Mavzu: O`zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishi



Yüklə 130 Kb.
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü130 Kb.
#159348
  1   2   3   4
O`zbekistonda ekol


Mavzu: O`zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishi.

Reja:
1 O`zbekistonda yerning tarkibi buzilishi va ekologik muammolarni


vujudga kelishi


2 O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri.


3 O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari.


4 Xulosa


1 O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi

O`zbekistonda qishloq xo`jaligi sohasida aynan yerga bo`lgan munosabatlarda juda katta islohotlar o`tkazilmoqda. Shu jumladan ko`p yillar davomida yuqori va sifatli hosil olish maqsadida barcha yerlar dehqon – fermer xo`jaliklariga aylantirilmoqda. Darhaqiqat, har bir xo`jalik o`z hududi tuproqlari ekologiyasi haqida qayg`ursa, mamlakatimiz hududining ekologiyasi yaxshilanishini ta`minlaydi. Tuproq ekologiyasi asosan me`yoridan ortiq kimyoviy pestisidlar hamda mineral o`g`itlar ishlatilishi natijasida buziladi. Oqibatda nafaqat tuproq, balki atrof – muhit, o`simliklar va hosil orqali insonlar ham zaharlanadi. Ma`lumki, o`simliklar azotli o`g`itlarning atigi 30% i, fosforli o`g`itlarning esa 40% ini o`zlashtiradi, xolos. Qolgan asosiy qismi esa tuproqni, yer osti suvlarini va ekinlardan olinadigan hosil orqali o`zimizni ham zaharlaydi.1 Jumladan yerlarni sug`orish va sho`r yuvish natijasida tuzlar bilan birga nitrat/ nitritlar ham yuvilib, zovur, kollektor, drepeklardagi har xil o`simliklar nitratlar ta`sirida barq urib o`sib, sizot suvi chiqib ketishiga to`sqinlik qiladi. Sizot suvi sathi ko`tarilishi natijasida esa tuproqlarda ikkilamchi sho`rlanish avj oladi. Ikkinchidan, Qorako`l tumani aholisi asosan quduqlardagi sizot suvlaridan iste`mol qilgani sababli suv tarkibidagi nitratlar insonni ham zaharlaydi. AQSh, Germaniya, Chexiya, Slavakiya va Rossiya olimlarining tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, nitrat/nitritlar oshqozon saratonini keltirib chiqaradi, asab va yurak qon tizimlari hamda embrionning rivojlanishiga salbiy ta`sir etadi.


Fosforli o`g`itlar me`yoridan ortiqcha ishlatilganda tuproqqa fosforlanish jarayoni avj oladi hamda o`g`it tarkibidagi qo`shimcha og`ir metallar ko`payishi o`simliklar hosili orqali insonlar sog`ligiga salbiy ta`sir qiladi. Shu sababli biz mineral o`g`itlardan kamroq, uning o`rniga esa arzon va ekologik toza bo`lgan organic o`g`itlardan ko`proq foydalanishimiz maqsadga muofiqdir. Bu dala tajribalarida o`z tasdig`ini to`la topdi. Biz o`tkazgan dala tajribalariZarafshon daryosi del`tasidan ikki hududda, kamunum yangidan sug`oriladigan cho`lli – qumli va sur tusli qo`ng`ir tuproqlarda g`o`za, beda, bug`doy va makkajo`xori ekinlari bilan o`tkazildi.
Birinchi hudud buxoro viloyati Qorako`l tumani “Yangi hayot” fermer xo`jaligi dalalarida, ikkinchi hudud “Toshkent” shikat xo`jaligi dalalarida bo`lib, birinchi hududda makkajoxori va beda ekinlari ekildi. O`sha paytlarda qishloq xo`jaligida zaharli kimyoviy birikmalarning ko`p ishlatilishi oqibatida dehqonchilik maydonlarining ifloslanish darajasi haddan ziyod oshib ketdi. Zaharli pestisidlar oziq ovqat orqali odamlar organizmiga ham o`tdi. Binobarin, bug`doy zaharli preparatlar ishlatilganda tuproq tarkibida 15-20 yilgacha uning qoldiqlari saqlanib qolishi aniqlangan.
Mutaxassislarning ta`kidlashicha, tuproq tarkibining ifloslanishida sanoat korxonalarining ham “hissa” si sezilarli ekan. Buxoro viloyatidagi 32 ta korxonaning 77 manbaida turli zaharli changlar atrof muhitga tarqalmoqda. Andijon viloyatida 20, Surhondaryo viloyatida 27 korxona tarkibida uglevod oksidi, azot oksidi, ammiak, vodorod change bo`lgang`uborlar bilan muhitni ifloslantirayotganligi aniqlandi. 2
Ularga chang yutqichlarning yetarli quvvat bilan ishlamasligi yoki ko`pchilikning eskirganligi yohud faqat “xo`jako`rsin”ga o`rnatilganga o`xshaydi. Ohangaron shahrining janubiy tomoniga nazar solsangiz, osmondagi buralib o`ralayotgan tutun “yo`li”ga ko`zingiz tushadi. Bu sement korxonasi mo`rilaridan chiqayotgan garddir.

