Mavzu: O‘zbekistonda axborot komunikatsiya sohasini rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlari, amaldagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari. Reja


Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun maqsadi



Yüklə 25,65 Kb.
səhifə4/7
tarix10.04.2023
ölçüsü25,65 Kb.
#95697
1   2   3   4   5   6   7
qarorlar va farmonlar

Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;
Axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
O’zR Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son farmoni
Iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim soha-lariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholining turli qatlamlariga zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratib berishda O’zR Prezidentining yuqoridagi Farmonining qabul qilinishi asosiy qadam bo’ldi. Ushbu qaror bilan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
AKTni rivojlantirish va joriy etish masalalari belgilangan;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi;


Sohada tashkiliy o’zgartirishlar amalga oshirildi (O’zAAA, AKTni rivojlantirish Jamg’armasi, TATU tashkil etildi;
Tadbirkorlikni qo’llab-quvvvatlash bo’yicha bojxona va soliq imtiyozlari belgilandi;
Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish Markazi UZINFOCOM tashkil etildi.
O’zR Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117 son qarori

Ushbu qarorga asosan:
2010 yilgacha telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, ma’lumotlarni uzatish va AKTni qo’llashning maqsadli yo’nalishlari;
2010 yilgacha mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari faoliyatida AKTni qo’llash dasturi;
Milliy axborot-qidiruv tizimini shakllantirish va rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi.
Davlat organlarining veb-saytlarini va Hukumat portalini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Yüklə 25,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin