Mavzu: O'zbekistonning o'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo'li. O'zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar



Yüklə 16,87 Kb.
səhifə1/4
tarix08.06.2022
ölçüsü16,87 Kb.
#60970
  1   2   3   4
Mavzu O\'zbekistonning o\'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo\'li.


Mavzu: O'zbekistonning o'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo'li. O'zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
REJA:
1.O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi.
2.Ko’p partiyaviylik tizimi. Milliy siyosat
3.Pul-kredit siyosatining ishlab chiqilishi. Milliy valuta qadrining oshishi

O‘zbekiston tarixida birinchi marta butunlay yangi sharoitlarda siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy islohotlar keng qamrovli yangilanishlar amalga oshirilishi yirik tarixiy va ijtimoiy hodisa.Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlar bu ishlarning eng muhimi hisoblanadi.


O‘tgan asrning 90-yillari boshiga kelib yosh mustaqil davlatlardagi siyosiy vaziyat shunday ediki, ular oldida ijtimoiy rivojlanishning ikki yo‘li turar edi.Birinchisi, xalq xo‘jaligini avvalgidek sotsialistik yo‘nalishda rivojlantirish.Ikkinchisi, taraqqiyotning sotsialistik ham, kapitalistik ham emas, balki jahon amaliyoti sinovidan o‘tgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli, demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borish edi.
Ma’lum bo‘ldiki, tuzumning sotsialistik taraqqiyot yo‘li sovet jamiyati misolida mutlaqo o‘zini oqlamadi.U ma’muriy-buyruqbozlik usuliga asoslangan bo‘lib, xalqning ijodiy, erkin mehnatiga qulay sharoit yaratmas edi.Ikkinchisi esa rivojlangan mamlakatlar sinoviga bardosh bergan, xalq turmushini yaxshilashga qaratilgan yo‘l edi.O‘zbekiston shuni tanladi, shu yolning siyosiy va huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishga dadillik bilan kirishdi.Shu tariqa O‘zbekiston mustaqil, huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘liga kirdi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, xalqaro huquqning mustaqil subyekti sifatida jahon hamjamiyatiga kirish yo‘lini tutdi.Birinchi Prezident I.A.Karimov “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” kitobida “Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak”, — deb ko‘rsatgan edi.Ayni chog‘da siyosiy sohada bu “...Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini davlat idoralarining tuzilishini tubdan yaxshilash, respublika hukumati hamda mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo‘yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirishi mumkin”, - deb ta’kidlagan edi.Ana shu yo‘l-yo‘riqlar va ko‘rsatmalar asosida mamlakatda keng miqyosli ishlar amalga oshirildi.

Yüklə 16,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin