Mavzu: Paradontal xirurgiyada laxtakli operatsiyalar



Yüklə 0,58 Mb.
tarix10.05.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#57476
paradntal xirurgiya

Mavzu:Paradontal xirurgiyada laxtakli operatsiyalar

Reja:

  • Autosuyak
  • Brefosuyak.
  • Kollagen tutuvchi moddalar

Autosuyak. G’ovaksimon nativ autotransplantatlar biologik xossalari tufayli moslashish va vaskulyarizatsiya jarayonlari tezrok kechishi bilan boshqa osteoplastik moddalardan farq qiladi va kuchli osteoplastik xususiyatga ega. Osteogen potentsiali yuqori bo`lganligi sababli, ular qo`llanganda autologik intensiv ravishda suyak hosil bo`lish jarayoni boshlanadi. Lekin bu usul jaroxatli hisoblanib, operativ aralashuv hajmi ortadi. Periodontitlarda uni qo`llash tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari autotransplantatlar fugktsional, anatomik va kosmetik natijaga kafolat bermaydi.

Liofilizirlangan, formalinizirlangan va demineralizirlangan allosuyak. Bu moddaga mualliflar ko`p e`tibor berishadi, chunki u ishlovga beriluvchan bo`lib, keyingi protezlash uchun qulay sharoitlar yaratib berish imkonini beradi. Jarroxlik maydoni infitsirlangan bo`lsa, unda formalinizirlangan va qisman demineralizirlangan transplantatlar ishlatish tavsiya etiladi.

A. P. Bezrukova 1978 yilda formalinizirlangan allotransplantatga yuqori baho bergan. Undagi formal’degid molekular tufayli mikrobga qarshi xususiyati juda yuqoridir.

Formalizirlangan suyakni mikrobga qarshi xususiyatini o`zaytirish uchun, uni kumushli suv orqali O`Z-kavitatsiya qilish tavsiya etiladi. O`z navbatida u, shish kamayishiga, jaroxat tozalanishiga, fagotsitoz kuchayishiga va organizmni nomaxsus rezistentligini oshirishga olib keladi. [Muxsinov M. 3., Tairov U. T., 1985]. Suyak transplantatlarni liofilizatsiyasi ularni osteoplastik xususiyatlarini kamayishiga olib keladi. Formalinda muvaffaqiyatli regeneratsiya 40% uchraydi, liofilizatsiyada esa 70%.

B. I. Savel’ev (1981 y) fikricha, formalinni kuchsiz eritmalarida konservatsiya qilishda to`qimalar xayotligi saqlanib qolmaydi. M.YU.Nazarenko (1989 y.) formalinizirlangan transplantatni bitishi dinamikasi sustligi aniqladi. N. I. Lokteva (1985) fikricha, g’ovaksimon suyak autotransplantat utkazilganda suyak hosil bo`lishini 100 % hisoblasak, formalinizirlangan allotransplantat ishlatilganda u 68,7 %, deproteinizirlangan va yogsizlantirilgan suyak ishlatilganda 45,3 % tashkil etadi. aytib utilganlardan ko`rinib turibdiki, periodontitlarda bu turdagi transplantatlarni ishlatib bo`lmaydi

Demineralizirlangan transplantatda osteoinduktiv xossalar yaqqol namoyon bo`lganligi, boshqa turdagi allosuyaklarga nisbatan suyak defektlarini to`ldirishda

qulayrokdir. Osteogenezni maxalliy regulyatorlari o`zaro bir birini to`ldirib yangi to`qima elementlar differentsirovkasini chaqiradi va ularni umumiy sonini regulyatsiya qilib turadi.

Umumiy kamchiliklari esa, ularni immunogenlik xossasi hisoblanadi. Ba`zida ularni fonida yallig’lanish belgilari paydo bo`lishi mumkin.

Brefosuyak. Odam embrionidan olingan transplantatlar immun konfliktni kamaytiradi, almashinuv jarayonlari aktivlashadi.

Embrioplast reparativ osteogenezni aktiv stimulyatori hisoblanib antigen xossalari tufayli immunogenlik xususiyatini kam namoyon kiladi. Ko`p mualliflar bunday transplantat ishlatishga qarshilik qilishadi. CHunki rivojlanishning 3 oyiga kelib suyak materiali xali to`liq shakllanmagan bo`ladi. SHuning uchun brefosuyakni 5-7 oylik xomilalarnikini ishlatish tavsiya etiladi. Brefokipik va togay asosida «brefoosteoplast» ishlab chikilgan. U juda plastik bo`lib, suyak jaroxatini to`liq qoplab va reparativ regeneratsiya jarayonlarini tezlashtirishga olib keladi. Kamchiligi, biomexanik mustaxkam bo`lmaganligi uchun tez vaqtda surilib ketadi.

