro farq qilishadi.
Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qo‘llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich sifatida tan olindi.
Ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda YaIMga ishlab chiqarilishida qo‘llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar, mamlakatning jug‘rofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yig‘indisi deb ta’rif berib kelingan.
1993- yilda qabul qilingan (2008- yilda yangi tahrir) BMT MHTning yangi talqiniga ko‘ra Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi.
Yangicha talqiniga ko‘ra:
Yalpi ichki mahsulot – mamlakat hududida ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisidan iborat.
YaIM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa, o‘sha mamlakat rezidenti deb qaraladi. «Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’i nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bo‘lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan, yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar (korxonalar, uy xo‘jaliklari) rezident hisoblanishadi».
Elchixonalar va harbiy bazalar o‘zlari tegishli bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy makoni bo‘lib qolaveradilar. Aynan shu jihat YaIMni hisoblashda iqtisodiy va jug‘rofiy hudud o‘rtasidagi farq deb qaraladi. YaIM uch xil usul bilan hioblanadi:
1) ishlab chiqarish usuli;
2) xarajatlar usuli;
3) daromadlar usuli.
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o‘zaro teng bo‘lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YaIM ko‘rsatkichni hisoblashda o‘ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi. Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning asosiy shartlari quyidagilar:
-yakuniy tovarlar va xizmatlar bahosini ifodalaydi;
-bozor baholarida hisoblanadi;
-faqat joriy yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar bahosini o’z ichiga oladi;
-sof moliyaviy bitimlar bahosini o’z ichiga olmaydi.




  1. Yüklə 39,4 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin