Mavzu: Pedagogik akmeologiya predmeti va uning fanlar tizimidagi o‘rni. Mavzu rejasi


I.3. Akmeologiya predmeti va uning fanlar tizimidagi o‘rni



Yüklə 51,79 Kb.
səhifə3/8
tarix31.07.2023
ölçüsü51,79 Kb.
#138139
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu

I.3. Akmeologiya predmeti va uning fanlar tizimidagi o‘rni
Akmeologiya bir qancha fanlar tizimida shakllangandir – pedologiya [grek tilidan pais (paidos) – bola + logiya, so‘zma-so‘z bolalar haqidagi fan] – bola rivojlanishining psixologik, biologik, sotsiologik va pedagogik qarashlari majmui;
gerontologiya [grek tilidan gerontos – qariya + logiya, so‘zma-so‘z qariyalar haqidagi fan] – insonning qarish hodisalarini o‘rganuvchi tibbiy-biologik va psixologik fanlar majmu;
akmeologiya [grek tilidan akme – nimaningdir yuqori darajasi + logiya, so‘zma-so‘z eng yuksak darajalar haqidagi fan] – alohida inson va odamlar uyushmasining rivojlanishidagi yuqori darajalarni va ularga erishish sharoitlarini o‘rganuvchi fanlar majmui;
fenomen [grek tilidan phainomenes – mavjud bo‘luvchi, hodisa demak]. Akmeologik hodisalar – bu birinchidan, insonning individ – murakkab tirik organizm sifatida voqelikning turli tomonlariga munosabatlarning shakllanganligida namoyon bo‘luvchi shaxs, arbob, va avvalambor mutaxassis sifatidagi aniq ko‘rinishlaridir, ikkinchidan, bu avvalambor ulardan har birining jamiyatda bajaradigan roliga tegishli bo‘lgan odamlarning kichik va katta uyushmalarini turmushi va hayot-faoliyati ko‘rinishlaridir.
Ko‘plab ilmiy tasniflarda insonning rivojlanishi ontognezda bolalik, kamolga erishganlik va qarilik davridan iborat bo‘ladi. Insonni bolalik bosqichida o‘rganuvchi fanlar doirasini pedologiya deb nomlash odat tusiga kirgan. Qarish va qariyalikni birgalikda o‘rganuvchi fanlar majmui gerontologiyani tashkil etadi. O‘rganish predmeti o‘rta yoshli kishi bo‘lgan fanni tez-tez akmeologiya deb nomlashmoqda. Ushbu fan ilmiy bilimning tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnik sohalarining to‘qnashuvida yuzaga keldi, va u maqsadli va izchil ravishda insonning erta, o‘rta va kechki еtuklik (o‘ta murakkab tirik organizm), shaxs sifatida (bu holatda, avvalambor inson tomonidan o‘zlashtirilgan voqelikning turli tomonlariga bo‘lgan munosabat) va faoliyat sub’ekti sifatida (asosan mutaxassis sifatida) shakllanishi fenomenologiyasi, qonuniyatlari va mexanizmlarini belgilab beradi.
Insonning еtuklik davri ko‘pincha uning fuqaro, turmush o‘rtog‘i, ota-ona, mehnatini qandaydir muayyan sohasining mutaxassisi sifatidagi еtukligi bilan tenglashtirilar ekan. Akmeologiya muhitida tadqiqot olib boruvchi ayrim olimlar еtuklik tushunchasini barkamollik tushunchasi bilan almashtiradilar, garchi bu tushunchalar bir-biriga teng bo‘lmasa ham. Akmeologiyada bir biri bilan o‘zaro ta’sirlashgan holda katta yoshli kishiga akme darajasiga еtish imkonini beruvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarga katta e’tibor qaratiladi. Bu еrda “Akme” tushunchasi haqida gap borib, bu yangi ilmiy fanning asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi.
Va garchi “akme” tushunchasi mazmuni katta yoshli inson rivojlanishi haqidagi fan ixtisosligiga mos kelgan nashrlarda ko‘proq qo‘llanilib kelinayotganligiga qaramasdan, ushbu nashrlarda bu tushuncha turlicha talqin qilinadi. Ayrim holatlarda mualliflar “akme” haqida gapirar ekanlar inson salomatligida yuqori cho‘qqini nazarda tutadilar, yoki uning shaxs sifatida rivojlanishining yuqori darajasini, yoki uning sub’ekt sifatida qandaydir faoliyat bilan shug‘ullangan holda o‘zi uchun eng yuqori natijalarga erishgan holatini nazarda tutadilar. Bu holatda inson tomonidan erishiladigan akme qisqa vaqt oralig‘i bilan chegaralangan holda bo‘ladi.
Tadqiqotchilarning boshqa guruhi esa akme muammosini yoritar ekanlar, katta yoshli inson hayotining ishga layoqatlilikning yuqori darajasiga xos bo‘lgan, va uning shaxs sifatidagi fuqarolik faolligini amalga oshiruvchi hamda shu bilan birga o‘z kasbiy imkoniyatlarini mehnatning o‘zi uchun muhim bo‘lgan kasbiy imkoniyatlarini samarali va ijodiy jihatdan unumli bo‘lgan nisbatan uzoqroq vaqt oralig‘ini nazarda tutadilar. Va nihoyat, “akme” atamasini ontogenezda inson rivojlanishi haqidagi bo‘lim nomiga kirituvchi tadqiqotchilar mavjud. Ular sirasiga N.A.Ribnikov, undan so‘ng B.G.Ananev va uning o‘quvchilari va izdoshlari bo‘lgan A.A.Bodalev, A.A.Derkach, N.V.Kuzmin va boshqalarni kiritish mumkin. Aynan ular katta yoshli insonni kompleks ravishda o‘rganuvchi fanni akmeologiya deb nomladilar va bunda aynan еtuklik pillapoyalarida ontogenezning avvalgi bosqichlarida to‘g‘ri shakllangan inson odatda o‘zini voqelik bilan boy aloqalarga ega bo‘lgan faol arbob, mutaxassis sifatida namoyon qiladi, deb alohida ta’kidlab o‘tadilar.
Katta yoshli kishi o‘zining individga oid, shaxsiy va sub’ektga oid rivojlanishida ko‘tariladigan cho‘qqilarni esa ushbu ilmiy maktab vakillari odatda kulminatsiya (eng avj nuqta) yoki optimumlar deb ataydilar. Va agar B.G.Ananevning ilmiy maktabida insonning ontogenezdagi rivojlanishi jarayonini tashkil etuvchi barcha tarkibiy qismlarni yoritishda va mos ravishda insonning psixikasi va ichki dunyosida bir yosh chegarasidan ikkichisiga o‘tishda yuz beradigan o‘zgarishlarni kuzatadi.
Ushbu o‘zgarishlarning sabablarini chuqurroq izohlashda psixologiyaga yondash bo‘lgan ilmiy fanlar ma’lumotlarga murojaat qilinsa, katta yoshli kishining u tomonidan avvalgi yoshga oid bosqichlarda mikroakmega erishish yo‘lini bosib o‘tuvchi o‘z akmesi yoki optimumiga tomon harakatlanishi va ushbu katta akme o‘zining barcha xususiyatlari bilan birgalikda ko‘p yo‘nalishli, bosqichli ravishda, ko‘plab ob’ektiv va sub’ektiv sharoit va vaziyatlarning insonning shaxsiy hayot faoliyatini qamrab olgan holda o‘zaro munosabati natijasi sifatida o‘rganiluvchi, mohiyati akmeologiyada boshqa – tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnik fanlar bilan chambarchas bog‘liqlikda ochib beriluvchi hodisa sifatida o‘rganiladi.
