Maxalliy tarmoqlar. Maxalliy tarmoqlar (Local Area Network, LAN) – bu katta bо„lmagan xududda kompyuterlarni birlashtirish, odatda 1-2 km masofadagi radiusdan katta bо„lmagan, vaxolanki ba‟zi xollarda maxalliy tarmoq katta о„lchamga xam ega bо„lishi mumkun, masalan, bir necha о„n kilometr. Umumiy xolda maxalliy tarmoq bir tashkilotga tegishli bо„lgan kommunikatsion tizimni tashkil etadi.
Maxalliy tarmoqlar 70 yillarda mini-kompyuterlarni birlashtiruvchi vosita sifatida paydo bо„lgan, ular u vaqtda nisbattan narxi arzonligi va yaxshi funksional imkoniyatlari tufayli meynfremlarga real raqobatchi bо„lgan. Mini- kompyuterlar texnologik jixozlarni, omborlarni boshqarish kabi korxona bо„limlari darajasidagi masalalarni xal qilgan. Buning natijasida butun korxona bо„ylab kompyuter resurslarini taqsimlash konsepsiyasi yuzaga keldi. Foydalanuvchilarda juda tez boshqa bо„limlar foydalanuvchilarining kompyuterlaridagi axborotlaridan avtomatik ish tartibida о„zaro almash zarurati tug„ildi. Bu zaruratga javoban birinchi maxalliy xisoblash tarmoqlarining yaratilishi bо„ldi.
Maxalliy tarmoq texnologiyasining keyinchalik rivojlanishiga juda quvvatli turtki bо„lib shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi bо„ldi. Bu ommaviy maxsulotlar tarmoq qurilishidagi benuqson elementlar bо„lib qoldilar. Bir taraftdan ular yetarli darajada quvvatli bо„lsalar xam boshqa tomondan murakkab
masalalarni yechish uchun о„zlarini xisoblash quvvatlarini birlashtirishga va shuningdek qimmat tashqi qurilmalarni taqsimlashga aniq muxtojlik mavjut edi. Shuning uchun shaxsiy kompyuterlar maxalliy tarmoqlarda keng ishlatila boshlandi, ular nafaqat mijoz kompyuterlari sifatida va yana axborotlarga ishlov berish xamda saqlash markazlari sifatida xam, yani odatiy bо„lib qolgan mini- kompyuter va meynfremlarni siqib chiqarib tarmoq serverlari sifatida xam foydalanila boshlandi.
Maxalliy tarmoqlarning barcha standart texnologiyalari global kompyuter tarmog„ida axborot trafigini uzatishda muvoffaqiyatli sinovlardan о„tgan va о„z ustunligini isbotlagan yana о„sha paketlarni kommutatsiyalash tamoiliga tayangandir. Standart tarmoq texnologiyalari maxalliy tarmoqlarni qurishni murakkab texnik masaladan mayda ishlar darajasigachan olib keldi. Tarmoqni yaratish uchun standart kabelni, tarmoq adapterlarini va tegishli standartli kommutatorlarni, masalan Ethernet, sotib olib kompyuterlarga adapterlarni о„rnatish sо„ng ularni standart razyemlar о„rnatilgan standart kabellar bilan kommutatorlarga ulash xamda kompyuterlarga tarmoq operatsiyalarini quvvatlovchi biror taniqli operatsion tizimni о„rnatish kerak bо„ladi, masalan, Microsoft Windows yoki UNIX. Maxalliy tarmoqlarning ulanish topologiyasi xam shuningdek standart: shina, yulduz, xalqa yoki 1.35-chizmada misol tariqasida keltirilgan daraxt topologiyali tarmoq.
1.35-chizma. Daraxtsimon topologiyali maxalliy tarmoqqa misol.
Maxalliy tarmoq loyixalashtiruvchilari foydalanuvchining ishini tashkillashtirishga kо„p yangiliklar kiritdilar. Global tarmoqlarga qaraganda maxalliy tarmoqlarda umumiy tarmoq resurslariga ega bо„lish ancha oddiy va qulay bо„ldi. Xaqiqatda, global tarmoqlardan farqli maxalliy tarmoqlarda foydalanuvchi taqsimlanuvchi resurslarning murakkab idetifikatorlarini xotiralab
qolishdan ozod bо„ladilar. Bu maqsadlar uchun tizim unga resurslar rо„yxatini qabul qilishga qulay shaklda xavola qiladi, masalan, daraxtsimon shajara kо„rinishida (resurslar “daraxti”). Maxalliy tarmoqda foydalanuvchining ishini samarali qilish uchun yana bir usul quyidagidan iborat, masofaviy resursga ulangandan sо„ng foydalanuvchi unga murojat etish uchun lokal resurslar bilan ishlashga mо„ljallangan buyruqlar yordamida murojat etish imkoniyatini oladi. Uning oqibati bо„lib va bir vaqtning о„zida bundek rivojlanishni oldinga tortuvchi kuch bо„lib kо„p sonli malakasiz bо„lgan foydalanuvchilarni paydo bо„lishi bо„ldi, ular tarmoqda ishlash uchun yetarli darajada murakkab bо„lgan maxsus buyruqlarni о„rganish zaruratidan ozod bо„lgan edilar.
90 yillarning oxirida maxalliy tarmoq texnologiyalarining ichida eng ilg„ori Ethernet oilasi ajralib chiqdi. Ishlashining oddiy algoritmlarga asoslanganligi sababli Ethernet qurilmalarining narxi arzon bо„lishiga olib keldi. Tezligi bо„yicha keng doirada xizmat kо„rsata olishi maxalliy tarmoqni samarali qurishga imkon beradi, Ethernet oilasidan korxonaning qо„ygan masalasiga va foydalanuvchilarning talabiga yuqori darajada javob bera oladigan texnologiyani tanlab olish imkoniyatini beradi. Muximi yana shundaki, Ethernet ning barcha texnologiyalarining ishlash tamoillari bir-biriga juda yaqin, bu xolat ularga xizmat kо„rsatishni va bu tarmoqlarni birlashtirishni soddalashtiradi.
Maxalliy va global tarmoqlarni yaqinlashish belgilaridan biri, maxalli va global tarmoqlar orasidagi tarmoq о„rnini egallagan tarmoqning paydo bо„lishi bо„ldi. Katta shaxar xududiga xizmat kо„rsatish uchun mо„ljallangan shaxar tarmoqlari yoki megapolislar tarmog‘i (Metropolitan Area Networks, MAN).
Oxirgi yillar davomida maxalliy va global tarmoqlar texnologiyalarining turi о„rtasidagi farqlar kamayib bormoqda. Avval aloxida ajratilgan tarmoqlarni bir-biri bilan bog„lay boshladilar, bunda bog„lash muxiti sifatida global tarmoqlardan foydalanilgan. Maxalliy va global tarmoqlarni juda yaqinlashishi mos texnologiyalarni bir-biriga kirib borishiga olib keldi.
Bu tarmoqlar maxalliy tarmoqlarni bir-biri bilan ulanishini tejamli bо„lishini va shuningdek global tarmoqqa chiqishini ta‟minlaydi. MAN tarmog„i dastlab faqat axborot uzatish uchun mо„ljallangan edi, ammo xozir u tomonidan xizmat kо„rsatish rо„yxati kengayib ketdi, xususan, ular videokonferensiyalarni va tovush xamda ma‟tinni birgalikda uzatishni quvvatlaydilar.
Tashkiliy tarmoqlar. Shu vaqtgachan biz sukut saqlash orqali barcha oxirgi tugunlar (kompyuterlar, telefonlar, datchiklar, bajaruvchi qurilmalar) bir turdagi bir texnologiya asosida qurilgan tarmoqqa ulanadi deb faraz qilar edik. Biroq, foydalanuvchilarning turli turdagi bir necha tarmoqlarni о„zaro bog„lanishi orqali xosil bо„lgan muxit orqali muloqat qilish xolati xam kam emas. Bundek komponent-tarmoqlarni biz tarmoq ostilar deb ataymiz, vaxolanki bu atamaning
boshqa ma‟nosi xam mavjut, u bilan keyinroq tanishamiz. Tarmoq osilardagi qurilgan tarmoqlarning texnologiyalari bir-biridan farq qilishi mumkun, masalan, manzillash tizimi, foydalanilgan kadrlar о„lchami va kommutatsiyalash algoritmlari bilan. Bitta tarmoq ostida axborotlarni xarakatlantirishning deytagramma usulidan foydalanilgan bо„lsa, boshqasida esa dastlab о„rnatiladigan virtual kanallar texnikasidan foydalanilgan bо„lishi mumkun.
Dostları ilə paylaş: |