Xulosa va takliflar Xulosa qilib aytganda, milliy parklar ekologik va estetik belgilari uchun davkatning alohida muhofaza qilinadigan hududlariga aylantirilgan hamda milliy parklarga davlatlarning qarori bilan dam olish, rekreatsiya, turizm maqsadlarida foydalanish mumkin. Men bu kur ishida O’zbekistonning milliy parklari haqida o’rganib, ularni xaritalashtirish va ruxsat etilgan hududlarga turistik marshrut ishlab chiqishni o’rganishga e’tibor qaratdim. Demak, xaritalashtirish ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy obyektlarning joylanishi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va hodisalarga xos hududiy farqlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki ularga xos hududiy kompleks qonuniyatlarini ham aniqlashga imkon beradi. Shunday qilib milliy parklardan samarali foydalanish, bog’ tashkil qilish maqsadini va uni turizmda takomillashtirishni reja qilish muhim vazifalardan hisoblanadi
Kurs ishini yozish vaqtida O’zbekistonning milliy parklarini xaritalashtirishdan va turistlarga bio xilma-xillikni ko’rsatish va milliy parklarning samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagilar hulosa qilinadi:
•mamlakatizimdagi mavjud milliy parklardan ekskursiya xizmati ko’rsatishda keng foydalanish;
•xalqaro turistlarni ham milliy parklarga tuzilgan marshrutlar bilan tanishtirib mamlakatimiz flora va faunasini yoritish;
•milliy parklarga jamoaviy ekskursiya tadbirlarini o’tkazish;
Kurs ishini yozish paytida yangi xizmatlarini tashkil qilish bo‘yicha quyidagilar tavsiya qilinadi:
•ekoturizmni rivojlantirish orqali turistlarning tur kunlarini uzaytirish;
•tabiati so’lim va xavfsiz joylarda sanatoriy va mehmonxonalar qurish;
•Yangi turistik marshurtlar ustida ishlash;
•Mavjud ko’llar atrofida yangi turistik majmualarni yaratish;
•Kerak bo’lsa turistlar uchun gid yollash;
Umuman olganda turizmning rivojlanishi orqali mamlakatimizga tashrif buyuradigan turistlar va ichki turistlar sonining oshishiga, turistlarni mamlakatimiz flora va faunasi bilan yaqindan tanishishiga erishishimiz mumkin.