Akmeologiyaning professional jihati
– mehnat faoliyatidagi imkoniyat va
natijalarni mavjud mehnat turi, ushbu jarayonning ijtimoiy holat darajasi va
natijasiga ta’sirini kasbiy foydalilik, psixologik tayyorgarlikni tushuntirish orqali
baholashga yo‘naltirilgan. Zero, shaxs mehnati o‘zining alohida xususiyatlariga ega
bo‘lgan aqliy mehnat ekan, demak, bu mehnat ham o‘qishda, ham ilmiy faoliyatda
va fan asoslarini ijodiy o‘zlashtirishda o‘z ifodasini topadi. Bu esa akmeshaxsning
professional faoliyatidir.
Akmeologiyaning refleksiv jihati
– xuddi rivojlanayotgan “MEN” degan shaxs o‘z
ongi va ish faoliyati jarayonida hamkorlarning alohida tushunuvchanligi bilan
bog‘liq inson professionallashuvida ajratilgan akmeologik jihatlarning optimal
qo‘shiluvini taminlovchi sifatida ifodalanadi. Buni akmeshaxsning
muruvvatli
yoki
sahovarli
holati
bilan
qiyoslash
mumkin.
Muruvvat
va
sahovatda
umummanfaatdorlik yuzaga keladi. Bu quyidagilarda namoyon boiadi: 1) jamiyatda
insonparvarlik keng tarkib topadi; 2) mehr-oqibat va sahovat muhiti rivojlanib
boradi; 3) ijtimoiy hamkorlik va birodarlik yuksala boradi; 4) ijtimoiy hamkorlik va
birodarlik madaniyati shakllanadi. Demak, muruvvat va sahovat qadriyatlarining
yuksalishidan ko‘pchlik manfaat ko‘radi. Bu akmeshaxsning asosiy fazilatlaridan
biridir.
Akmeologiyaning ta’lim jihati
– umumiy, professional va uzluksiz ta’lim tizimida
bilim va ko‘nikmalarni aniqlashga hamda oshirishga yo‘naltiriladi.
Akmeshaxs
– akmeologiyaning asosiy predmeti bo‘lib, uning mazmun-mohiyati –
insonning har bir kasb-hunarni ilm-bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat
rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy,
siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini
chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini
ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishi jihatlarini
fanlar bilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iborat bo‘lib, u insonning ijtimoiy-iqtisodiy,
ma’naviy dunyosida yuksakroq cho‘qqilarga, kasbiy kamolotda mukammallik
bosqichiga erishish muammolarini o‘rganadi. “Akme” – insonning ko‘p o‘lchamli
yuksalish holati, uning hayotini vaqt o‘lchami bo‘yicha ahamiyatli bosqichini
qamrab olgan holda, uning jamiyatdagi fuqaroligi, ma’lum faoliyat doirasidagi
mutaxassisligi, boy yoki kamtarona yashash turmush tarzi, oilaviy holati, ota yoki
ona ekanligi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: |