Kollagen tutuvchi moddalar. Xozirgi zamonda yirik sut emizuvchi xayvonlarni dermasidan olingan solyubilizirlangan kollagenga qizikish katta. Ishlov vaqtida uning antigen xossalari sustlashadi. V.S. Ivanov (1987 y.) fikricha, kollagen asosidagi osteoplastik moddalar (kollaost, gidroksiapol, kollapol, gapkol, linkogap, sintost, kolap) suyak bushliklarda yaxshi shakllantiriladi, to`liq to`ldiradi va gemostatik funktsiyani bajaradi. Materiallarni yuqori gigroskopligi ularni turli antibiotiklar, antioksidantlar va yallig’lanishga qarshi moddalar bilan tuyintirishga imkon beradi. Ammo periodontitlarda yaqqol namoyon bo`ladigan yallig’lanish va proteoliz jarayonlarida kollagen tutuvchi moddalar tez so`riladi va yallig’lanishga qarshi va reparatsiyani stimullovchi effektini bermaydi

Biologik muxitda kollageni stabilligini oshirish uchun unga gidrooksiappatit (GA) qo`shiladi. Mikrokristallik kollagen asosidagi "Avitene" moddasi o`zida kal’tsiy-fosfatli keramika tutadi. Mustaxkamlikni oshirish maqsadida kollagenga D. Lew (1986), E. Nery (1978) neylon kushishgan. Kollagen—GA kompleksini W. J. Spitzer i R. Mehlish (1988) ishlatishgan.

Gidroksilapatit. Reparativ osteogenezni stimullash maqsadida kal’tsiyfosfat keramik utuvchi moddalarni ishlatish borasidagi izoanishlar 1920 yildan beri olib boriladi. Lekin katta hajmlarda bunday moddalarni ishlatilishi jarayonni qisman tezlashishiga yoki umuman bitishni ko`zatilmasligi aniqlangan

GA asosli materiallar ikki turga bo`linadi 1) rezorbirlanuvchi gidroksilapatit, o`z navbatida u maydadispers kukun, maslan Ostim-100, va rezorblanuvchi GA,

misol GA-100; 2) rezorblanmiydigan keramika, tarkibiga kukun (gidroksiapol), granulyatlar va blokli keramika kiradi. Rezorblanuvchi GA jidkofazali jarayonda xona temperaturasida sintezlanadi, xususiyatlari: past kristalligi, yuqori sorbtsionligi, biologik muxitda yuqori rezorbligi. Rezorblanmaydigan GA 800— 1000 °S kizdirilganda olinadi. Bunda u qondensatsionn-kristall kimyoviy mustaxkam va suvda erimaydigan shaklga utadi.

GA – keramika suyak bilan kimyoviy birikish hosil qilishi uni asosiy xususiyati hisoblanadi. GA laxtakli operatsiyalada keng ishlatiladi. Bunda tishlar qimirlashi kamayadi, retsedivlar ko`zatilmaydi, osteo va tsementogenez optimallashadi, tishmilk birikmasi hosil bo`ladi, paradontal cho`ntaklar chuqurligi kamayadi.

Biositallar. Xozirgi vaqtda tabiiy polimerlar (protein, xondroitin-sul’fat, xitin, gialuron kislota va boshqalar) bilan kompleksda ishlatib kelinayotgan yangi turdagi keng spektrli mikro va makroelementlar tutuvchi binar va polikomponent aralashmalar keng tadbik etilmoqda. Moddani jaroxatga ta`siri absorbtsiya, termoizolyatsiya, jaroxatda namlikni tuta olishi va gemostatik xossalarini namoyon qilishi bilan ifodalanadi.

Plastika uchun tarkibida 30% GA va alligel’ tutuvchi yangi material biositall polimerii hisoblanadi. Govak va zich bloklar ko`rinishda bo`lib, tarkibida antiseptiklar va yallig’lanishga qarshi modalar tutadi va osteoplastik operatsiyalarda ishlatiladi.

Osteoplastik moddalarni solishtirilganda shunga e`tibor berish kerakki, xozirgi vaqta eng qulay moddarlar, bu kollagentutuvchi, biositall, GA va ularni yunaltirilgan to`qima regenaratsiyasi uchun ishlatiladigan membaralar birga ishlatilishi hisoblanadi

Membrana bilan kushib ishlatilishi bu materiallarni regenerativ xususiyatlarini oshiradi. Bundan tashqari membranalar epiteliyni ichkariga o`sib kirishiga tuskinlik kiladi.

Aralashuv muvaffaqiyati faqat materialga bog’liq emas. SHuning uchun xar bir bemor uchun individual modda tanlash zarur. Davo natijasi bog’liq bo`lgan yana bir faktor, bu qon quyqasini hosil bo`lishidir. CHunki u reparatsiya manbai bo`lib, tish bog’lovchi apparati regeneratsiyasiga ta`sir etadi. moddalarni qon quyiqasini saqlay olish xususiyati uni regenerator potentsialini aniqlashga yordam beradi

Paradont to`qimasini yunaltirilgan regeneratsiyasi uchun sun`iy membranalar. Birinchi marotaba membranalarni tusiq sifatida S. Nyman (1982) qo`llagan. Ular milliporali fil’trni tish ildizi va milk orasiga joylashtirishgan.

Buning natijasida tish ildizi yuzasi va milk laxtaki tolalari bir-biridan ajratildi, epiteliy o`sib kirishiga to`siq va periodontal bog’lam hosil qiluvchi to`qimalar o`sishiga sharoit yaratildi

Eksperimental izlanishlar shuni kursatdiki, tishni biriktiruvchi apparatini to`liq regeneratsiyasi milk epiteliysini o`sib kirishini to`liq chegaralab quyilganidagina ruy beradi. Lekin na suyak, na milk tish biriktiruvchi to`qimani hosil kila olmaydi. Bundan tashqari, milk to`qimasi tish yuzasi bilan kontakda bo`lganda, ildiz yuzasi rezorbtsiyasi yoki suyak ankiloziga o`xshash birikma shakllanishi ko`zatiladi [Andreasen J., Kristerson L., 1976, 1981]. Bu toksinlarni yalang’ochlashgan tish yuzalarida to`planishi bilan xam bog’liqdir [Aleo J. et al., 1975].

Eksperimental izlanishlar bilan birgalikda o`tkazilgan klinik izlanishlar S. Nyman (1982), J. Gottlow (1984), R. Caffesse (1988) «Millіroge» va politetraflyuoretilen asosida membranalar tayyorlashga imkon berdi. Ularni ishlatilishi membranani ichki yuzasi va tish ildizi orasida periodontal bog’lam to`qimalarni repopulyatsiya aktivligini oshirish imkonini berdi. Bunday membranalar kamchiligi bo`lib, ular surilmaydi va 4-6 xafta o`tgandan so`ng, qo`shimcha operativ aralashuv natijasida uni olish kerak.

Eksperimental sharoitlarda rezorblanuvchi kollagen materialdan tayyorlangan—biodegradirlanuvchi membranalar hisoblanadi [Blumenthal N., 1988; Magnus- son I. et al., 1988; Pitaru S. et al., 1987, 1988]. Asosiy xususiyati ular suriluvchan.

An`anaviy operatsiyadan oldingi tayyorgarlik.

Membranalar ishlatishdagi o`ziga xoslik, ularni defekt joyiga kiritib u erda fiksatsiyalashdan iborat. Agar surilmaydigan membralar ishlatilsa, 6-8 xaftadan so`ng, milk shilliq qavatida qayta kesim o`tkazilib, membrana olinadi. Operatsiya bir vaqtni o`zida, etarli darajada qon aylanishni ta`minlash uchun ikkita yonma-yon turgan tishlar sohasida olib boriladi

Kollagen asosli suriluvchi membranalar xam ishlatiladi. Bunday kollagen to`zilmalarga nisbatan odamni to`qima fermentlari aktiv. Bundan tashqari, kollagenlar trombotsitar plastinkalar parchalanishini stimullaydi va bir vaqtning o`zida qon qo`yiqasidagi birikishni tezlashtiradi [Lowenberg V. F. et al., 1985; Pitaru S. et al.3 1987; Blumenthal N., Steinberg J., 1990; Dowell P. et al., 1995].

Bunday membranalar 30 kunda, toj qismi esa 10 kunda suriladi. 10 kunda keyin epitelial migratsiya darajasini aniqlash mumkin

Kollagen membranalarni to`qima fermentlariga beriluvchanligini inobatga olib 1991 yilda S. Pitaru ikki

qavatli membranani taklif etdi. Tashki qavati kollagendan iborat bo`lib, ichki qavati o`sishning 1 faktori, geparin sul’fat va fibrin bilan ishlov berilgan. Bunday membranalarni ishlatish effektivligi 65-95% tashkil etdi.

Membranalarni suyak transplantatlari bilan ishlatilganda N. Blumenthal i J. Steinberg (1990) 93% xollarda nafaqat biriktiruvchi to`qimali hosilalarni paydo bo`lishini, balki defektni 50% suyak bilan to`lishini ko`zatishgan.



Bifurkatsiya zaralanishning 2 darajasida "Collistat" asosida tayyorlangan kollagen membranalar ishlatilishi [Anderegg S. et al., 1995]. V. Paul (1992) suyak defekti to`lishida farq aniqlashmadi. K. Chung (1990), N. Anderson (1991), Μ. Tanner (1988), J. Pfeifer (1989), S. Garrett (1988) bir qavatli kollagen membranalar yordamida paradontal kursatkichlar yaxshilanganligini ko`zatishmadi.
Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin