Tarbiyachining yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirishda bir qancha vazifalar belgilanadi. tarbiyachining ko‘pqirrali ijodkor bo‘lishi.
tarbiyachi ma'naviy-ahloqiy qiyfasi bilan tarbiyalanuvchilarga ibrat bo‘lishi.
maktabgacha ta'lim muassasa rahbari va hodimlar jamoasi bilan hamfikr bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lishi.
tarbiyachi maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari va maktabgacha ta'lim muassasasi hodimlar jamoasini ota-onalar bilan hamkorlik o‘rnatish tajribasiga ega bo‘lishi.
kompleks (mujassam) bolalarga yangi bilim beriladi, egallagan bilimlar mustahkamlanadi va takrorlanadi, tizimga solinadi, olingan bilim va malakalarini amalda qo‘llashga o‘rganiladi. tabiat bilan tanishtirishda tasviriy faoliyat, nutqini o‘stirish elementar, matematika, musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan birgalikda tashkil etish. (erkin fikrlashga o‘rganadi, aqliy vazifalarning birligi va muayyan qiyinchilik bolalarni uyushtiradi, diqqatni ma'lum tomonga yo‘naltiradi)
mashg‘ulot-tarbiyachining bolalarni kerakli bilim va malakalardan umumiy holda habardor qilishidir. tarbiyachi bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigienik, hulq madaniyati, nutqi, sanoq-hisob, harakatlari kabi turli- tuman malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib boradi. ammo ta'lim berishda bosh rolni mashg‘ulot egallaydi. mashg‘ulotlar bolalar bog‘chasida ta'limni tashkil etish shaklidir. u maktabgacha tarbiya yshidagi hamda bolalar uchun majburiydir, unda dastur mazmuni belgilab berilgan. kun tartibida unga ma'lum o‘rin va vaqt ajratilgan. mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi mashg‘ulotlarda bolalarni yangi bilimlardan habardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarini esa aniqlab mustahkamlaydi. bolalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etadi. o‘quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. demak, mashg‘ulot bolalarni maktabga tayyrlashda katta ahamiyatga ega mashg‘ulot bolalarda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. ayniqsa, bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga birgalikdagi faoliyatda bolalar bir- birlariga faol ta'sir etishadi, o‘z tashabbusi, topag‘onligini namoyn qilish imkoniyati tug‘iladi. bolalar ishiga zo‘r berishni talab etuvchi vazifa qo‘yilganda birgalikda qayg‘urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. ekskursiyalar, rasm qirqib ypishtirish, qurish-yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o‘qishda paydo bo‘lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do‘stona jamoasini yaratishga yrdam beradi, birga ishlash, yashashga o‘rgatadi. mashg‘ulotda ta'lim berish orqali bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o‘zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi sifatlar hosil qilinadi. Mashg‘ulot paytida bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish , hikoya qilinaytgan voqeadagi asosiy g‘oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi. tayyrlov guruhlarida mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur, taqqoslash, umumlashtirish, hulosalar chiqarish kabi mal0akalar tarbiyalab boriladi mashg‘ulot jarayonida bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik hissi takomillashtirib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va hohishi tarbiyalanadi. bolalar bog‘chasida kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayt tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarni o‘stirish mashg‘ulotlari, musiqa mashg‘ulotlari, tasviriy san'at mashg‘ulotlari, ko‘rish yasash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari olib boriladi. mashg‘ulotlar boladan aqliy va jismoniy kuchlarni talab etadi, ya'ni u bolaning faolligi bilan, bog‘liq bo‘lib, bola ma'lum natijaga erishish uchun intiladi. bu esa boladan uzoq ihtiyriy diqqatni talab etadi. Mashg‘ulotlarni kunning birinchi yarmida o‘tkazish maqsadga muvofiq, chunki birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yahshi bajara oladi, hona tabiiy yrug‘lik bilan yahshi ta'minlangan bo‘ladi. har bir ysh guruhida necha marta mashg‘ulot o‘tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg‘ulot ysh guruhlari bo‘yicha qancha davom etishi bolalar bog‘chasi tarbiya dasturida ularning ysh hususiyatlarini e'tiborga olgan holda belgilab berilgan bolalarning bilimlarini sinovchi mashg‘ulotlardan maqsad tarbiyachi bolalar dasturda belgilangan bilim va malakalarni o‘zlashtirish darajasini bilib oladi va o‘zining keyingi ishi mazmuni, metodlarini belgilaydi. kompleks mashg‘ulotlar bolalar bog‘chasi tajribasida keng tarqalgan bo‘lib bunday mashg‘ulotlar bolalarga yangi bilim beradi. egallangan bilimlar mustahkamlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida” 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi mas'uliyatini oshirish. Tarbiyachi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u didaktik prinsip (qonuniyat) larni qanchalik to‘g‘ri amalga oshirishiga bog‘liq. Ta’lim qonuniyatlari bu - o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan talablar yig‘indisidir. Ta’lim prinsip (tamoyil) lari deb, ta’limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o‘qitish uchun asos bo‘ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta’lim qonuniyatlari tarbiyalanuvchi va tarbiyachi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi. O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Bu haqda Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e’lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o‘tdi. Ijtimoiy sohalarning rivojlantirishida milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlarining ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirishga hamda ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirishga e`tabor qaratilgan. Ma’lumki, qonuniyat-bu barqaror, zaruriy u yoki bu xodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o‘quv jarayonining harakteri, uning vazifalari, mazmuni, shakllari: usullari va vositalari qonuniy ravishda aniqlab beradi. Agar o‘qitish jamiyat talablarini e’tiborga olmasa, u holda uni, albatta, qayta ko‘rish, takomillashtirish kerak. Demak, ta’lim berish, tarbiyalash va tarbiyalanuvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ifodalangan qonuniy didaktik aloqalarni va o‘qitish qoidalarini ilmiy asoslangan o‘zaro bog‘lanishda qo‘llash ko‘nikma va malakalarni chuqur, puxta, ongli va ta’sirli o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. O‘qitishni aynan shunday natijaga qaratish uning onglilik, puxtalik, ta’sirchanlik qoidalarini harakterlaydi. Ta’limning mazmuni hayot, hozirgi zamon fani bilan bog‘langan bo‘lganligi uchun ham, vazifalarda mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish muammolari, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlash kabilar asosida intensivlash o‘z aksini topishi kerak. Har bir tarbiyachi shuni anglab yetishi muhimki, o‘quv jarayonini samarali ko‘rish - bu, ishda o‘zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni xal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o‘zaro aloqada foydalanish demakdir. O‘qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun qonuniyatlar birligini va didaktik qoidalarini e’tiborga olish zarur. O‘qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni o‘qitish qoidalari deb ataladi. O‘qitish qoidalarini bilish o‘qitishning zarur usullarini yanada ishonchliroq tanlashga imkon beradi. Ta’lim qoidalari - tarbiyachining faoliyatini va tarbiyalanuvchilar tomonidan ilmiy bilmlarning o‘zlashtirilishi, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo‘l – yuriqlarini o‘z ichiga oladi. SHu bilan bir vaqtda ta’lim qoidalari har ikkala faoliyatni, ya’ni tarbiyachi va tarbiyalanuvchi tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. Ta’lim tarbiyachining faoliyati va tarbiyalanuvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni o‘zlashtirilishi, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonuni va yo‘l-yo‘riqlarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim tamoyillari o‘qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy qonuniyatlaridir. Qonuniyat bu barqarorlik, zaruriyat, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Ta’lim tamoyillari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi, tarbiyalanuvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirishlari, bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun qoidalarining yig‘indisiga aytiladi. O‘qitish prinsiplari ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.