Bugungi kunda predmeti yuqorida ochib berilgan akmeologiyadan tashqari, inson faoliyatining doimiy ravishda ko‘p jihatli tabiatga ega bo‘lgan, ma’lum sohalarida kasbiy shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalari bilan bog‘liq ravishda akmeologiyaning boshqaruv, pedagogik, harbiy, sport akmeologiyasi kabi tarmoqlari shakllanib bormoqda. Bundan tashqari, akmeologiyaning insonning erta, o‘rta va kechki еtukligi pillapoyasida va ayniqsa u tomonidan o‘z jismoniy salomatligida, o‘zining ma’naviy va fuqarolik imkoniyatlari ko‘rinishlari va harakatlarida, shuningdek professional sifatidagi hatti-harakatlaridagi rivojlanish va o‘z-o‘zini rivojlantirish qonuniyatlarida markazlashgan predmetini yuqorida aytib o‘tilgani kabi tushunilishidan tashqari oxirgi yillarda ilmiy doiralarda akmeologiya predmetini nisbatan kengroq talqin qilish taklif etildi va bugungi kunda yanada mustahkamlanib bormoqda.
Uning tarkibiga odamlarning mayda va yirik uyushmalarini, masalan, boshqaruv jamoalarini, sport jamoalarini, ishlab chiqarish uyushmalarini, siyosiy partiyalarni, etnos va davlatlarni, shuningdek, yangi fanning predmetini an’anaviy ravishda tushunilgani kabi, ular tomonidan amalga oshirilgan harakatlarning natijasi akmega erishish bo‘lgan, ularni rivojlantirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish qonuniyatlari va mexanizmlarini izlash va tahlil qilishni ham kirita boshladilar. Va bu holatda ular erishgan cho‘qqilar, yoki ularning akmesi ham umumiy, o‘ziga xos va ayrim xususiyatlari yuqorida aytib o‘tilgan uyushmalarda ob’ektiv va sub’ektiv omillar sababli yuzaga kelgan o‘zgarishlarni o‘rganish jarayonida maqsadli va izchil ravishda aniqlanuvchi va ta’riflanuvchi asosiy hodisalardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Masalan, boshqaruv jamoasi faoliyatida optimum qanday aamiyatga ega, uni qanday xususiyatlar ifodalaydi va ushbu jamoa o‘z akmesiga erishdi, deb ta’kidlash uchun u qanday talablarga javob berishi lozim, va nihoyat aytib o‘tilgan jamoa o‘z faoliyatida optumum darajasiga ko‘tarilishi, yoki o‘z akmesiga erishish uchun qanday mexanizmlar ishlashi yoki harakatga keltirilishi lozimligihaqidagi vazifalar hal etiladi. Yoki boshqa misol: davlat o‘z yuksalishiga erishdi, degani, uning siyosiy hayoti, iqtisodiyoti va huquqiy munosabatlari, uning madaniyati, ta’limi, fuqarolarining jismoniy va ma’naviy salomatligi, ularning ahloqliligi va farovonligining qaysi jihatlari aniq namoyon bo‘lishi lozimligi, davlat haqiqatan ham gullab-yashnashi, va albatta, ushbu gullab-yashnash haqiqitan ham amalga oshishi uchun qanday mexanizmlar ishga tushirilishi va harakatga keltirilishi lozimligini aniqlash demakdir.
Shunday qilib, akmeologiya predmetining faqatgina insonning еtuklik bo‘sag‘asidagi rivojlanishi va u ushbu rivojlanish jarayonida qanday shartlar asosida optimumga еtishi va bunda uning optimumi qay jihatda bo‘lishi bilan chegaralanganidagi kabi, uning predmetini turli ko‘rinishdagi uyushmalarning rivojlanishi va ular tomonidan rivojlanishning eng yuqori darajalarining egallanishiga imkoniyat yaratuvchi kengaytirilgan holda tushunilishida ham bazaviy daraja sifatida har birida u yoki bu inson o‘z rivojlanishida erishgan cho‘qqining muayyan jihatlari ob’ektlashtiriluvchi yoki birlashtiriluvchi shakllarning keng ko‘lamli kontinuumida aniqlashtiriluvchi akme namoyon bo‘ladi. Shu sababli akmeologiyaning birinchi darajali vazifalaridan biri ushbu shakllarning qat’iy ilmiylik talablariga javob beruvchi tadqiqoti, ta’rifi va klassifikatsiyasidir. Va akmeologiya uchun yana boshqa bir muhim va o‘ta darajada murakkab hisoblangan vazifa sifatida o‘zaro ta’siri natijasi inson yoki uyushma tomonidan “akme”ga erishish bo‘lgan ob’ektiv va sub’ektiv majmualarning aniqlanishi namoyon bo‘ladi.
Ko‘pincha mehnatning bir-biridan o‘ta uzoq bo‘lgan sohalarida faoliyat yurituvchi odamlardagi akmening mohiyatga oid va qonuniy ta’riflari bir-biridan aamiyatli jiatlariga ko‘ra katta farq qiladi (masalan, lashkarboshining akmesi qishloq xo‘jalik masulotlarining yangi turlarini topish bilan mashg‘ul seleksioner-olim akmesidan). Ushbu akmelarning mohiyatiga kirib borish va ulardagi umumiy, alohida va yagonani tushunish, shuningdek, alohida odamlar yoki uyushmalar o‘z akmesiga erishgan ar bir alohida holatda harakatlangan qonuniyatlar va mexanizmlarni anglash uchun insonning ontogenezda rivojlanishini o‘rganish jarayonida (agar sizni aynan uning akmesi qiziqtirsa) va ko‘plab fanlar tomonidan kichik va katta uyushmalarni o‘rganish (agar bu safar ularning akmesi qiziqtirsa) hosil bo‘lishi va faoliyatini o‘rganish jarayonida olinadigan bilimlarga tayanish zarur. Shuningdek, ushbu bilimlarning hal etilayotgan vazifaning tabiatiga mos kelgan holda rivojlantirish ham muhim ahamiyatga ega.
Agar inson yoki odamlar uyushmasining akmesi – ularning undan so‘ng yoppasiga tanazzulga yuz tutish, ortga qaytish, va hattoki insonning o‘limiga yoki har qanday uyushmaning yo‘qolib ketishiga olib keluvchi stagnatsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan, rivojlanish jarayonining yagona global umumiy yakuniy avji yoki yuksak cho‘qqisi degan xulosaga keladigan bo‘lsak, bu holda biz umuman akmeologiya mohiyatini va rivojlanish natijalari moddiylashtiriluvchi “akme”ning mohiyatini dag‘allashtirib yuborgan bo‘larniz. Albatta, kundalik voqelikda aynan shu kabi yakun alohida shaxs va alohida uyushmalar uchun xaqiqitga aylanishi mumkin. biroq, ma’lumki, odam ham, ko‘plab uyushmalar ham o‘z ko‘pincha o‘z turmushlari davomida rivojlanish imkoniyatlarini turli yo‘nalishlarda to‘plab boradilar. Bir yo‘nalishda rivojlanishning cho‘qqisiga erishganlaridan so‘ng, ular o‘z harakatlarini o‘sish darajasida davom ettiradilar, biroq endi boshqa yo‘nalishda. Va bu еrda ob’ektiv holatlarning ularning o‘z intilishlari bilan samarali jihatda uyg‘unlashuvida maqbul ravishda kechishi natijasida ular ko‘pincha o‘z rivojlanishining keyingi akmesiga erishadilar. Shundan so‘ng, inson yoki uyushma tushib qolishi mumkin bo‘lgan yana yangi vaziyatlarning bir-biriga aniq mos kelishi, shuningdek ularning individual yoki jamoaviy harakatlar sub’ekti sifatida avvalgi yo‘nalishda rivojlanishda davom etishi ularni yangi akmega ega bo‘lishlariga sabab bo‘ladi. Yangi “yakme” aniqroq ko‘rinishda taraqqiy etuvchi tabiatga ega bo‘la boshlaydi, ayrim hollarda esa inson yoki uyushmada avval hech qachon bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha rivojlanishning majburiy sharti yoki asosi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Shu bilan birga, haqiqiy hayotda borar ekanmiz, biz inson, ayrim hollarda uyushma rivojlanishining, rivojlanishning bir chizig‘i va u tomonidan ushbu jarayonda erishilgan barcha narsalarini bir tomonga surib qo‘ygan holda o‘z rivojlanishini umuman boshqa, tamomila yangi yo‘nalishda davom ettirgan holatlarga ham duch kelishimiz mumkin. oxirgi yillardagi Rossiyadagi voqelik rivojlanishning, odamlar faoliyatini tashkillashtirishning umuman yangi shakllariga yo‘naltiruvchi, ushbu uyushmaning avvalgi maqsadlaridan tamomila farq qiluvchi maqsadlarga erishishi, va ularning mohiyatini tubdan o‘zgartirib yuboruvchi qator ahamiyatli o‘zgarishlarga yo‘naltiruvchi andozalarining maqsadga muvofiqligini yorqin tasdiqlarini namoyon qilmoqda.
Tabiiyki, agar akmeologiya doimiy ravishda hal etishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalarni nazarda tutadigan bo‘lsak, ular faqatgina odamlarning individ, shaxs va faoliyat sub’ektlari sifatidagi odamlar (avvalambor, professionallar sifatidagi) “akme”sining aniqlanishi va tizimlashtirilishigagina bog‘liq bo‘lmaydi. Va ular insonlar o‘z rivojlanishi jarayonida faqat birgina “akme” darjasiga erishsalar yoki birinchi “akme” ortidan ularda boshqa “akme”lar vujudga kelganda harakatga keluvchi qonuniyatlardagi o‘xshash va farq iqluvchi holatlar aniqlanganda ham tugab qolmaydi. Akmeologiya tomonidan uyushmalar akmesining turlari va shakllarini aniqlash hamda uyushmalar tomonidan ularning “akme”siga erishishni belgilab beruvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarni o‘zaro ti’sirida kuzatib borish vazifalarini hal etishda ham xuddi shu kabi holatni kuzatish mumkin.
Agar akmeologiya o‘z izlanishlari maydonini odamlar va uyushmalarning rivojlanish va o‘z-o‘zini rivojlantirishlari optimumlari yoki avj nuqtalarining ta’riflarini ob’ektlashtirish va hatto ushbu optimumlar ortida turgan barcha determinantalar haqida еtarli darajada to‘liq bilimlarni to‘plash bilan cheklanib qolganida, u faqatgina ta’riflovchi va izohlovchi ilmiy fan maqomiga ega bo‘lgan bo‘lar edi. Biroq hozir mamnuniyat bilan aytish mumkinki, u shakllanishining dastlabki pallasidanoq sekin-astalik bilan bu kabi maqom chegarasidan chiqmoqda, va quruq nazariyabozlikdan qochgan holda, yuqorida qo‘yilgan savollarga javoblar topish topish barobarida ularni maqsadli ravishda ifodalaydi, tizimli ishlab chiqadi va doimiy ravishda amaliyotda samaradorlikka tekshiradi, so‘ngra faol tarzda yuqori darajadagi professionallarni shakllantirish va ularni faoliyatning boshqaruv va ta’lim, mamlakatni mudofaa qilish, tadbirkorlik va boshqalar kabi muhim sohalarida faoliyat yurtishga jalb qilish strategiyasi, taktikasi va texnikasini joriy qiladi.
Bir vaqtning o‘zida aynan shu kabi yaratuvchi-ijodiy jihatda u odamlarning o‘z ixtisosligiga ko‘ra farq qiluvchi katta va kichik uyushmalarining harakatlanishining umumiy metodologiyasini va loyihalashtirishni takomillashtirishning muayyan instrumentariysini, aniq tashkillashtirish va kelgusidagi samarador algoritmini belgilab beradi. Shunday qilib, shakllanib bo‘lgan akmeologiya mavjudligining nazariy-metodologik, tajribaga oid-empirik va amaliy-yo‘naltirilgan darajalari va uning keyingi rivojlanishi yagona ajralmas bir butunlikni tashkil etadi.



Yüklə 51,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin