2. Sifat menejmenti tizimini taqdim etayotgan imkoniyatlari. ISO 9000 turkumli standartlarni faoliyat turi, katta-kichikligi va qonuniy shakllariga bog’liq bo’lmagan ixtiyoriy tashkilotlarga qo’llash mumkin va universal bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda ISO 9001:2008 butun dunyo bo’yicha va shu jumladan, O’zbekistonda ham sifat menejmentini sertifikatlashtirish standarti ko’proq ommalashgan bo’lib hisoblanadi. ISO 9001:2008 standartini joriy qilish tashkilotlarga muayyan imkoniyalarni beradi va uni 1-rasmda ko’rsatilganidek sinflash mumkin.
Nazorat, tahlil va ishlab chiqarish jarayonlarini asosiy nuqtalarini davriy kuzatish va boshqarish jarayonlari, jumladan, xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi korxona faoliyatini uzluksiz takomillashtirish va yaxshi boshqaruvchanligini hujjatlashtirish hisobiga ta’minlanadi. Bunda ISO 9001:2008 standart bo’yicha sifat menejmenti tizimi sertifikatini olishning yutug’i va boshqa maqsadlari – korxona qiymatini oshirishda (investitsiyalar kiritish, mablag’lashtirish, kelgusidagi sotish va boshqalar) asosiy vosita bo’lishi mumkin. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, xalqaro standartlar talablariga muvofiq tashkil qilingan sifat menejmenti tizimi korxona qiymatini, amalda 5-10% gacha oshirishi mumkin.
1-rasm. Sifat menejmenti tizimini taqdim etayotgan imkoniyatlari. •muntazamli boshqarish;
•javobgarlik va vakolatlarni aniq taqsimlash;
•jarayonlar va ishlarni ko’zda tutilgandek o’zaro faoliyati; •strategik boshqarish uchun yuqori rahbariyatni tayinlash.
TASHKILIY:
•mehnat samaradorligini oshirish, reserslardan foydalanishini optimallashtirish;
•«yashirin ishlab chiqarish»ni qisqartirish – nomuvofiqlikni bartaraf qilishga xarajatlar;
•ishlab chiqarishda yaroqsiz qurilmalar, asbob-uskunalar va o’lchash vositalaridan qo’llanilishidan iqtisodiy zararlarni qisqartirish;
IQTISODIY •turli xil nomuvofiqliklar bilan bog’liq kompaniya qarz to’lovlari, jarimalar va iste’molchilar tomonidan shikoyatlarni qisqartirish;
•sotuv bozorini kengaytirish.
•barcha qiziquvchi tomonlarning ko’z o’ngida obro’sining yaxshilanishi;
•iste’molchilariga sodiqligini qo’lga kiritish;
OBRO’ – •xodimlar odob-axloqini oshirish, psixologik muhitni
E’TIBORLILIGI yaxshilash;
: •ta’minotchilar bilan munosabatni yaxshilash;
•sifat bo’yicha tanlovlarda qatnashish vaziyatlarini kuchayishi, sifat menejmenti sohasida kompaniya ishlarini milliy va halqaro darajada tan olinishi.
•kompaniya intellektual salohiyatida xodimlar mahorati va
STRATEGIK: bilimining izchilligi;
•kompaniya mablag’ini o’shishi va nomaterial aktivlarini o’sishi;
•biznesni ko’paytirish imkoniyati;
•biznes-jarayonlarni re-injiniringga tayyorlanganligi.
Bir qancha sifat tizimini sertifikatlashtirishda qatnashgan ekspertlar tahlillari asosida, ISO 9000 seriyasi bo’yicha sifat tizimini joriy qilgan, korxonalar ishlash samaradorligi, joriy qilmaganlarga qaraganda 2-3 marta yuqori deb xulosa qilishgan. Xitoy mutaxassislari statistik guruhlash usuli asosidagi tadqiqot natijalari shuni ko’rsatganki, shubhasiz tizimni joriy qilgan korxonalar ushbu ishni boshlamagan bir turdagi korxonalar bilan solishtirilganda, eng yuqori samaradorlik faoliyatiga erishishgan.