3. O’zbekistonning milliy parklariga ekoturistik rekreatsiya mashrutlarini tayyorlash Iqtisodiy adabiyotlarda g‘oya va nazariyalarning shakllanishida ishlatiladigan prinsip so‘zi asos, talab, negiz ma’nolarini anglatgani uchun davlat tilida tamoyil deb tarjima qilingan. Turistik marshrutlar ishlab chiqishning asosiy prinsiplarini (tamoyillarini) ana shu marshrutlar ishlab chiqishdagi birlamchi talablar, mezonlar deb qabul qilsak bo‘ladi. Hozirgacha turistik marshrutlar ishlab chiqishning 7 ta tamoyili bor. Bu tamoyillarni turistik marshrut ishlab chiqishdagi asosiy talablar sifatida biror bir olim yoki turizm mutaxassisi taklif qilmagan. Balki, turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi yo‘l-yo‘lakay kuzatuv, talab, amaliyot, o‘y-fikr va takliflarni jamlagan mutaxassislarning umum, xulosaviy, ijodiy qarashlaridir3.
Turistik marshrutlar ishlab chiquvchi bu tamoyillarni qo‘llaganida marshrutga kiritish obyektlari, shart-sharoitlar, turistlar yoki xizmat qiluvchilarning, mahalliy aholining takliflari yoki talablari bilan boyitib, mukammallashtirib borishi mumkin. Turistik marshrutlarga bo‘ysunadigan standartlar marshrutlarning texnik jihatlaridir.
Turistik marshrut ishlab chiqish bu-ma’lum turistik obyekt, resursga turistlarni jalb qilishdagi eng birinchi harakatdir. Shuning uchun ham marshrut ishlab chiqish–turni ishlab chiqish, ma’lum turistik obyektdan turizmda foydalanishni turlar ham o‘ta darajada mukammal, har tomonlama qulaylik imokniyatlariga ega bo‘lgan marshrutlar asosida amalga oshirilishini talab qiladi.
Turistik marshrutning mukammal ishlab chiqilishi bu–turistning erkin harakat qilishini va turdagi xizmatlarga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida qondiradi. Hozirda turistik marshrutlar ishlab chiqishning tamoyillari yaratilganki, turizmda har qanday turistik marshrutlar ishlab chiqishda asosan ana shu tamoyillardan foydalaniladi. Bu tamoyillar quyidagicha nomlanadi. Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi birinchi talab qayd qilingan «tamoyillar»ni puxta bilish va o‘z o‘rnida, talabiga qarab qo‘llash, ishlatish hisoblanadi. Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi tamoyillar alohida-alohida yoki majmuali holda qo‘llanilishi mumkin.
Jozibadorlik, betakrorlik tamoyili. Jozibadorlik, betakrorlik tamoyiliga e’tibor berish lozimki, ma’lum bir turistik obyektga, resursga turistik marshrut ishlab chiqishda turoperatorning birinchi navbatdagi asosiy vazifasi aynan ana shu turistik obyektning eng jozibador, betakror joyini, ko‘rinishini aniqlashdir. Turizmdagi barcha turistik obyektlarda jozibadorlik, betakrorlik mavjud. Bu jozibadorliksiz biron-bir turistik obyekt turistlarni o‘ziga jalb qilaolmaydi. Jozibadorlik va betakrorlik deganda ma’lum bir xalqaro yoki mahalliy talab va standartlarning o‘lchamlariga, darajalariga javob beradigan obyektning tarixiyligi, mo‘jizaviy ko‘rinishi va hokazolarni tushunishimiz kerak.
Turistik marshrutlar ishlab chiqish uchun turistik obyektni baholashda foydalaniladigan asosiy tamoyillar
Shu nuqtai-nazardan turistik obyektdagi jozibadorligi, betakrorlikni 4 darajaga bo‘lishimiz mumkin:
xalqaro miqyosdagi turistik obyektlardagi jozibadorlik va betakrorlik;
davlatlardagi turistik resurslarning jozibadorligi va betakrorligi;
tabiatning biologik xilma-xilligidagi jozibadorlik va betakrorlik;
turistning hohishi bo‘yicha turistik obyektda belgilanadigan jozibadorlik va betakrorlik.
Xalqaro miqyosdagi turistik obyektlardagi jozibadorlik va betakrorlik deganda mazkur turistik obyektning xalqaro miqyosda ma’lum va mashhurligi, mo‘jizaviyligini, dunyo aholisi, bu obyektni bilishi tan olinadi. Bunday miqyosdagi jozibadorlik va betakrorlik asosiy hollarda mo‘jiza deb nomlanadi. Dunyo miqyosidagi turistik obyektning mo‘jiza deyilishi o‘tmishdagi insoniyat bunyod etgan ulkan inshootlarning qay tartibda qurilganligi, ularda hozirgacha (koinotni o‘zlashtirish davri) ko‘plab ochilmagan sir-sinoatlarning mavjudligidir.
Yetti mo‘jizadagi asosiy jozibadorlik, betakrorlik ularning o‘ta darajada ulkanligi va qurilishi jihatidan hozirgi inson ahlini lol qoldirganidir. Shu o‘rinda e’tibor berish kerakki, dunyoda yetti mo‘jizadan ham mo‘jizaliroq turistik obyektlar juda ko‘p. Mazkur tarixiy yodgorliklardagi jozibadorlik va betakrorlik, qadimiylik va inson ahlini lol qoldirgan qurilish san’atidir.
Davlatlarda joylashgan turistik obyektdagi jozibadorlik va betakrorlik. Jahonning barcha davlatlarida ham o‘sha mamlakatda yashayotgan aholi uchun ham va boshqa mamlakatlarda yashayotgan aholilar uchun ham taniqli bo‘lgan turistik resurs obyekt mavjud bo‘ladi. Ko‘p mamlakatlarda esa faqat shu mamlakat aholisiga tanish, e’zozli turistik obyekt bo‘lishi mumkin. Bu e’zozli turistik obyekt jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lmaganligidan boshqa davlatlardagi odamlar deyarli qiziqishmaydi, ular bu davlatga ushbu obyektni ko‘rish uchun kelib-ketuvchi turistlar bo‘laolishmaydi. Jahondagi ko‘pgina davlatlarda esa sivilizatsiya qadimdan rivojlanganligi uchun o‘sha davlat aholisi uchun ham, boshqa davlatlardagi aholi uchun ham hatto jahonshumul ahamiyatga, qiziqishga molik turistik obyekt mavjud bo‘ladi. Bunday davlatlarga Yevropadagi ko‘plab mamlakatlarni misol qilib keltirish mumkin. Masalan: Fransiya davlatida qadimiy, tarixiy obidalar ham, madaniyat markazlari ham juda ko‘p. Lekin, faranglar xalqaro miqyosda o‘zlarining Eyfel minorasi bilan faxrlanishadi.
Tabiatning biologik xilma–xilligidagi jozibadorlik va betakrorlik. Tabiatning biologik xilma–xilligidagi jozibadorlik va betakrorligi haqida gapirilganda qandaydir tortishuvlar, isbotlashuvlarga o‘rin qoldirmaslik zarur. Lekin tabiat go‘zalligi, uning betakrorligi haqida tortishuvlar, bu betakrorlikni ba’zi bir olimlar, o‘zlarining o‘rganish, ilmiy–tadqiqotlari mavzulari bo‘yicha tushunadi va tabiatdagi betakrorlikni oldingi o‘rinlarga chiqarishga harakat qilishadi. Biologik xilm-axillik deganda o‘simliklar olami va hayvonot dunyosining o‘zi emas, ular o‘sadigan va yashaydigan tabiiy muhit ham tushunilmog‘i kerak.
Turistning hohishi bo‘yicha turistik obyektda belgilanadigan jozibadorlik va betakrorlik. Jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan turistik obyektlarga turizmdagi oqim ham katta bo‘lishi o‘z–o‘zidan ma’lum. Masalan, Misrdagi piramidalar, Samarqanddagi Temuriylarning tarixiy, madaniy inshootlari, Hindistondagi Toj Mahal maqbarasi, Parijdagi Eyfel minorasi, Xitoydagi «Buyuk Xitoy devori», Rossiyadagi «Kreml» majmuasi, Angliyadagi «Styuunxej» qoldiqlari va x.k.
Shu bilan birga halqaro turizmda ham, ichki turizmda ham alohida guruh turistlarning o‘z qiziqish obyekti bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday turistlar yoki kasbiy faoliyati bo‘yicha yoki tabiatdagi biron-bir o‘simlikning o‘sish tarzi yoki bir hayvonning yashash tarzining tabiatiga qiziqishi, aynan o‘sha turni yaxshi ko‘rishi, unga ana shu turning harakatlari yoki o‘sishi, guli, bargi, yoki rangi kichikligi, mittililigi yoki ulkan, kuchliligi yoki yirtqichligi ma’qul bo‘ladi.
Lekin turist yoqtirgan o‘simlik yoki hayvon turi o‘zi yashayotgan mamlakatda yo‘q bo‘lganligi uchun u shu tur o‘sadigan yoki yashaydigan boshqa mamlakat tabiatiga sayohatlar uyushtiradi. Masalan, cho‘lning go‘zal hayvonlari jayron va sayg‘oqlar Markaziy Osiyo davlatlarining barchasida kamsonli bo‘lsada saqlanib qolgan. Ana shu jayron va sayg‘oqlarni ko‘rish, yashash tarzini o‘rganish va boshqa davlatlar tabiatida yoki hayvonot bog‘ida saqlash va ko‘paytirishga qiziquvchilar, olimlar, tabiatshunoslar hozirda deyarli O‘zbekistonga kelishadi (Buxoro viloyatidagi «Jayron» ekologik markazi). Bu yerda ularning faoliyati uchun barcha shart–sharoitlar yaratilgan.
So‘nggi yillardagi kuzatishlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, yurtimizga keluvchi turistlar ichida qoyatoshlarimizdagi qadimiy tasvirlar, rasmlarga qiziquvchilar, ko‘hna arxeologik qoldiqlarga qiziquvchilar soni ko‘payib bormoqda. Shuning uchun ham Respublikamiz hududlaridagi t tog‘larda, daralarda qadimiy rasmlar, tasvirlar va yozuvlar tushirilgan qoyatoshlarni ro‘yxatga va davlat nazoratiga olishimiz kechiktirilmay bajariladigan ish hisoblanadi. Yana bir misol keltirganimizda yovvoyi qo‘ylar arxarlarni ko‘rish uchun ham davlatimizga ko‘plab turistlar kelishadi. Chunki, «Nurota» tog‘–o‘rmon qo‘riqxonasining asosiy faoliyati Markaziy Osiyo uchun endemik hisoblangan «arxarlarni» saqlab qolish va ko‘paytirishga qaratilgan.
E’tibor qiling, «Yovvoyi Afrika» va «Xalqaro geografiya jamiyat»ining yovvoyi yirtqich hayvonlar (sher, yo‘lbars, qoplon, puma, leopard, pantera, giyena va hakozlar) hayoti haqidagi tabiatda olgan filmlarini hamma zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishadi. Shu bilan birga tomoshaning eng qiziq joyi yirtqich hayvonlarning ov qilishi va ovqatlanishi usullaridir. Ushbu filmlardagi betakrorlik aynan ana shu ov qilish ko‘rinishlarining berilishidir.
Agar ushbu filmlarda yirtqich hayvonlarning ov qilish ko‘rinishi bo‘lmasa film juda zerikarli va bir marotaba (yovvoyi hayvon bo‘lganligidan) ko‘rishga arziydi. Turizm marshrutlarini ishlab chiqishda shuning uchun ham insonni qiziqtiruvchi birorta obyekt (katta, kichik, mayda, ulkan, xaroba va boshq.) e’tibordan chetda qolmaslik lozim bo‘ladi. Shu o‘rinda yana takrorlaymizki, bugungi kunda e’tibordan chetdagi obyekt ertaga qiziqarli bo‘lishi mumkin degan xulosa bilan turistik resurslarning barchasini ro‘yxatga olib, hozirdan turistik resurslar katologini tuzishga kirishimiz lozim bo‘ladi.
Turistik marshrut ishlab chiqishda imkoniyatlarning yaratilganligi tamoyili. Bu tamoyilda turistga turistik marshrut davomida turistik xizmatlardan foydalanishning eng qulay imkoniyatlari yaratilgan bo‘lishi lozim. Bunday imkoniyatlar quyidagi xizmatlar ko‘rsatishdagi imkoniyatlardir.
1.Transport xizmatlaridagi imkoniyatlarning dastlabki sharoiti turistlarga xizmat qiluvchi transport xillarining zamonaviy bo‘lishligidadir.Marshrut boshlanganidan turist birinchi nabatda o‘z yuklarini joylashtirish tashvishi bilan band bo‘lishadi. Turoperator bu tashvishni doim nazarda tutishi lozim. Transport xizmatlarini taklif qilishda albatta baland o‘rindiqlarga ega bo‘lgan avtobus yoki mikroavtobuslarni taklif qilish yaxshi natija beradi. Baland o‘rindiqli avtobuslarda turist yo‘l-yo‘lakay ko‘p narsani ko‘radi. Ularning yuklariga kelganda eng yaxshi variant hozircha turist o‘z yukini yonida olib o‘tirishidir. Uning xotirjamligi ham shunday ta’minlanadi.
Turistlarga transport xizmatlari ko‘rsatishda turist yukining (xaltasining) alohida joyda bo‘lishi davri o‘tdi deyishadi mutaxassislar. Transport xizmatlaridagi yana bir imkoniyat transport ichida ekologik toza ichimlik suvlarining bo‘lishi, transport oynalarining ochilishi yoki yopilishi, radio, TV.ning bo‘lishi, turistning avtobus salonida erkin harakatlanishga sharoitning bo‘lishidir.
2.Marshrutdagi ekskursiya vaqtidagi imkoniyatlar. Turistik marshrutlarning aksariyat qismida (ekologik turizm, arxeologik turizm, rekreatsiya turizmi, tarixiy, diniy turizm va hakozo turlarda) ekskursiyalar tashkil qilinadi. Ayniqsa ekoturizm marshrutlarida, rekreatsiya turizmi marshrutlarida va turistik lagerlarda dam oluvchilar uchun turli mavzularda landshaftni ko‘rish, tomosha qilish ekskursiyalari uyushtiriladi.
Ekskursiya vaqtidagi imkoniyatlarning birinchisi yurish yo‘llari, so‘qmoqlar, mahalliy ko‘priklar, daralar yoki tog‘ bag‘ridan chiqish, tushish, jarliklar ichidagi yurish yo‘llari tekis, xavfsiz bo‘lishidir. Tog‘ so‘qmoqlaridan, jarliklar bo‘ylab yurganda tovush, shovqin effektining halokatli bo‘lishi albatta turistlarga tushuntiriladi.
Ekskursiya vaqtida turistlarga yana bir imkoniyat yaratish lozimki, zamonaviy turizmda zamonaviy xizmat deyiladigan–ya’ni ekskursiya davomida turistlarni dam olish tanaffusiga chorlash. Bu usulni ayniqsa tog‘ va cho‘llardagi ekologik turizm marshrutlaridagi ekskursiyalar vaqtida qo‘llash turistning kayfiyatini ko‘taradi. Bu usulda marshrut rahbari mahalliy aholidan ot, eshak yoki mahalliy arava olib turistlarning o‘zini ham shu transport turlarida olib yurishi, agar turistlar piyoda yurishni hohlashsa ularning yukini, ichimlik suvini, qisqa muddatli ekzotik ovqatlanish mahsulotlarini va eng muhimi yig‘ma stul va yig‘ma karovatchalarni albatda birga ortib yurish kerak.
Marshrutdagi ekskursiyalarda bizning iqlimimizda xalqaro turistlar ham mahalliy turistlar ham yoz mavsumida tezda chanqab qolishi yoki tog‘lar va xushxavoli tabiat bag‘rida tezda och qilishi mumkin. Bunday vaqtlarda marshrutning yoki ekskursiyaning rahbari turistlarga soya-salqin joylarda yig‘ma stul va yig‘ma karovatlardan iborat dam olish joyini taklif qilish mumkin. Bunday imkoniyatlardan foydalangan turist albatta yaxshi kayfiyatda bo‘ladi. Marshrutdagi boshqa xil ximatlarda ham imkoniyatlarning yaratilganlik tamoyilini qo‘llash marshrutning muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlaydi.
Mazmundorlik tamoyili.Turistik marshrut ishlab chiqishning mazmundorligi tamoyili. Bu tamoyildagi talablar ko‘proq birinchi-jozibadorlikni tashkil qilish tamoyiliga o‘xshab ketadi. Lekin jozibadorlikdan boshqa ta’surotlar mazmundorliklarga e’tibor berilib ishlab chiqilgan turistik marshrut har qanday darajadagi turistlar uchun eng yaxshi turistik marshrut hisoblanadi.
Bu tamoyilda turistik marshrutlar ishlab chiqishda turistning qisqa vaqt davomida ko‘p obyektlarni ko‘rishi, bilib olishi yoki eshitish ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bunday imkoniyatlardan foydalangan turist turistik firmaning boshqa marshrutlariga ham buyurtma berishi mumkin. Masalan: turist Respublikamizning tabiiy hududlari, mintaqalaridagi ekoturizm resurslarini ko‘rishni tanlaydi. Bu holatda turoperatorda xuddi ana shu turist tanlangan ekoturizm resursiga olib boradigan 2 ta turistik marshrut bo‘lishi lozim.
Birinchi turistik marshrut–Ekoturizm resursiga–obyektiga to‘g‘ridan –to‘g‘ri boradi. Bu marshrutdagi jozibadorlik va betakrorlik ekoturizm obyektining o‘zida bo‘ladi albatda. Obyektga to‘g‘ri borilganidan yo‘l-yo‘lakay turist ko‘rgan mazmundorlik ham uzuq-yuluq bo‘ladi, axborotlar kam, to‘xtash deyarli yo‘q va hakozolar. Albatda, bunday turistik marshrut turistga, ayniqsa xorijiy turistga unchalik ham xush kelmasligi mumkin.
Ikkinchi turistik marshrut–yo‘l-yo‘lakay, tarixiy madaniy, me’moriy obidalar,tabiatning rang-barangligi,ko‘ngil ochar o‘yinlar, ko‘rgazmalar, favvoralar, hayvonat bog‘lari, agroturizm obyektlarining o‘zgarib turishi, soylar, baland, haybatli qoyatoshlar yoki bepoyon kengliklarning yastanib yotganligi va bu yerda yashayotgan mahalliy xalqning yashash tarzi, urf-odatlari, jarliklar, daryo sohili va hakzolarga turistlar e’tiborini jalb qiladi. Agar tur operator yo‘ldagi soylar yoki qandaydir tarixiy joylarning tarixdagi mashhur kishilarning hayoti bilan bog‘liq (masalan, Temuriylar, Chingiziylar yoki Shayboniyxon, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik va b oshq.) qiziq afsona va rivoyatlarni topib turistlarga qiziqarli usullarda, jonli ravishda aytib bersa marshrutdagi mazmundorlik yanada oshadi.
Agar turistik guruhda diniy yo‘nalishlardagilari ko‘pchilik bo‘lsa albatda marshrut yo‘lidagi diniy rahnomalar, shayxlar, avliyolar, sayyidlar va eshonlarning qabrlari, ular yaratgan obidalar, ular yashagan joylardan o‘tishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qayd qilinganlardan ma’lum bo‘ladiki, ikkinchi turistik marshrutda jozibadorlik, betakrorlik va ayniqsa mazmundorlik manbalari keng qo‘llanilgan. Albatda, birinchi turistik marshrutning bahosiga nisbatan ikkinchi turistik marshrutning bahosi ancha baland bo‘ladi. Chet ellik turistlar turistik marshrut davomida mazmundor obyektlarini ko‘rish, yaxshi dam olish uchun mablag‘ xarajat qilishdan tortinmasliklari xalqaro turizm rivojidagi tahlillardan ma’lum.
Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi faoliyatlilik tamoyili.Bu tamoyilda bir turistik marshrutdan yil davomida foydalanish tushuniladi. Lekin mavsumlar o‘zgarishi bilan ushbu turistik marshrutdagi xizmatlarning turlari biroz murakkablashishi yoki yengillanishi mumkin. Masalan, tog‘ daralariga, soylarga, buloq va daryolarga, rekreatsiya obyektlariga turistik marshrut yozda uyushtirilsa, xudi shu marshrutdan qish mavsumida tog‘larda chang‘i sportini tashkil qilishda, soylar va daryolar bo‘yicha ovchilik marshrutlarini tashkil qilishda foydalanish mumkin. Qisqasi turistik marshrut harakatdan to‘xtamaydi.
Turistik marshrutlarning faoliyatlilik tamoyilida faqat transport xillari va marshrutdagi xizmatlar biroz o‘zgaradi. Masalan, qishning sovuq havo sharoitida ham erkin yuruvchi, saloni isitiladigan maxsus avtomashinalar kuzgi-qishki marshrutlarda xizmatga olinadi. Kuzgi-qishki marshrutlarga turistlarni taklif qilganda turistlarning hayoti xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarga juda e’tiborli bo‘lish talab etiladi.
Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi ko‘p qirralik, (variantlilik) tamoyili.Bu tamoyil bo‘yicha ma’lum bir tur uchun ishlab chiqilgan marshrutning bir necha variantlari oldindan tayyorlanib qo‘yiladi. Masalan, ob-havo o‘zgargan hollarda turistik marshrutdagi xizmatlar ham o‘zgaradi. Ayniqsa turistik marshrutdagi ekskursiyalarni o‘tkazish qiyinlashadi (masalan, yomg‘ir yo yog‘ayotgan vaqtda).
Bunday vaziyatlarda ekskursiyaga ajratilgan vaqtni samarali o‘tkazish tadbirlari ishlab chiqish zarur bo‘ladi va marshrut dasturiga kiritiladi. Endi bu marshrut o‘zgartirilgan marshrut hisoblanadi. Ma’lum bir tur uchun marshrutning o‘zgartirilgan variantlari turistlar soni o‘zgarganda ham ishlab chiqiladi. Chunki, bu holatda ham oldingi marshrutdagi hajm o‘zgarib ketadi (masalan transport soniga, ovqatlantirishga, ekskursiyaga buyurtmalar). Shu o‘rinda turistlarning (ma’lum bir guruhi) jismoniy tayyorgarligi, yoshi bilan bog‘liq holatlarida ham marshrutning yangi variantlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi qulaylilik tamoyili.Bu tamoyildagi talablar shundan iboratki, marshrutdagi barcha xizmatlarni turistga taklif qilishda birinchi navbatda komfortga, qulaylilikga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Bu qulayliklar haqida turistik marshrutning oldingi tamoyillarida batafsil to‘xtaldi.
Turistik marshrut ishlab chiqishning axborotlanganlik tamoyili. Turistik marshrut haqidagi barcha ma’lumotlar–broshyura, bukletlar, ma’lumotlar, gazeta, radio, TV, aloqa vositalari marshrut ish boshlaganidan oldin tayyor bo‘lishi lozim. Turist marshrutda nimani ko‘radi, nimalar haqida ma’lumotlar eshitadi, qanday yuradi, transport turlari, dam olish, ovqatlanish tartibi, ko‘ngil ochar o‘yinlar turi, ekskursiyalar, uchrashuvlar va hakozolarga javob bo‘lishi kerak. Axborotlanganlik tamoyili turizmdagi barcha turistik resurslarga ishlab chiqiladigan turistik marshrutlarda qo‘llanilishi shart.
Qayd qilingan tamoyillar turistik marshrutlar ishlab chiqishning asoslarini, ko‘rsatmalarini, yo‘l-yo‘riqlarini tashkil qiladi. Ma’lum bo‘ladiki, turistik marshrutlar ishlab chiqish ancha murakkab jarayon bo‘lib, turistik xizmatlarni amalga oshirishda yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishni talab qiladi. Shuningdek, turistik marshrutdagi xizmatlarni bajaruvchilar ham tillarni biladigan, zimmalariga olgan vazifalarni sidqidildan bajaruvchilar bo‘lishlari kerak.\
Kartografik (xaritali) usulda turistik marshrutlar asosan uzoq masofalarga mo‘ljallanganligi uchun harakatlanish marshrut o‘tadigan joylardan xaritadan foydalanib ishlab chiqiladi. Turistik marshrutni o‘tkazish davomida ham xaritadan foydalaniladi.
Xarita bilan amalga oshiriladigan turistik marshrutlarda marshrutda dam olinadigan aholi joylari yoki shaharlarda dam olish yoki ovqatlantirish, tunash xizmatlarining darajalari oldindan belgilangan bo‘lishi kerak.
Eng muhimi shundan iboratki, turoperator ushbu marshrutning yo‘li holatini oldindan yaxshi bilishi, o‘rganishi lozim bo‘ladi. Chunki, mamlakatimizda qishki va bahorgi mavsumlardagi suv toshqinlari, sel hodisalari ba’zi hollarda ko‘priklarni, yo‘llarni yuvib ketishi hollari uchraydi. Bu holatlardan xabarsiz bo‘lish natijasida uzoq masofali marshrut buzilishi mumkin. Bu usulda sarguzasht turizmi, suv havzalaridagi sayohat,g‘orshunoslik turizmi,tabiiy mintaqalarga, tog‘larga turistik marshrutlar ishlab chiqiladi. Kartografik usulda turistik marshrut ko‘p hollarda arxeologik yoki paleontologik sayohatlarni tashkillashtirishda ham juda qo‘l keladi.
Tajribali va bilimli turoperator o‘zi ishlab chiqgan barcha(uzoq va yaqin turistik resursga, obyektga) turistik marshrutning karta-sxemasini qo‘yishi turistlarda qiziqish hosil qiladi. Ayniqsa, karta-sxemada asosiy turistik obyektga borishdagi yo‘l-yo‘lakay uchraydigan obyektlar (marshrutdagi ekskursiya obyektlari) shartli belgilar va izohlar bilan qo‘yilganda marshrut davomidagi savollar kamayadi.
Zarafshon milliy parkida ekoturistik-rekreatsiya marshruti. Insoniyat barqaror rivojlanish haqida tashvishlana boshlaganidanoq turistik faoliyatning asosiy yӯnalishi-barqaror rivojlanish hisoblanadi. Butunjahon Turizm Tashkilotining (BTT) va “Yashil dunyo” ekologik tashkilotining samarali mehnatlari tufayli “XXI asrda turizmning barqaror rivojlanishi Konsepsiyasi” (Agenda 21 for travel and tourizm industry) ishlab chiqildi.
Barqaror rivojlanish asosida iqtisodiy masalalar bilan birgalikda ekologik muammolar va xavfsizlik jarayonlari yotadi, bu jarayonlarda xarakat qiluvchilar davlat tarkiblari va xususiy biznes, jamoaviy va ijtimoiy institutlar, madaniy tashkilotlar hisoblanib, mahalliy hamjamiyatning samarali rivojlanishi va yakkaliklarning madaniyat, ijtimoiy kooperatsiyalar, madaniyat, taraqqiyot uchun ӯzaro hamkorlik va ӯzaro faoliyatda bӯlishini ta’minlaydi. Shu nuqtai-nazardan BTTning “XXI asrda turizmning barqaror rivojlanishi Konsepsiyasi”da sayyoramiz tabiatini kelajak avlodlarga saqlab qolishning eng umidli yo‘llari jahonda ekoturizmni rivojlantirish deb topilgan.
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish muammolarining maqsadli tadqiqotlarini amalga oshirish uchun jahon turizmida ekoturizmning rivojlanishi tendensiyalarini ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Jahon turizmi rivojlanishida yildan-yilga ustivorlikga intilib borayotgan ekoturizmda 3 ta yo‘nalishni ajratish mumkin:
1.Jahonning milliy parklari, tabiat qo‘riqxonalari va tabiat rezervatlarga turistik oqimning oshib borishi(globallashuv).
2.Okeanlar va dengiz sohillarida ekoturizm-rekreatsiya yo‘nalishidagi turistik oqimning oshib borishi (globallashuv).
3.Davlatlarda ichki ekoturistik oqimning oshib borishi (glolokallashuv).
Ӯzbekiston ӯzining ekoturizm salohiyatlari va ekoturizmni rivojlantirishdagi imkoniyatlari bӯyicha jahon ekoturizmidagi qayd qilingan kuchli yӯnalishlarning birinchi va ikkinchi yӯnalishlariga sӯzsiz qӯshilishining salohiyatli imkoniyatlari bor. Bu holatda Ӯzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kirish turizmini rivojlantirishningg chora-tadbirlari tӯg‘risida”gi Qaror va “Ӯzbekistonda ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari tӯg‘risida”gi Qarori mamlakatimizda ichki va xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning tamal toshlarini qӯydi.
Ikkinchidan, Ӯzbekistonda ekologik muhit va tabiatni muhofaza qilish davlat qӯmitasining qarori bilan vatanimiz aholisining ekoturizmda tӯliq ishtirok etishi va rekreatsiyada faol dam olishini takomillashtirish maqsadlarida “Zarafshon” davlat tabiat qӯriqxonasi “Zarafshon milliy parki”ga aylantirildi.
Navbatdagi vazifa birinchi navbatda yangi-“Zarafshon milliy parki”ga ekoturizm-rekreatsiya marshrutlarini ishlab chiqish kechiktirilmaydigan dolzarb masala hisoblanadi. Milliy parkga ichki turistik oqim tobora kuchayib bormoqda.Chunki bu yangi milliy park “Zarafshon” davlat tabiat qӯriqxonasi bӯlganligi uchun ekoturizm va rekreatsiyada foydalanishga ruxsat berilmagan edi.
Zarafshon milliy parkining tashkil qilinishi, tabiiy geografik tavsifi(Turistlar uchun axborot bukleti). Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Zarafshon milliy parki O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1975 yil 11 martdagi 264-sonli farmoyishiga asosan davlat tabiat qӯriqxonasi maqsadida tashkil etilgan edi. Qo‘riqxona o‘z oldiga yo‘qolib borayotgan kenja tur Zarafshon qirg‘ovulini muhofaza qilish va sonini ko‘paytirish, hamda qimmatbaho dorivor o‘simlik hisoblangan chakanda (oblepixa)ni, hududdagi to‘qay landshaftlarini muhofaza qilish, qayta tiklash, tabiiy jarayonlar kechishini tadqiq va tahlil yetish, tabiat muhofazasi ilmiy asoslarini yaratish, omma orasida ekologik bilimlarni targ‘ib qilish rejalarini qӯygan edi.
Ӯtgan 43 yil davomida murakkab qiyinchiliklarga qaramasdan qӯriqxona ӯz oldiga qӯygan maqsadlari va rejalarini tӯliq bajardi. Qӯriqxonaning qadimiy tӯqay tabiiy landshaftlari tabiiy hayvonot dunyosi va ӯsimliklar olami tӯliq davlat muhofazasida bӯlib, asosiy muhofazadagi Zarafshon tustovug‘i va chakanda ӯsimligi saqlanib qolindi.
Hozirgi kunning erkin bozor sharoitlarida davlat tabiat qӯriqxonalarining moliyaviy ta’minoti ancha og‘irlashib bormoqda. Qӯriqxonada insonning har qanday xӯjalik faoliyati ta’qiqlanganligi uchun qӯriqxona boyliklari tӯliq muhofazada bӯlganligi uchun qӯshimcha mablag‘larni topishning iloji yӯq. Doimiy muhofaza ishlariga davlat ajratgan mablag‘lar yetishmaydi. Bu iqtisodiy qiyinchilik butun jahon davlatlaridagi tabiat qӯriqxonalarining oldidagi murakkab masala bӯlib turibdi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada, Karib dengizi davlatlari, Yaponiya, Avstraliya, Hindiston, Shri-lanka, Malayziya, Indoneziya va Afrikadagi kӯplab davlatlar shu sababdan, davlat tabiat qӯriqxonalarini milliy parklarga aylantirib va bu milliy parklardan chegaralangan tartibda ekoturizm va rekreatsiyada foydalanib, milliy park iqtisodini tobora kӯtarib bormoqda.
Ӯzbekiston ham sӯngi yillarda ekoturizm va rekreatsiya rivojlangan xorij davlatlarining ilg‘or tajribalarini va texnologiyalarini qӯllab, ekoturizmni va aholining rekreatsiya ehtiyojlarini hisobga olib milliy parklardan ekoturizm va rekreatsiyada foydalanish imkoniyatlarini yaratmoqda. Hozirgi kunda Zomin milliy parki va Ugom-Chotqol milliy parkidan ekoturizm va rekreatsiyada tӯliq foydalanmoqdamiz. Yaqinda CHӯl t tabiatida joylashgan Sarmishsoy milliy parkida ekoturist va rekreantlar uchun dastlabki infratuzilmalar (dam olish, ovqatlanish, gid-ekskursiyachi xizmatlari va boshq..) ishga tushirildi.Zarafshon milliy parki Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, jami maydoni 2426,4 ga ni tashkil etadi. Shundan Jomboy tumani xududida 1169.4 ga, Bulung‘ur tumani xududida 1257 ga ajralgan va 47 km masofaga chӯzilib ketgan.
Ӯsimliklari. Milliy parkda dala sharoitida olib borilgan ilmiy tekshirishlar va oldingi yillarda terilgan gerbariylarga asoslanib qo‘riqxona hududida 307 ta o‘simlik turlari o‘sishi aniqlangan, ular turli oilalarga mansub. G‘allaguldoshlar – 48; murakkabguldoshlar – 40; dukkakli – 23, karamdosh – 20, atirguldoshlar – 16 va sigirquyruqdoshlar – 12 tur.
Dorivor o‘simliklar 80 dan ziyod turni tashkil etadi, ularga dala qirqbug‘imi, turli xil toronlar, jingalak otquloq, qizil zirk, namatak, zupturumlar, yalpizlar, chakanda va boshqalar kiradi. Manzarali o‘simliklar 20 dan ko‘proq turni tashkil etib, ularga Kesselring savrinjoni, iksilirion, ilonpechak, qizg‘aldoqlar, gulxayrilar kiradi.Texnik o‘simliklar 23 turni tashkil etadi, ularga tol va teraklar ning turli turlari, eriantus, susak va boshqalar kiradi.
Hayvonot olami.Milliy park hududlarida hasharotlarning 88 turi, malyuskalarning 26 turi rӯyxatga olingan. Milliy parkning Zarafshon daryosi va uning mayda irmoqlarida baliqlarning 18 turi uchraydi. Bu baliqlarning 2 turi: turkiston usachi, Orol shipi Ӯzbekistonning «Qizil kitob»iga kiritilgan. Sudralib yuruvchilarning 10 turi milliy parkning hududlari bӯylab uchraydi.
Milliy parkdagi ekoturizm-rekreatsiya obyektlarining tavsifi. Zarafshon milliy parkidagi ekoturizm-rekreatsiya obyektlari (tabiati, ekoturizm-rekreatsiya obyektlari) haqida Zarafshon davlat tabiat qӯriqxonasi tashkil qilinganda birorta sӯz ham bӯlishi mumkin emas edi. Lekin bu hujjatlar qӯriqxona nizomi bӯyicha asosiy muhofaza qilinadigan hayvonot va ӯsimliklar turlari sifatida belgilangan.
Bu yangi milliy parkdan ekoturizm va rekreatsiyada foydalanishga ruxsat berilgandan keyin ekoturizm va rekreatsiyada foydalanishi mumkin bӯlgan ekoturizm va rekreatsiya obyektlarini tavsiflash talab qilinadi.
Qayd qilganimizdek, bu tӯqayzorlarda sut emizuvchilarning 24 turi, qushlarning 207 turi, suvda quruqlikda yashovchilarning 2 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi, manglyuskalarni 26 turi va hashorotlarning 88 turi mavjud. Ulardan Zarafshon qirg‘ovuli (tustovug‘i) va Buxoro xonguli bug‘usi O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan. Buxoro bug‘usi xalqaro “Qizil kitob”ning yӯqolib borayotgan noyob, yirik turlar rӯyxatiga ham kiritilgan.
Milliy parkning ekoturizmdagi asosiy qiziqarli obyekti hayvonot olamidan Buxoro bug‘usi, Zarafshon tustovug‘i, ӯsimliklar dunyosidan Chakanda (oblepixa) hisoblanadi.
Buxoro bug‘usi–Xongul.Zarafshon milliy parki hududlarida yo‘qolib ketgan Buxoro bug‘ularini volyera sharoitida parvarishlab ko‘paytirish, ochiq maydonda yashashiga ko‘niktirish va ularni qo‘riqlash ishlari bilan ham shug‘ullanmoqda. Buxoro bug‘ulari go‘zalligi, mag‘rurligi bilan nafaqat qo‘riqxonaning balki, tabiatimizning faxri hisoblanadi. Ularni ko‘paytirish, tabiat bag‘rida erkin yurishini ta’minlash endi milliy parkning asosiy maqsadlaridan biridir.
Bug‘ularning erkaklarida bir yoshga yetgach shox usib chiqadi. Urg‘ochi bug‘ularda shox bo‘lmaydi. Bug‘ularning quloqlari uzun uchi aylana shaklida, ko‘zlari katta, qosh usti qovoqlari yaqqol ko‘ringan. Ko‘zlarining soqqasi to‘q jigarrang, qorachig‘i yassi aylana gorizontal joylashgan. Nar bug‘ilarning izlari urg‘ochilarinikidan kattaroqdir, shu bilan birga jussasi ham yirikroq bo‘ladi. Nar bug‘ilar yiliga bir marotaba shoxlarini tashlashadi. Bu jarayon yilning bahor fasliga, ya’ni mart oyi va aprel oyining boshlariga to‘g‘ri keladi.
Bug‘ularda shox tashlash jarayoni o‘rtacha 10-25 kunni tashkil etadi. Shox tashlash jarayonida bug‘ular anchagina kuch sarflashadi, shuningdek faoliyati ham susayib qolganligini kuzatish mumkin. Bug‘ular ikkala shoxini tashlash oralig‘i o‘rtacha 1-3 kunni tashkil qiladi. Bu davrda ular bitta shox bilan ham yurishadi. Ular oldinma keyin pana, , to‘qay landshaftlari orasiga shoxlarini tashlab ketishadi. Bug‘ularning shoxlari shox tashlab bo‘lganidan bir hafta o‘tib yana o‘sib chiqa boshlaydi. Uch-to‘rt oy ichida oldingi ko‘rinishidan ham baquvvatroq holga keladi. Bug‘u shoxlarining yildan yilga kattalashishi bu bug‘ularning yoshi bilan bog‘liq. Yoshi ulg‘aygan sari shoxlar kattalashib boradi.
Buxoro bug‘usining bolalash davri may-iyul oylariga to‘g‘ri keladi. Bug‘ular nihoyatda ziyrak va ehtiyotkor jonivor hisoblanadi. Yosh bug‘uchalarni tabiiy xavflardan saqlash uchun ular to oyoqqa turgunlaricha ona bug‘ular ularni o‘t-ulanlar orasiga yashirib qo‘yishadi. Bug‘uchalarning tug‘ilgan vaqtdagi o‘rtacha tirik vazni nar bug‘uchalarda 7-9 kg, urg‘ochi bug‘uchalarda esa 6-8 kg ni tashkil etadi.
Zarafshon qirg‘ovuli qish mavsumida
Orqa biqinlari va sonlarining tashqi sathi ko‘kraklar atrofi qizg‘ish turli tuslarga va oq dog‘larga ega. Umurtqa bo‘ylab to‘q jigarrang chiziq o‘tadi. Ikki tarafidan bir-biriga qushiluvchi oq dog‘lar bilan qoplangan. Ona bug‘ular bolalarini 3-4 oy davomida ona suti bilan boqishadi. Bug‘ularning urchish davri sentabrning ӯrtalaridan to oktabrning oxirlarigacha davom yetadi. Bu vaqtda nar bug‘ularni o‘ta jangovor hamda jaxldorligini kuzatish mumkin. Hozirgi paytda milliy park hududidagi volyerada 27 bosh xongul yashaydi. Milliy parkning hududlarida esa ularning soni 100 dan oshgan.
Zarafshon qirg‘ovuli. Milliy park hududida doimiy yashovchi, noyob qushlardan biri bu–Zarafshon qirg‘ovulidir. Uning patlari yorqin va jilokor bo‘lib, noyob qushlar turiga kiradi. Qirg‘ovul xalqaro tabiatni asrash kengashida “qizil qush”lar qatoriga kiritilgan. Zarafshon qirg‘ovulining modasi naridan kichik bo‘lib, yashash joyiga mos rangda, ya’ni himoya rangida bo‘ladi. Nar qirg‘ovulning tashqi ko‘rinishi esa qizil tusda bo‘lib, quyoshda tovlanadi. Zarafshon qirg‘ovuli uyasini yerga, changallar tagiga quradi va 8-15 dona tuxum quyadi. Moda qirg‘ovul tuxumlarni bosib yotadi, 28-30 kunda polaponlar ochib chiqadi. Jo‘jalari tuxumdan chiqqan zahoti ona qirg‘ovulga ergashib, urug‘, meva, kurtak, hashorot, chuvalchang va mollyuskalar bilan oziqlana boshlaydi.
Zarafshon tustovug‘ining gӯshti juda mazali bӯlganligidan ӯtmishda yil davomida rejasiz ovlangan. Shuningdek, bu qushning yerdan uchishi ham ancha sekinroq bӯlganligidan uni tajribasiz ovchilvar ham otib olishlari mumkin bӯlgan. Natijada ӯtgan asrning 70 yillarida bu noyob qush soni keskin kamayib ketganligi uchun Zarafshon davlat tabiat qӯriqxonasi tashkil qilingan edi.Jo‘jalar ikki oygacha ona qirg‘ovul himoyasida bo‘ladi. Zarafshon qirg‘ovuli juda tez yuguradi, agar xavf-xatar tug‘ilgudek bo‘lsa, 100- 150 metrgacha uchib jon saqlaydi. Qirg‘ovulga ko‘pincha shog‘ol, tulki, yovvoyi mushuklar xavf tug‘diradi. Nar qirg‘ovul o‘ziga xos chiroyli ovozda sayraydi. Bu bilan u o‘z chegarasini xavf-xatardan himoya qiladi.
Chakanda (Oblepixa).Chakanda – Oblepixa - jiydadoshlar oilasiga va butasimonlar turkumiga kiradi. Mevali dorivor o‘simlik. Yevrosiyoning iliq iqlimli mintaqalarida 3 turi tarqalgan. Sharqiy va G‘arbiy Sibir, Kavkaz, O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda daryo sohillari va to‘qayzorlar da chakandaning jumrutsimon turi yovvoyi holda o‘sadi. Rossiyaning Oltoy, Sibir zonalarida madaniylashtirilgan navlari o‘stiriladi.Tabiiy holda o‘sadigan chakandazorlardan ham keng foydalaniladi. Chakanda yorug‘sevar, qurg‘oqchilik va sovuqqa chidamli. Buyi 2-5 metr, sershox, bargi nashtarsimon zich, usti kulrang, osti kumushsimon. Chakanda ikki uyli (yerkak va urg‘ochi daraxtli) o‘simlik. Bahorda barg chiqarishi bilan gullaydi, shamol yordamida changlanadi.
Chakandaning mevasi
Chakanda daraxti
Gullari mayda sarg‘ish, hidli. Mevasi avgustning oxiri sentabrning boshlarida pishib yetiladi, mayda, tuxumsimon yoki dumaloq novdalarga zich yopishgan, rangi och sariq yoki sarg‘ishqizil, ta’mi nordonshirin. Tarkibida organik kislotalar, qand, S, V va YE guruhi vitaminlari, karotin hamda tibbiyotda ishlatiladigan shifobaxsh moy bor. Chakanda bachki, parhish hamda qalamchasidan ko‘paytiriladi. Qumliklarni, suv buylarini, qirg‘oqlarni, temir yo‘l bo‘ylarini mustaxkamlash, yo‘laklarni qordan himoya qilish maqsadida ham ekiladi. Mevalari yangiligida yeyiladi, murabbo, djem, sharbat tayyorlanadi, moy olinadi. Chakanda mevasidan oshqozon ichak kasalliklarini davolash uchun dori va kuygan joylarni davolashda surtkilar tayyorlanadi.Milliy park hududida chakanda keng tarqalgan. Chakandazorlar asosan daryo bo‘ylarida ochiq joylarni egallagan va 70 gektarga yaqin maydonni tashkil etadi. Chakanda xalqimiz tabobatida qadimdan keng foydalaniladi va undan uy sharoitlarida ham har xil dorivor ichimliklar tayyorlash mumkin.
Milliy parkda hozirgacha qushlarning 207 turi qayd qilingan. Uchib ӯtuvchi yirik qushlardan katta birqozon va kichik birqozon, bӯz turna, ӯrdaklarning kӯplab turlari, qora laylak milliy parkda qishlaydi va bahor kelishi bilan uchib ketadi. Yirtqich qushlarda burgut, miqqiy, qirg‘iy qora burgut milliy parkning doimiy qushlaridan hisoblanadi. Milliy parkda yirik yirtqich qushlardan oqbosh tasqara, qora tasqara, ӯrmon boyӯg‘lisi va qarg‘alarning kӯplab turlari mavsumiy yashaydi. Milliy parkdagi 26 tur qushlar Ӯzbekistonning “Qizil kitob”iga kiritilgan.
Milliy parkning tabiati, flora va faunasidan ekoturizm+rekreatsiyada foydalanish yo‘nalishlari
Alohida muhofazadagi hududlar davlat tomonidan muhofaza qilinganligi uchun ham bu hududlarda tabiat va uning boyliklari saqlanib qolgan. Albatda, bu hududlarga birinchi kelgan kishi uchun har bir kӯrini qiziqarli va jozibali hisoblanadi. Lekin, milliy parkdan ekoturizm va rekreatsiyada foydalanish tartiblari bӯyicha milliy parkning tabiati, flora va faunasidan ekoturizm- rekreatsiyada foydalanish yo‘nalishlarini hozirgi tashkiliy davrda quyidagicha belgilash mumkin:
1.Milliy parkning tabiatidagi tӯqazor landshaftlaridagi ekoturizm va rekreatsiya.
2. Milliy parkning ӯsimliklar olamida ekoturizm va rekreatsiya
3. Milliy parkning hayvonot olamidagi ekoturizm va rekreatsiya.
Birinchi-Milliy parkning tabiatidagi tӯqazor landshaftlaridagi ekoturizm va rekreatsiya yӯnalishida asosan milliy parkning tӯqayzor ӯrmonlari, bu ӯrmonlarni hosil qiluvchi ustivor turlar, shifobaxsh ӯsimliklar, tӯqayzor ӯrmonlarining turlar bӯyicha ӯzgarishi va betakror kӯrinishlarni hosil qilishini kӯrish, tomosha qilish va dam olish infratuzilmalaridan foydalaniladi.
Tadqiqotlar va kuzatuvlardan ma’lumki, bu yӯnalishdagi ekoturistlar tabiatdagi ӯsimliklar qoplamining ӯzgarishlaridan zavqlanadi, ular har bir ӯsimliklarning ӯsishi holatlarini kuzatadi, bu ӯsimliklarning biologik va xӯjalik xususiyatlarini sӯrab –surishtiradi.Milliy parkning tabiatida sayr qilinganda albatda milliy parkda ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan botanik olimlarni yӯl boshlovchi qilib olish tavsiya qilinadi. Chunki ular milliy parkning ӯsimliklar olamini yaxshi bilishadi va ekoturist-rekreantlarga ӯsimliklar haqida kӯplab qiziqarli ma’lumotlarni aytib berishadi.
