Qimmatbaho rangli va radioaktiv metallar tarkibida birga uchraydigan foydali komponentlar sifatida kamyob va nodir elementlarning kattagina miqdordagi zahiralari jamlanganki, bu ularning qiymatini anc
Mavzu O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona-fayllar.org
Qimmatbaho rangli va radioaktiv metallar tarkibida birga uchraydigan foydali komponentlar sifatida kamyob va nodir elementlarning kattagina miqdordagi zahiralari jamlanganki, bu ularning qiymatini ancha oshiradi.

Mamlakatimiz oltin, uran, mis, volfram, qo’rg’oshin, ruh va shu guruhlarga kiruvchi boshqa eng muhim foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralari va ularning ko’paytirish istiqbollari bo’yicha nafaqat MDҐ mamlakatlari o’rtasida, balki butun dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Masalan, oltinning tasdiqlangan zahiralari bo’yicha O’zbekiston dunyoda 4-o’rinda, uni qazib chiqarish bo’yicha 7-o’rinda turadi.
O’zbekiston dunyoda ulkan oltin resurslariga ega bo’lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, 41 ta oltin koni, shu jumladan 33 ta oltin-ma’dan koni qidirib topildi. Yevrosiyo qit’asida eng yirik hisoblangan Muruntov koni jahondagi ulkan konlar qatoriga kiradi.