Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish yo'llari
1. Davlat mulki va tadbirkorlik Davlat mamlakat ishlab chiqarish vositalarining bir qismini mulk egasi sifatida bevosita ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi, rejalashtiradi va uni nazorat qiladi. Davlat tadbirkorlik faoliyati orqali fan-texnika inqilobi talablariga ko'ra xalq xo'jaligi tuzilishini shakllantirishga hamda bozor baholaridan birmuncha past baholarda tovar sotish va xizmatlar ko'rsatish orqali ishlab chiqarishning boshqa sektorlarining rivojlanishiga ko'maklashadi.
Davlat mulki va sohibkorligi ko'lami bozor iqtisodiyoti sharoitida cheklangan bo'ladi. U, asosan, mamlakat iqtisodiyotini samarali rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Uning doirasiga O'zbekiston Respublikasida, birinchidan, oltin, uran, neft, gaz, ko'mir, rangli metallar va boshqa tabiiy boyliklarni qazib chiqarish sanoati tarmoqlari; energetika, te-miryo'l, avtomobil yo'llari, transportning bir qismi kirishi lozim.
Ikkinchidan, O'zbekiston iqtisodiy mustaqillikni qolga kiritish uchun mashinasozlik, shu jumladan, avtomobilsozlik, uskunasozlik, fan-texnika inqilobi vujudga keltirgan elektro-texnika sanoati tarmoqlarini rivojlantirishi zarurdir. Bu yangi tarmoqlar qaror topishi davlat tadbirkorlik faoliyati doirasida bo'ladi.
Uchinchidan, fan-texnika inqilobi sharoitida fan va tex-nikaga rahbarlik qilish ham davlat zimmasiga yuklanadi. Davlat eng qimmatli fundamental fanlar sohasidagi ilmiy ishlarni moliyalashtiradi.