Rekreantlar esa tabiatdagi har bir landshaft kӯrinishlarida tӯxtab dam olishni xush kӯrishadi. Ular odatda rekreatsiyaga guruhli yoki oilali bӯlib chiqishadi. Shuning uchun ham, rekreantlarga mӯljallangan turistik ekskursiya marshrutlarida tabiiy landshaftlarning ӯzgarish joylarida ӯziga xos bӯlgan tabiiy qurilish materiallaridan dam olish ayvonlari qurish tavsiya qilinadi. Albatda bunday joylarda rekreantlardan hosil bӯladigan chiqindilar uchun maxsus qutilar qӯyilishi kerak.
Hozirgi zamon xalqaro rekreatsiya turizmida tabiat bag‘rida tunash, tunda faoliyat kӯrsatadigan qushlarni tomosha qilish yӯnalishi kuchayib bormoqda. Bunday dam olish davrida rekreantlar albatda gulxanlar yoqishni, gulxanlarning yonishidan zavq olishni, gulxan atrofida jimgina suhbat qurishni rejalashtiradi. Bunday sharoitlar uchun milliy park ma’muriyati «Rekreantlarning milliy park hududlarida tungi dam olish sharoitlarini tashkil qilish Dasturlari»ni ishlab chiqishi va bu dasturlardagi sharoitlar, tartib-qoidalar, talablar bilan rekreantlarni mufassal tanishtirishlari shart.
Ikkinchi-Milliy parkning ӯsimliklar olamida ekoturizm va rekreatsiya asosiy obyekt-chakanda (oblepixa) ӯsimligi hisoblanadi. Vatanimiz tabiatidagi bu noyob shifobaxsh ӯsimlikning eng katta maydonlari aynin milliy parkning hududlarida saqlanib qolingan va dastlab “Zarafshon” davlat tabiat qӯriqxonasi tashkil qilinganda asosiy muhofazaga olingan ӯsimlik hisoblanadi.
Bu ӯsimlik-daraxt haqida oldingi bӯlimlarda tӯliq ma’lumotlar berildi. Milliy park xodimlarining eng ma’sulli vazifalaridan biri shundaki, ular ekoturistlar va rekreantlarga bu shifobaxsh noyob ӯsimlikning shifobaxshlik xususiyatlarini, uni hovlilarda kӯpaytirish agrotexnikasini va shifobaxsh murabbolar, ichimliklar tayyorlash texnologiyalarini mufassal tushuntirib berishlari kerak. Bundan tashqari, milliy parkning florasi va floradagi asosiy ӯsimliklar haqidagi ma’lumotlar ham ekskursantlarni ancha qiziqtiradi.
Uchinchi-Milliy parkning hayvonot olamidagi ekoturizm va rekreatsiyada ekoturistlar uchun asosiy obyektlar-mamlakatimiz uchun endemik, xalqaro “Qizil kitob” rӯyxatiga kiritilgan Buxoro bug‘usi-xongul(Rasmlar) va Zarafshon tustovug‘i, shuningdek, milliy parkdagi turli-tuman qushlar hisoblanadi.
Zarafshon milliy parkiga keluvchi ekoturistlar va rekreantlar milliy parkda bu qushni kӯrmasliklari mumkin. Chunki Zarafshon tustovug‘i ӯtgan 50 yil davomida qattiq muhofazada bӯlganligi va davlat qӯriqxonasiga ilmiy xodimlardan boshqa kishilarning qӯyilmaganligi, qӯriqxona hududlarida har qanday xӯjalik ishlari ta’qiqlanganligidan tustovuqning odamlarga kӯnikishi yuz bermadi va qӯriqxonadagi 3-4 km masofada yurilganda ham uni kӯrish qiyin. Shuning uchun ham milliy park rahbariyati ekoturistlar va rekreantlar uchun yovvoyi qushlar uchun standart sun’iy volyerada bu qushning 5-10 juftini saqlashning imkoniyatlarini yaratishi lozim.
Zarafshon milliy parki hududlari tӯqayzor landshaftlaridan tashkil topganligi uchun unda tabiatimizdagi qushlarning 207 turi rӯyxatga olingan. Milliy parkning kichik maydonida qushlarning bunchalik kӯpligining yana bir sababi milliy park atroflarining madaniy landshaftlar bilan ӯralganligi va sivilizatsiya qurilishlarining yaqinligidan tabiatdagi kӯplab qushlar aynan milliy parkdagi tinchlikga kӯchib kelganligi hisoblanadi.
Zarafshon milliy parkiga ekoturistik-rekreatsiya ekskursiya marshruti reklamasi va sxemasi
Turistik marshrutning texnologik xaritasi
1.Marshrutning nomi, mavzusi–«Zarafshon milliy parkida» ekoturizm- rekreatsiya marshruti
2.Marshrutning muddati (boshlanishi va tugashi)- 1 kun, 2023 yil davomida
3.Marshrut turi – ekoturizm-rekreatsiya
4.Marshrut masofasi (km)-20 km
5.Marshrut harakatlanishi:-Avtobusda va piyoda
a) transportda (km)-15 km
b)piyoda (km)- 5 km
v) mahalliy transportda (km)-0
6. Marshrutdagi turistlar soni- 20 ekoturist va 3 xizmat qiluvchilar.
7. Marshrutdagi ekskursiyalar mavzusi va yozma shakli- ilova qilinadi.
8. Marshrut egasi bo‘lgan korxona manzili- Samarqand shahri, Amir Temur kӯchasi, 9-uy, telefon-…
M.O‘. Rahbarning ismi familiyasi va imzosi-
Turistik ekskursiya marshrutining hujjatlari.
1.Marshrutda turistlar sayohatning texnologik xaritasi (GOST R 50681 - 94).
2.Marshrutda xizmatlar ko‘rsatuvchi turistik korxonalarning buyurtmalarni bajarish grafigi-…may 2023 yil
3.Turistik sayohat yo‘llanmasiga axborot varaqasi (GOST R 50681 - 94).
4.Hamkorlar bilan shartnomalar (mehmonxona, transport, ekskursiya byurolari, turistik tashkilotlar).
5.Turning bahosi (kalkulyatsiyasi)- 50 000 sӯm.
6.Marshrutning yozma matni-ilova qilinadi.
7.Marshrutning harakatlanish grafigi-ilova qilinadi.
8.Marshrutning xarita-sxemasi-ilova qilinadi.
9.Marshrut davomida (avtobusda, yig‘ilishlarda) beriladigan axborotlar ro‘yxati, manbalari, mazmuni-ilova qilinadi.
10.Turistlar uchun maslahat bukleti (marshrutda qanday kiyim yoki poyafzal kerak bo‘lishi, marshrutdagi ekskursiyalar vaqtida nimalar kerakligi va hakozolar).
11. Marshrut haqida ma’lumotlar to‘plami.
12. Marshrut haqida bukletlar, reklama variantlari.
13.Transport vositalarining yo‘l qoidalariga asosan harakatlanish hujjatlari.
14.Marshrutda yo‘l-yo‘lakay to‘xtash obyektlari (qisqa muddatli dam olish, choy ichish, axborotlar eshittirish va boshq…).