Vohada ekologik havfli maskan – bu Yangiobod shaharchas bo`lib, u Angren shaxridan 10-12 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerda ilgari uran rudasi qazib olingan bo`lib, yerlarni qayta tiklash ishlari o`z vaqtida bajarilmagan. Natijada Yangiobod shaxarchasi atrofida millionlab tonna radiaktiv tuproqlar yig`ilib qolgan va yaqin atrofdagi hududlarga radiatsiya xavfini tug`dirmoqda. To`g`ri 90-yillarda hukumatimiz tomonidan qayta tiklash ishlarini olib borish uchun har yili ma`lum darajada mablag` ajratdilar. Lekin keyingi 2-3 yil davomida bu maqsadlar uchun mablag` ajratilmayapti. Bu esa mintaqada radiaksion xavfning yanada keskinlashuviga olib keladi. 3


Yangioboddagi buzilgan yerlarni qayta tiklash ishlariga qumita tomonidan 15 mln so`m ajratilgan.
Ushnu mintaqada yana bir bor radiaksion xavfli manba – Appartak ko`mir kini. Bu yerda radiaksion qatlamlarni ko`mish va yerlarni qayta tiklash ishlari kechiktirilmay olib borilishi lozim.
Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari shu kungacha ko`mir hisobiga ishlab kelmoqda. Yaqinda Angren shahriga tabiiy gaz keltirildi. Bu quvonchli voqea nafaqat angrenliklarni, balki butun voqea viloyat xalqini quvontiradi. Chunki yuqorida qayd qilingan issiqlik elektr stansiyalarining bundan buyon ko`mirda emas, balki ekologik jihatdan toza ta`biiy gazga o`tkazildi. Bu ishlar amalga oshirilsa, vohadagi ekoligik vaziyat tuvdan yaxshilandi.
Mablag` yo`qligi tufayli Yangiyo`lda qurilishi lozim bo`lgan chiqindilarni qayta ishlash zavodi hamon paysalga solinmoqda.
Uzoq yillar davomida “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasida texnologik jarayonida bir necha million tonna ammofos chiqindilari – fosfogins yig`ilib qolgan bo`lib, yuzlab gektar hosildor yer maydonini egallab yotibdi va atrof – muhitga o`zining albiy ta`sirini ko`rsatmoqda. Bunday chiqindilardan xalq xo`jaligida foydalanish ucun juda ko`p mutaxassis olimlar ilmiy izlanishlar olib borishdi. Xatto shu mavzuda “Ammofos” ning 2 ta sobiq direktori fab direktori degan unvonga sazovor bo`lishdi.4 Ammo, vaziyat qanday bo`lsa shundayligicha qolmoqda.
Bundan 15 yil ilgari paxtazorlarimiz ustida erta kuzdan boshlab to kech kuzgacha o`nlab qishloq xo`jalik samalyotlari g`oza hasharotlariga qarshi va go`za bargini to`kish uchun zaharli kimyoviy moddalarni ayamasdan sochar edi. Bunday moddalarni havodan sepish oqibatida olis masofadagi maydonlardagi yer, suv, meval daraxtlar va poliz ekinlari zaharlanar edi. Bu faqat zararkunandalarni o`ldiribgina qolmay, shu bilan birga foydali hashorotlarni ham qirib tashlardi.5
Respublikamiz hududidagi yer manbalarini muhofaza qilish, undan oqiloda foydalanish diqqat markazida turadi. Bugungi kunda 110 ta shirkat xo`jaligi, 7000 dan ziyod dehqon – fermer xo`jaligi, 200 dan oshiq cjorvachilik fermasi, 27 ta sobiq qishloq xo`jalik aerodromlari, 126 ta mineral, 83 ta kimyovuy pistisidlarni saqlash omborxonalari va boshqa obyektlar qo`mita maxsus nazoratiga olingan. 6
Xo`jaliklar ekin maydonlariga ishlob berishda biologic usulni qo`llashga katta ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda viloyatdagi 26 ta biofabrikada biomateriallar ishlab chiqarilib, 430 ming gektardan ziyod ekin maydonida qo`llanilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun qo`mita tomonidan biofabrikalarga katta miqdorda mablag` ajratilmoqda.7
Tabiat muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda, eng avalo ilm – fanga, olimlar, malakali mutaxassislarning maslahatlariga, qolaversa, butun xalqning madadiga tayanayotir. Shu boisdan ham, tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan fan – texnika taraqqiyoti yangiliklarini keng miqyosda targ`ib qilmoqda. Ayni vaqtda aholining barcha qatlamlarini , o`sib kelayotgan yosh avlodni ekologik jihatdan yosh avlodni ekologik jihatdan tarbiyalashga, ularga tabiiy boyliklarini asrab – avaylash, o`simliklaru jonivorlarga nisbatan mehr – shavqatli bo`lish, ularni avaylash kabi fazilatlarni kuchaytirishga e`tiborni kuchaytirmoqda.
Ekologik vaziyatni obyektiv va har tomonlama tahlili shuni ko`rsatadiki, ekologik xavf – hatarlarning vujudga kelishi nafaqat an – texnika taraqqiyotiga, balki jamiyatning tabiat bilan o`zaro munosabatlarini boshqarish mehanizmining yo`qligiga bog`liq. Tabiiyki, bunday xol tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga, tabiiy muhitning nomaqbul ozgarishlariga olib keladi. Ekologik vaziyatning yomonlashuvi hamda tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, shuningdek, tabiatning ichki tuzilishi va rivojlanishining qonuniyatlariga amaliyotga yetarlicha e`tibor berilmasligi bilan bog`liq. Ichki boshqaruv mehanizmiga ega bo`lgan ta`biiy muhit o`zida sodir bo`ladigan jarayonlarni muayyan muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega. Shu sababli tabiiy muhitning o`zgarish dinamikasi ma`lum sig`im orqali, ya`ni o`z – o`zini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining ta`sir ko`lami tabiiy muhitning o`z – o`zini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining ta`sir ko`lami tabiiy muhitning o`zini – o`zi tiklash imkoniyatlaridan ortiqcha bo`lsa, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlari ro`y beradi va bu o`zgarishlarni qanday yo`nalishda sodir bo`lishni oldindan beldilash va boshqarish imkoniyatlari bo`lmaydi.
Tabiiy muhitning ekologik jihatdan nomaqbul o`zgarishlarining ilmiy texnikaviy omillari ko`pgina hollarda jamiyatning tabiatga nisbatan munosabatlariga bog`liq. Chunki jamiyat tabiat bilan o`zaro ta`sir jarayonida tabiatdan oqilona foydalanishni foydalanishni rivoflanirish va boshqarish strategiyasini optimallashtirish vazifalarining hal etish uchun yetarlicha tayyor bo`lmaydi. Binobarin, tarqqiyotning hozirgi bosqichi fan – texnika taraqiyoti shartlarida jamiyat va tabiat orasidagi o`zaro munosabatlar muammolarning dolzarbligi o`zaro ta`sir jarayonini optimallashtirishning yo`llarini “jamiyat - tabiat” tizimini doirasida izlanishni taqozo etadi. Tabiiy muhitga inson faoliyati ta`sirining kuchayishi va tabiiy muhit sifatining turli mintaqalarida yomonlashuvi yo`l qo`yilgan ko`pgina xatoliklarning sabablarini ochish va jamiyat xo`jalik faoliyatini boshqarish mehanizmi teran tadqiq qilish zaruriyatini vujudga keltiradi.
Jamiyat va tabiat orasidagi o`zaro ta`sir va bu ta`sir tufayli tabiiy muhitda sodir bo`ladigan o`zgarishlarning dolzarb umumzaminiy muammolari Markaziy Osiyo mamlakatlarida xususan, O`zbekistonda ham vujudga mintaqaviy belgilarga va sharoitlarga ega.
Markaziy Osiyo mintaqasi – ekologik falokatning g`oyat xavfli hududlardan biridr. “Vaziyatning murakkabligi shundaki”, - deb ta`kidlaydi I. Karimov o`zining “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida” kitobida, - u bir necha o`n yilliklar mobaynida ushbu muammoni inkor etish natijasidagina emas balki, bu mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir.8
Darhaqiqat, Markaziy Osiyo mintaqasida ko`plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatning hayoti uchun fojeaga aylandi. Ularni qirilib ketish, ipofondning yo`q bo`lib ketishi yoqasiga kelirib qo`ydi. Bu jarayonlar O`zbekiston uchun ham xosdir. Mutaxassislarning baholashicha O`zbekistonda juda murakkab va xavfli vaziyat vujudga keldi. Shu sababli hukumatva davlat mamlakatimizda atrof – muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga juda katta e`tibor bermoqda. Mustaqillining dastlabki yillaridan boshlab atrof – muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlarini qabul qilindi.
Hozirgi paytda tabiatdan oqilona foydalanish va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasidagi barcha chora tadbirlar atrof – muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha 2005-yilgacha mo`ljallangan Davlat dasturi asosida tashkil etilgan. Tabiatni muhofaza qilish borasidagi milliy tadbirlar boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan keng va xalqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan qo`shib olib borilayotir.



Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin