Mavzu: O‘zbekistonda axborot komunikatsiya sohasini rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlari, amaldagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari. Reja


AKT sohasini texnik yo’nalishlarida tadbiq etish tamoyillari



Yüklə 25,65 Kb.
səhifə5/7
tarix10.04.2023
ölçüsü25,65 Kb.
#95697
1   2   3   4   5   6   7
qarorlar va farmonlar

3. AKT sohasini texnik yo’nalishlarida tadbiq etish tamoyillari.
Texnologiya so’zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob’ektining dastlabki, boshlang’ich holatini o’zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatik, tvorog, smetana, yog’ va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang’ich hom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham «texnologiya» tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so’zini qo’shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiyani kuyidagicha ta’riflash mumkin. Texnologiya — bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yunaltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yunalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yahshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini uzgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini Quyidagicha ta’riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi — bu ahboriy ma’lumotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo’lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror Qabul qilishi kerak bo’lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo’llab, bitta moddiy resurs­lardan turli mahsulotlar olish mumkin. Huddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o’quvchi boshlang’ich axborotni qayta ishlash uchun o’zining bilimini qo’llaydi. Masalaning echimi bo’lgan yangi axborot mahsuloti, o’quvchi tanlay olgan masalani echish texnologiyasi, usuliga bog’lik.
Moddiy ishlab chiqarishda turli mahsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham uzining «uskunalari», vositalari mavjud. Bo’lar kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o’zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo’llanilmokda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo’llanishiga urg’u berish maqsadida ko’pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o’zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog’likdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli hil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo’lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga kadar bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib o’tdi.
Ana shu bosqichlarga qisqacha to’htalib o’tamiz.
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda «qo’llik» axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob. Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali hat vositasida amalga oshirilgan.

Yüklə 25,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin