Mavzu O’zbekiston siyosiy tizimidagi o’zgarishlar. Reja
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident I.A.Karimov tarixchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda “Odamlarga mustaqilikning afzalligini mustaqil bo‘lmagan millatning kelajagi yo‘qligi, bu tabiiy bir qonuniyat ekanini isbotlab, tushuntirib berish kerak”1 deb ta’kidlagan edi.
Qaramlik, avvalo, mamalakatimizning, xalqimizning siyosiy jihatdan muteligidan namoyon bo‘ldi. Milliy davlatchiligimiz inkor etildi, xalqning hoxish-irodasiga qarshi yagona Turkiston parchalanib, imperiyaning ma’muriy -xududiy qismga aylantirildi, oddiy masalalarni ham markazning ruxsatisiz hal qilolmaydigan bo‘lib qoldi, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olindi, ozodlikdan mahrum etildi. Xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum etilgan edi.
Mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan ham qaram edi. Bu haqida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I. A. Karimov “Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan birida turibdi”2 degan edi. Mustaqillik arafasida O‘zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ittifoqda 12 o‘rinda, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkich esa Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki hissa past, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada, respublikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish o‘rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etar edi. O‘zbekiston aholisi daromad darajasi jihatidan, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi o‘rinlardan birini egallardi.Qishloq aholisining atigi 5 foizi kanalizatsiya va vodo provod bilan, salkam 50 foizi ichimlik suv bilan, 17 foizi tabiiy gaz bilan ta’minlangandi, xolos.Boy tabiiy boyliklarga, unumdor yerga ega bo‘lsada, unga egalik qila olmas edi. Masalan, paxta tolasi va qorako‘lning 90 foizi, tabiiy junning 71 foizi, sintetik tolaning 93 foizi, pilla va charmning anchagina qismi arzimas baho bilan respublikadan olib ketilardi.Yerga nima ekish markazdan belgilanar, paxta yakka xokimligi yuqoridan tiqishtirilgan edi. Respublika rahbariyati va xalqi qancha tabiiy resurslar qazib olinayotgannini, korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni, paxtani kimdir olib ketib, qaysidir narxda kimgadir sotayotganini, bundan qancha daromad kelayotganini bilmas edi. “Paxta tolasi belgilab qo‘yilgan past narxlarda O‘zbekistondan tashqariga jo‘natildi... Paxta yetishtirishda mehnatning 84 foizi bizning zimmamizga tushmoqda va uni qayta ishlashdan keladigan daromadning atigi 16 foizi bizga tegmoqda. Paxtani olayotgan boshqa respublikalarda nisbat aksincha bo‘lmoqda. Masalan, aytaylik, Rossiyada to‘qilgan va tikilgan tayyor ko‘ylak g‘oyat katta foyda keltirmoqda. Mehnati - bizga, puli - boshqalarga. Mamlakatning “paxta sexi” bo‘lish, mana, nimani anglatadi”.Halqimizga boqimandasizlar, sizlarni biz boqyapmiz, deb tana qilinar edi. xalqimiz ma’naviy asoratga solingan edi. Tilimiz, dinimiz, milliy qadriyatlarimiz toptaldi. Tarixiy yordgoliklar, madrasalar, masjidlar yopildi. Mashhur allomalarimiz qoralandi, kitoblari yo‘qotildi. Elning ilmli kishilari quvg‘in ostiga olindi, qatag‘on qilindi. Biz mustaqilliknigina emas, tilimizni, dinimizni, butun ma’naviyatimizni yo‘qotish darajasiga yetgan edik. Totalitar tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib alohida-alohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqboliga dahldor bo‘lgan har qanday katta kichik masalalarni xal etishni xam o‘z zimmasiga olgani uchun mexnatkash xalq boqimandalik kayfiyatiga duchor bo‘lgan edi. U faqat ishlash huquqiga ega edi xolos. Odamzot shunchaki ishlar, shunchaki umr kechirardi, xolos. Aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod etish, yaratish tuyg‘ulari so‘ndirilgan edi. Shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib boradi.Sobiq Ittifoqda 1985 yildan boshlab hukm surgan qayta qurish siyosati uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalarning mutaqillikka chiqishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qilingan makkorona harakat edi.XX asrning 90-yillariga sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish, ozodlikka intilishining yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi.Ko‘pgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi.Ana shunday qaltis davrida O‘zbekiston rahbari etib tayinlangan Islom Karimov respublika hukumatining majlisida “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi” deb, qat’iy bayonot berdi.Mustaqillik deganda nimalarni tushunamiz mustaqillik deganda eng avvalo, o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olishni, o‘zbek xalqining izzatini va tilini o‘z o‘rniga qo‘yishni, o‘zligimizni anglashni, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni tiklashni tushunamiz. Mustaqillik- bu milliy davlatchiligimizni tiklash, kuchli demokratik huquqiy davlat barpo etish, xech kimning qosh- qovog‘iga qaramay mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish degani.Mustaqillik-bu mamlakatimizning yer usti va yer osti tabiiy boyliklariga egalik qilish, xalq qudrati, saloxati, aqlu-zakovatiga tayanib ish yuritish, mustaqil iqtisodiy siyosat olib borish, har bir inson, har bir oila uchun munosib turmush sharoiti yaratish deganidir.Mustaqillik- bu har bir fuqaro uchun millati, irqi, diniy ehtiqodidan qat’iy nazar, tenglik, erkinlik yaratib berish degani. Mustaqillik deganda sog‘lom avlodni, barkamol va fidoyi o‘g‘il-qizlarni tarbiyalash, kelajak avlodga ozod va obod Vatan qoldirishni tushunamiz.Mustaqil deganda O‘zbekiston jaxon hamjiyatiga qo‘shilishi, unda munosib o‘rin egallashni tushunamiz.80-yilllar oxirida respublika ijtimoiy hayotidda jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. O‘zbek xalqining dilidagi g‘oya mustaqillik g‘oyasi edi, xalq ana shu g‘oyani ko‘tardi.Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan markazdan yuborilgan kishilar, ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Tarix taqozosi bilan elim yurtim deb yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoyi insonning O‘zbekistonnning birinchi rahbari lavozimini egallashi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi.I. Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat tili moqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktabrda Respublika Oliy Kengashi O‘zbekistonning davlat tili haqida qonun qabul qildi. Qonunning 1-moddasining 1-qismida “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, deb yozib qo‘yildi. Shunday qilib, o‘zbek tili davlat tili maqomini oldi. Siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida o‘zbek tili to‘la amal qilishi qonunlashtirildi. “Respublika Oliy Sovetining sessiyasida O‘zbekiston SSRning Davlat tili to‘g‘risidagi qonunining qabul qilinishi respublika hayotida muhim tarixiy voqeadir”4, dedi I. Karimov.Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom Karimovning sa’y harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga” zarba berildi. Respublika rahbar kadrlarni tanlash, joyjoyiga qo‘yish ishini o‘z tasavvufiga oldi. Bu ham O‘zbekistonning mustaqillik sari tashlagan navbatdagi qadami edi.90 - yillarning boshlariga kelib O‘zbekistonda xalqning mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo‘lib qoldi.SSSR hukumati inqiroziy holatdan chiqishining yo‘lini topa olmay qoldi. 90-yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh Respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro‘si pasayib ketdi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy axvoldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomonlasha boshladi.1990 yillarga kelib respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini paymon qilgan totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsata boshladi.O‘zbekiston rahbariyati respublika xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazishning o‘ziga xos yo‘lini mustaqil tarzda o‘zi belgilay boshladi. Unga binon, SSSR markaziy idoralaridan farqli o‘laroq, O‘zbekiston dadillik bilan iqtisodiy mustaqillik va siyosiy severeniteti qo‘lga kiritish uchun amaliy harakat qila boshladi.Masalan, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti 1989 yil 25 noyabrda bo‘lgan sessiyasida “O‘zbekiston SSR ni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990 yilgi Davlat plani to‘g‘risida” gi masalani muhokama qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi.1990 yil 24 martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Makaziy Komitetining Plenumida O‘zbekiston SSR ning siyosiy suvereniteti masalasiga jiddiy e’tibor berildi. Unda nutq so‘zlagan I. Karimov “eng muhimi shundan iboratki, Prezident institutining joriy etilishi – respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini bildiradi”5, deb ta’kidladi.1990 yil 24 martdagi O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining sessiyasida O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta’sis etishsh to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiyada yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialislistik Respublikasining Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zbekiston Prezident lavozimining ta’sis etilishi mustaqillik uchun kurashidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Respublikaning birinchi Prezidenti I.A.Karimov Prezident vazifasiga to‘xtalib, bunday dedi: “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti sifatida o‘zimning asosiy vazifalarimni nimalardan iborat deb bilaman?
1. O‘zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish...
2. Prezident boshqaruvining muhim vazifalaridan biri respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o‘zini o‘zi idora qilishga va o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlashga o‘tishini ta’minlashdir...
3. Mehnatkashlarning, aholining hamma tabaqalari farovonligini oshirish, odamlarning talab ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur’atlar bilan rivojlantirish respublikaning davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan, shaxsan mendan, O‘zbekiston SSR Prezidentidan doimiy e’tibor talab qiladigan vazifadir...
4. Prezident faoliyatining, respublika partiya, sovet, davlat tashkilotlarining muhim vazifa laridan biri xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonning axloqiy va jismoniy takomilidir...
5. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni faqat demokratiyani, huquqqa asoslangan davlat qurilishini rivojlantirib, tartib va intizomni mustahkamlab va nihoyat, respublikaning milliy ijtimoiy taraqqiyoti yo‘lida barcha sog‘lom kuchlarni birlashtiribgina hal qilish mumkin...”
O‘zbekiston mustaqilligi uchun tashlangan navbatdagi qadam - O‘zbekiston Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik deklaratsiyasidir. Mustaqillik deklaratsiyasining kirish qismida quyidagilar yozib qo‘yildi:
“O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti:
– o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari,
– har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi,
– har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda,– O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda,– xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib,O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi”Shu kundan boshlab Respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda xal qilina bordi.O‘zbekiston rahbariyati va xalqning O‘zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991 yil 17 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Referendumda O‘zbekiston xalqning mutloq ko‘pchiligada O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch-g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.