Mavzu O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona-fayllar.org
Suv resurslari.
O’zbekiston hududining uchdan ikki qismini egallagan keng tekisliklarda suv manbalari juda kam. O’zbekiston sharqidagi tog’ rayonlari esa juda zich daryo tarmoqlari bilan qamrab olingan. Suv manbalarining bunday notekis taqsimlanganligi, O’zbekistonning iqlim va geografik xususiyatlari bilan belgilanadi.
Suv oqimi shakllanuvchi asosiy rayonlar bu tog’li zonalardir, chunki ularga ko’p yog’in tushadi, bug’lanish esa nisbatan kamroq. O’zbekiston daryolarining suv manbai - asosan qor va muzlik suvlaridir. O’zbekistonning, shuningdek O’rta Osiyoning eng yirik daryolari - Amudaryo va Sirdaryodir. Amudaryoning umumiy uzunligi 1437 km, Sirdaryoniki - 2137 km.
Har ikki daryo va ularning irmoqlari O’zbekiston tashqarisidan boshlanadi. Amudaryo Panj va Vaxsh daryolari, Sirdaryo - Norin va Qashqadaryoning qo’shilishidan tarkib topadi. Uzunligi bo’yicha Sirdaryo Amudaryodan oshsada, sersuvligi jihatidan unga yetmaydi.
O’rta Osiyodagi yirik daryolar ikki daryo havzasi: Sirdaryo va Amudaryoni tashkil etadi. Sirdaryo havzasiga - Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Ohangaron, So’x, Isfara, Oqbura, Isfayramsoy, Shohimardon, Gavasoy va Kosonsoy, Amudaryo xavzasiga Zarafshon, Qashqadaryo, Surhondaryo, To’polandaryo, Sherobod daryolari kiradi. Amudaryoning ham, Sirdaryoning ham irmoqlari asosan respublika hududini o’rta va quyi oqimlarida kesib o’tadilar.
Respublika hududida ko’llar kam. Ulardan eng yirigi - Orol dengizidir. Uning maydoni katta bo’lganligi sababli, dengiz deyiladi. Yana boshqa yirik ko’llar Sudoche va Arnasoydir. So’nggi 30 yil ichida Orol dengizi sathi 12-14 metrga pasaydi, Qirg’oq o’nlab-yuzlab km ichkariga kirib ketdi. Uning suv yuzasi taxminan besh barobar kichraydi.
Respublika hududida ko’llar kam. Ulardan eng yirigi - Orol dengizidir. Uning maydoni katta bo’lganligi sababli, dengiz deyiladi. Yana boshqa yirik ko’llar Sudoche va Arnasoydir. So’nggi 30 yil ichida Orol dengizi sathi 12-14 metrga pasaydi, Qirg’oq o’nlab-yuzlab km ichkariga kirib ketdi. Uning suv yuzasi taxminan besh barobar kichraydi.
Orol dengizi ustida yuzaga keluvchi iliq va nam havo oqimlari ilgari Rossiya va Qozog’istondan keladigan havo oqimlarini to’sib turardi. Endilikda bu to’siq buzilgan, natijada ekin maydonlari bo’ylab O’rta Osiyo hududiga sovuq havo jala va sellarni olib kiradi. Ular hattoki yoz oylarida ham bo’lib, katta zarar keltiradi. Orol va Orol bo’yida ekologik vaziyatning yomonlashuvi bu rayonda yashovchi aholining sog’lig’ini yomonlashuviga olib kelmoqda.
Orol dengizi muammosi sayyora miqyosidagi muammoga aylandi. Biroq, uni bir-ikki davlat o’zi hal qila olmaydi.
So’nggi o’n yil ichida Respublika hududida sun’iy ko’l-suv omborlari, jumladan Chorvoq, Ohangaron, Tuyabo’g’uz, Janubiy Surxon, Chimqo’rg’on va boshqalar yuzaga keldi. Ular mavsumiy oqimni boshqarishni amalga oshiradilar va o’z xususiyatlariga ko’ra irrigatsiya vazifasidagi suv omborlari qatoriga kiritiladi.