Mavzu: ozdonmahsulotlari aj



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/3
tarix18.09.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#145084
1   2   3
корпоратив

Qozogʻistonda 131 millat va elat istiqomat qiladi. Qozogʻistonning aholisi 19 100 000 kishi. Jahonda 62-oʻrinda. Markaziy Osiyo davlaridan 2-oʻrinda (Oʻzbekistondan keyin). Qozogʻiston koʻp millatli davlat hisoblanadi. Aholi zichligi 1 km2 ga 6 kishidan toʻgʻri keladi. Aholi zichligi boʻyicha jahonda 184-oʻrinda[17][18]. Katta songa ega aholining etnik tarkibi (2018)


Qozogʻistonda 75 % musulmonlar (etnik musulmonlar bilan hisoblaganda), 25 % masihiylik. Davlatda din erkinligi mavjud yaʼni dinga chek qoʻyilmagan. Biroq diniy erkinlikni cheklaydigan qonunlar ham mavjud[19].
Qozogʻiston – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 23 %, savdo va umumiy ovqatlanish 18 %, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi 12,7 %, transport va aloqa 11,8 % ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi 167 milliard dollar (2018 y) va bu borada Markaziy Osiyodagi mutloq yetakchi davlat.
Sanoatida yonilgʻi-energetika, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqatmashinasozlik va metallsozlikkimyo va neft kimyosi, yengil, qurilish materiallari sanoati yetakchi tarmoqlardir. 
Qishloq xoʻjaligida mamlakat hududining 44 % dan foydalaniladi; uning 19 % haydaladi, 1 % ga yaqini sugʻoriladi. 1954—1960-yillarda qoʻriq va boʻz yerlarning oʻzlashtirilishi natijasida Qozogʻiston gʻalla yetishtiruvchi yirik respublikaga aylandi. Lalmi va sugʻoriladigan yerlarda gʻallachilik bilan birga goʻshtjun qoʻychiligi va goʻsht-sut chorvachiligi ham rivojlangan. Gʻallachilikda, asosan, bugʻdoy yetishtiriladi. Shuningdek, paxtakungaboqarzigʻir, yem-xashak ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik, polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, uy parrandasi, tuya va yilqi boqiladi.
Qozogʻiston chetga avtomobillar, turli harbiy texnikalar, lokomotivlar, neft va tabiiy gaz, qora metall, mis, gʻalla, koʻmir, oziq-ovqat va boshqa turli hil yuqori sifatli mahsulotlar chiqaradi. Chetdan sanoat mollari, mashina va jihozlar oladi. Tashqi savdoda ItaliyaFinlandiyaJanubiy KoreyaBAARossiyaUkrainaQirgʻizistonGermaniyaXitoy bilan faol hamkorlik qiladi. Pul birligi – tenge. Qozogʻiston Markaziy Osiyodagi iqtisodi eng kuchli davlat.
Transportida temir yoʻllar uzunligi 13,5 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 87,4 ming km. Kaspiy va Orol dengizlariBalxashIrtishUralSirdaryo daryolarida kema qatnaydi. Truboprovod transporti rivojlangan. „Air Kazakhstan“ havo yoʻllari kompaniyasi mavjud[23].
19-asr 2-yarmigacha Qozogʻiston hududida faqat musulmon maktab va madrasalari boʻlgan. 19-asrning 2-yarmidan dunyoviy maktablar, xususan, 1850-yil Orenburg chegara komissiyasi huzurida qozoq bolalari uchun 7 yillik maktab ochildi. 1864-yil Toʻrgʻayda qozoq demokrat-maʼrifatparvar pedagogi N.Oltinsarin tashabbusi bilan qozoq maktabi va uning qoshida internat tashkil etildi.
Qozog‘iston respublika byudjyetining xarajatlari 2018 yilda 9 trillion 643 milliard tengeni tashkil etadi (30 milliard 134,4 million dollar). Bu haqda 3 aprel kuni Qozog‘iston hukumati yig‘ilishida moliya vaziri Baxit Sultonov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonni modernizatsiya qilish uchun 292,5 mlrd tenge (914 mln dollar) yo‘naltiriladi. U, xususan, o‘qituvchilarning ish haqini oshirish, Nazarboyev universitetini rivojlantirish, nogironlarga g‘amxo‘rlik qilayotgan kishilarga nafaqalar to‘lash uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari, qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun qo‘shimcha 31 milliard tenge (96 million 875 ming dollar), qurilishi tugallanayotgan uy-joylar muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun 31,5 milliard tenge (98,44 million dollar), mahalliy yo‘llarni rivojlantirishga 29 milliard tenge (90 million 625 ming dollar) ajratiladi. Agrosanoat kompleksining rivojlanishi uchun 15,6 milliard tenge (48 million 750 ming dollar), kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarga 71 milliard tenge (221 million 875 ming dollar) sarflanishi rejalashtirilgan.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin