II.4. Akmeologiyaning insonni anglash tizimi bilan o‘zaro munosabati Akmeologiyaning jamiyatshunoslik bilan o‘zaro aloqasidan farqli ravishda, uning inson haqidagi fanlar bilan o‘zaro munosabatini ifodalovchi asosiy toifasi ijod demakdir. Aynan shu toifa akmeologiya uchun asosiy hisoblangan hamda akmeologiyaning inson haqidagi yondash fanlar bilan o‘zaro munosabatida ochib berilgan mahorat, rivojlanish, iqtidor, qobiliyat, kreativlik, takomillashtirish, evristika, refleksika, tafakkur, shaxs, individuallik va qator boshqa tushunchalarni belgilab beradi.
Akmeologiyaning insonni anglash zamonaviy fanlari bilan aloqalari qanday? Insonni o‘rganuvchi (B.M.Kedrov, J.Piaje) zamonaviy fanlar tizimida unga eng yaqin bo‘lgan markaziy fan, tabiiyki psixologiya hisoblanadi. O‘z navbatida, fanning o‘zagi bo‘lgan zamonaviy psixologiya, umumiy psixologiya qalb va ruhiyat faqidagi fan sifatida turli psixologik fanlarning ko‘p tarmoqli va tabaqalangan tizimini ifodalaydi: fundamental fanlar (shaxs, uning psixikasi va tafakkuri, jarayonlari va holati, faoliyati va xulqi, rivojlanishi va ijodini o‘rganuvchi) kabi, amaliy fanlar – yoshga oid va pedagogik, ijtimoiy va muhandislik psixologiya, psixofiziologiya va patopsixologiya va h.k.
Albatta, turli bilimlar (umumiy psixologiyadagi kabi uning tadbiqiy sohalarida ham to‘plangan) doimiy ravishda muayyan akmeologik tadqiqotlar va ishlanmalarda insonning psixik imkoniyatlari haqidagi u yoki bu ma’lumotlar parchalari shaklida qo‘llanilib keladi. Biroq psixologiyaning insonning kasbiy mahorati shakllanishining akmeologik problematiskasi ishlanmalarining psixologik asosini tashkil etuvchi sohalari alohida e’tiborga molik. Ushbu nuqtai nazardan akmeologiya uchun psixologik bilimning “o‘zak tizimi” psixologiyaning differensial va yoshga oid, ijtimoiy va pedagogik kabi bo‘limlari, shuningdek, mehnat va ijod, faoliyat va tafakkur, anglash va refleksiya, tushunish va boshqaruv, muloqot va shaxs, kasbiy va individuallik kabi bo‘limlari hisoblanadi. Shaxsning o‘z-o‘zini kasbiy jihatdan namoyon qilishi hamda inson individualligini ijodiy jihatdan amalga oshirish uchun tabiiy maydon sifatida jamiyat, ya’ni odamlar dunyosi va ularning ijtimoiy tajribasi xizmat qiladi. Boshqaruv, ta’lim, fan, texnika va ijtimoiy tajribaning boshqa sohalaridagi ijodning shakllanishi ko‘p jihatdan kasbiy faoliyatning ob’ektiv ziddiyatlari kabi, uning kechish jarayonida yuzaga keladigan sub’ektiv nizolarni еngib o‘tish bilan ham bog‘liq. Shu sababli boshqaruv kadrlarini rivojlantirishning akmeologik texnologiyalarini ishlab chiqish sabablaridan biri akmeologiya va nizoshunoslikning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish hisoblanadi.
Nizoshunoslik (konfliktologiya) inson faoliyatining turli sohalaridagi ichki va shaxslararo nizolar rolini o‘rganish, shuningdek kasbiy ijodni rivojlantirish maqsadida ularni o‘zlashtirish usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Majmuaviy ilmiy-amaliy fan sifatida nizoshunoslik nisbatan yaqin kunlarda, qator gumanitar: sotsiologiya, siyosatshunoslik, huquq, pedagogika, psixiatriya, psixologiya fanlari to‘qnashuvida vujudga keldi. Nizoshunoslikning ahamiyatli xususiyati shundan iboratki, u turli ko‘rinishdagi nizoli vaziyatlardagi: milliatlararo va ijtimoiy nizolardan boshlab, guruhga oid va shaxsiy nizolar kabi nizoli vaziyatlarni va u qamrab olgan insonlarni o‘rganadi. Shubhasiz, kasbiy ijod problematikasi bilan bog‘liq ravishda bizni asosan shaxsiy va guruhga oid nizolar u yoki bu ijtimoiy jihatdan qiziqtiradi. Intra- va intersub’ektivlikni o‘rganishda vaziyatga oidlikka yo‘naltirilganlik nizoshunoslikning, inson hayot faoliyati nizolarini uning turmushining sinxronik jihatida o‘rganuvchi fan sifatidagi ontologik maqomini belgilab beradi. Va buni tushunish mumkin, chunki haqiqiy nizo har doim u yoki bu ko‘rinishda muayyan vaziyatga bog‘liq bo‘ladi, va ma’lum kishilar unda ishtirok etadilar. Ushbu ishtirok, garchi u u yoki bu muammoli-nizoli vaziyatning vujudga kelishi va hal etilishini belgilab beruvchi ko‘plab (jumladan chuqurlashtirilgan) omillarga bog‘liq bo‘lsa-da vaziyatga oid-sinxron tabiatga ega. Akmeologiya o‘z e’tiborini inson hayotining turli yoshga oid bosqichlarida uning kasbiy faoliyatining (ijodiy yutuqlar, ijtimoiy e’tirof, shaxsiy muvaffaqiyat va h.k.) samaradorligiga qaratgan holda uning mavjudligining diaxronik jihatini o‘rganadi. Uning vazifasi – o‘z-o‘zini takomillashtirish va hayot faoliyatini kasbiy mahoratning yuqori darajasiga qadar rivojlantirish vositalarini ishlab chiqarishdan iborat. Akmeologiya uchun asosiy bo‘lgan masalalardan biri insonning boshqaruv, fan va kashfiyotlar, tadbirkorlik, ta’lim va h.k. sohalarda kasbiy faoliyatning turli ko‘rinishlaridagi ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish muammosi hisoblanadi. Ushbu fundamental muammoni konseptual ravishda hal etish asosida quyidagi qator tadbiqiy vazifalarni amaliy jihatdan ishlab chiqish mumkin: iqtidorlilikni o‘rganish, ijodiy imkoniyatlarga ega kadrlarni tanlab olish, xodimlarning kasbiy mahoratini akmeologik darajaga qadar rivojlantirish maqsadida ijodiy kadrlarni o‘qitishning individuallash-tirilgan dasturlarini yaratish. Bu kabi konseptual asosni ishlab chiqishda akmeologik muammoga yoshga oid (pedologiyaga borib taqaluvchi) qoliplarga amal qilgan holda yondashishni еngib o‘tish zarur. Unga ko‘ra, kasbiy ijodning samaradorligi garchi ijtimoiy omillarga (ta’lim, karera va boshq.) bog‘liq bo‘lsa-da, insonning yoshga oid imkoniyatlarini ochib berishdan kelib chiqqan kumulyativ natija sifatida ta’riflanadi. Bunga sabab bo‘lib esa biz tomonimizdan taklif etilayotgan va unga ko‘ra akmeologiya insonning o‘z rivojlanishida ijodiy mahoratning optimal bosqichi va muayyan ijtimoiy e’tirofga erishuvchi, kasbiy faoliyatning (uning madaniyatshunoslik, sotsiologik, psixologik, fiziologik, genetik va boshqa deteminantlarni e’tiborga olgan holda) muvaffaqiyatiga olib keluvchi ijodiy imkoniyatlarining shakllanish jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan tizimli-funksional yondashuv xizmat qiladi.
Muvaffaqiyatning muhim psixologik xususiyati shundan iboratki, u bir tomondan doimo oshkora va aniq (va shu ma’noda vaziyatga oid), boshqa tomondan esa – sub’ekt faoliyatining uning ko‘plab determinantalarining o‘zaro munosabatlarida uzoq muddatli (ya’ni, diaxronik), nihoyatda ziddiyatli, nizoli rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Shunday qilib, ijodiy imkoniyatlarning rivojlanishini amalga oshiruvchi, ijodiy mahorat darajasiga ko‘tarilgan kasbiy muvaffaqiyat sifatidagi ijodiy “akme” konsepsiyasi, diaxronik akmeologiya va sinxronik nizoshunoslik o‘rtasidagi o‘zaro konseptual-uslubiy ta’sir asosida qurilishi zarur, chunki ular ijodning makro- va mikrojihatlarini o‘rgangan holda o‘zaro bir-birini to‘ldiradi. Nizoshunoslik ijodiy imkoniyatning mikrorivojlanishining muammoli-nizoli vaziyatlarini, akmeologiya esa – uning makrorivojlanishining jarayonlari va natijalarini o‘rganadi.Ijodiy faoliyatni tahlil qilish uchun sinxronika va diaxronika toiflarining tuzilishga oid ekanligi M.Baxtinning asarlarida ko‘rsatib o‘tilgan va zamonaviy refleksiv ijod psixologiyasida maxsus o‘rganilgan (I.N.Semenov, S.Yu.Stepanov, 1992). Uning doirasida ishlab chiqilgan muammoli-nizoli vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal etishning konseptual andozasi, ijodiy jihatdan muvaffaqiyatga erishishni innovatsion jarayonning sinxronik va diaxronik jihatlarining o‘zaro munosabatini e’tiborga olgan holda ta’riflash va o‘rganishning konstruktiv vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu andozaga ko‘ra, ijodiy faoliyat sub’ekti tafakkurining ikki xil mohiyati ajratib ko‘rsatiladi: intellektual (uning perdmetga oidligini namoyon qiluvchi, muammoli-nizoli vaziyatni va uni o‘zgartiruvchi jarayonlarni aks ettiruvchi) va shaxsiy (“Men” obrazini namoyon qiluvchi va ushbu vaziyatni еngib o‘tish jarayonida ochib beriluvchi va rivojlantiriluvchi), shuningdek, ularga muvofiq keluvchi ma’nolarni.
Agar intellektual ma’nolar faoliyat asoslarini anglashni ta’minlasa, shaxsga oid mohiyatlar – u sodir bo‘layotgan muammoli-nizoli vaziyatni qayta anglashni ta’minlaydi. Va bu bilan nafaqat amalga oshirilayotgan faoliyat, balki unda shakllanayotgan shaxs ham tahlil qilinadi, bu esa o‘z navbatida kasbiy mahoratning konstellyatsiyasini (vujudga kelishini ta’minlaydi). Ushbu konseptual andoza asosida eristik tahlil qilish, ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirishning, hal etish tajribasi muvofiq ravishda tahlil qilinsa ijodning diaxronik rivojlanishiga olib keluvchi, sinxronik tarzda yuzaga keluvchi muammoli-nizoli vaziyatlarni еngib o‘tish jarayonidagi kasbiy mahoratning akmeologik darajasiga erishishni ta’minlovchi samarali vositalarining ishlab chiqilishi. O‘rganilayotgan qarashlar tizimiga ko‘ra refleksiya (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) tafakkur stereotiplarini anglash va qayta tafakkur qilish va ularni tafakkurning yangi (kreativ-innovatsion) mohiyati hosil bo‘lgunga qadar evristik еngib o‘tishni ifodalaydi.
Insonning rivojlanish muammolari, mexanizmlari va usullarini o‘rganish doimo psixologik anglashning muhim jihatini tashkil etgan. Shu sababli rivojlanish psixologiyasining bilimlarning mustaqil sohasi sifatida ajratib ko‘rsatish birmuncha g‘ayrimantiqiy tabaitga ega. Haqiqatan ham, bir tomondan, umumiy psixologiyada o‘rganiladigan psixik vazifa va holatlar doimo jarayonlar sifatida ta’riflangan va umumiy psixologiya doirasida vaqtga oid istiqbolda va o‘sish sur’atiga ko‘ra, ya’ni mikrorivojlanish jihatida tadqiq qilingan. Boshqa tomondan esa, uzoq davrdan buyon (XX asrning boshlaridanoq) alohida soha sifatida ajralib chiqqan yoshga oid psixologiya makrorivojlanishni, ya’ni inson psixikasidagi uning hayoti davomida yuz beradigan yoshga oid o‘zgarishlarni o‘rganadi. Haqiqatan ham, bunda asosiy e’tibor doimo psixika genezisini o‘rganishga, ya’ni shaxsning psixik vazifalari, jarayonlari va xususiyatlarining asosan ularning katta yoshdagi holatiga qadar vujudga kelishi va shakllanishiga qaratilgan. Shu sababli yoshga oid psixologiyada uzoq vaqt davomida bolalik va o‘smirlikni o‘rganish problematikasi nisbatan kamroq o‘rganilgan еtuklik davri va ayniqsa qarilik davri muammolarini o‘rganishdan ustun turgan.
Bu esa o‘z navbatida XX asr boshlarida bola rivojlanishini psixologiya va unga yondash bo‘lgan inson haqidagi fanlar vositalari yordamida har tomonlama o‘rganuvchi kompleks fan sifatidagi pedologiyaning shakllanishida o‘z aksini topdi. Bu qanchalik mantiqqa zid bo‘lmasin, biroq qarilik haqidagi o‘xshash kompleks fan (gerontologiya) mustaqil fan sifatida akmeologiyadan ancha avval shakllanganligi ayni haqiqatdir. Akmeologiya ham shuningdek, rivojlanishni o‘rganuvchi fandir, biroq u insonning– yoshga oid, shaxsiy, ijtimoietuklik davri – va uning kasbiy mahorati va ijodini o‘rganuvchi fandir. Katta yoshli, ishlovchi insonning sotsiumning ijtimoiy jihatdan eng faol bo‘lgan elementi sifatidagi еtukligining aynan shu jihatlarini psixologik anglash jamiyatni, ularning pedologiya tomonidan o‘rganiladigan bolalikdagi ontogeneziga nisbatan eng kam darajada qiziqtirishi lozimdek ko‘rinadi. Biroq inson haqidagi fanlarning rivojlanish mantig‘i quyidagicha, XX asrning boshlarida psixologiyaning umumiy (maktabgacha va maktab ta’limi) ta’limning ijtimoiy amaliyotiga xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy buyurtmasini ta’minlovchi sohalari rivojlangan. Bu esa o‘z navbatida rivojlanish muammosini psixologik jihatdan o‘rganishda avval bolalar va pedagogik psixologiyaning rivojlanishi masalalari, undan so‘ng katta yoshlilar va kasbiy rivojlanish psixologiyasi masalalarining o‘rganilishiga olib keldi.
XX asrning oxiriga kelib umuman inson rivojlanishi psixologiyasiga va uning еtuklik davrini o‘rganishga bo‘lgan jumladan akmeolgiya tomonidan namoyon bo‘lgan qiziqishning vujudga kelishi nima bilan izohlanadi? Aynan shu davrga kelib boshqaruv, megedjment, ijtimoiy ish boshqaruv sohalarida akmeologiya tomonidan o‘rganiladigan yuqori darajadagi kasbiy mahorat va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan turli soha mutaxassislariga bo‘lgan ijtimoiy talab keskin muammo va talabga aylandi. Shu sababli bolalar tomonidan umumiy ta’limning o‘zigagina ega bo‘lishni ta’minlash еtarli emas: uni shuningdek kasbiy-boshlang‘ich ta’lim, ya’ni nafaqat yoshga oid va ta’limdagi rivojlanish sifatida, balki ijtimoiy va kasbiy rivojlanish sifatida ham shakllantirish lozim. Bundan tashqari, rivojlangan mamlaktlarda hayot kechirish yoshining o‘sib borayotganligi sababli qariyalarning mehnatga bo‘lgan talablari, manbalari, kasbiy va hayotiy tajribalaridan foydalanishning ijtimoiy buyurtmasi yuzaga keldi, va qarib borayotgan kishining nafaqadan keyingi kasbiy rivojlanishini o‘rganuvchi gerontologiyaga bo‘lgan qiziqish aynan shu holat bilan bog‘liq ravishda izohlanadi.
Shunday qilib, XX asrning oxirgi choragida insonning rivojlanishini yaxlit makrojarayon (bolalik, еtuklik, keksalik) sifatida psixologik jihatdan o‘rganishga bo‘lgan ijtimoiy buyurtma nafaqat ortib ketdi, balki buning uchun shu jarayonlarni o‘rganuvchi, psixologiyaga asoslangan majmuaviy fanlar –pedologiya, akmeologiya, gerontologiya fanlar shakllanishining yakuni ko‘rinishidagi qo‘shimcha ilmiy asoslar vujudga keldi. Bundan tashqari, XX asrning uchinchi choragida rejalashtirilgan insonning barcha yoshga oid bosqichlarda (bolalikda, o‘smirlikda, еtuklikda, keksalikda) ta’lim olishga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim bilan bog‘liq ravishda maktab ta’limiga xizmat ko‘rsatuvchi an’anaviy pedagogikadan tashqari, o‘smirlik haqidagi fan – yuvenologiyani rivojlantirish masalasini ilgari surish mumkin. Yuvenologiya insonni o‘smirlik davrida o‘zini shaxs sifatida anglashi va uning ijtimoiy yo‘naltirilgan tafakkurining shakllanishi jarayonidagi rivojlanishini, va o‘smir qiz va o‘g‘il bolalarning ijtimoiylashish va ta’lim olish jarayonlariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tadbiqiy fan – yuvenogogika fanini o‘rganadi. Yana katta yoshli kasbiy ta’lim oluvchilarning andragogikasining shakllanishini alohida ta’kidlash lozim. bunda keksa yoshdagi kishilarni keksalikka moslashishga o‘rgatuvchi va ularni keksayish jarayonida rivojlantirishga yo‘naltirilgan gerontogogikani yaratish masalasi yuzaga keladi. Va o‘z navbatida umummadaniy kabi maxsus professional ravishdagi uzluksiz ta’limning tobora kengayib borayotgan amaliyotini pedagogika, yuvenogogika, andragogika, gerontogogika bilan ilmiy ta’minlashning ijtimoiy talabi ham shuningdek, insonning bolalikdagi, o‘smirlikdagi, еtuklik va kesalik davridagi akmeologiya bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan hayot faoliyatining asosiy davrlarida sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlarni umumiy ravishda o‘rganuvchi rivojlanish psixologiyasini shakllantirish uchun qo‘shimcha tadbiqiy asoslarni vujudga keltiradi.
Shunday qilib, amalga oshirilgan tahlil akemeologiyaning inson aqidagi fanlar bilan chambarchas va ko‘p jihatli bog‘lanishlarini namoyon qildi. Ushbu bog‘lanishlar muayyan akmeologik tadqiqotlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Albatta, yondash fanlarda olingan bilimlar alohida akmeologik tadqiqotlar va ishlanmalarda ularning muayyan vazifalari va ushbu vazifalarni hal etishning konseptual-uslubiy vositalariga bog‘liq ravishda turlicha qo‘llaniladi. Bunda yondash fanlar bilimlari natijalarini u yoki bu akmeologik tadqiqotning natijaga oid asosiga ko‘chirilishi ularning predmetga oid-uslubiy jihatdan birlashtirilishining konstruktiv imkoniyatlari bilan belgilanadi. Ushbu imkoniyatlar ko‘p hollarda muayyan akmeologik tadqiqotni o‘tkazish asosida yotuvchi tadqiqot yondashuvining metodologik “vositalari”ga bog‘liq bo‘ladi. Yondash fanlarning to‘qnashuv imkoniyatlarini va akmeologiyaning inson aqidagi boshqa fanlar bilan aloqalarini amalga oshirish usullarini biz tomonimizdan taklif etilayotgan (I.N.Semyonov, 1993) kasbiy-ijodiy maoratni rvojlantirish muammosini talil qilishga refleksiv-akmeologik yondashuv misolida ko‘rib chiqamiz.
Akmeologik yondashuv bazaviy jihatlari sifatida yoshga, ta’limga, kasbga oid xususiyatlar ajratib ko‘rsatiladi. Ular bioijtimoiylikning dastlabki asosi sifatida sub’ektning o‘z kasbiy mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan faolligini namoyon qilish uchun ob’ektiv maydonni belgilab beradilar. Ushbu faollikda akmeologik imkoniyatlarni amalga oshirishning sub’ektiv maydonining quyidagi kelib chiqqan (bazaviy jihatlarga nisbatan) akmeologik jihatlari ajratib ko‘rsatiladi: kreativ, ekzistensial, kultural (madaniy). Akmeologik jihatlarning asosiylari kabi, ulardan kelib chiqqan barcha toifalariga oid tizimning o‘zaro ta’siriga nisbatan tizim hosil qiluvchi omil sifatida mahorat refleksivligi namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, akmeologiklikning ontologik o‘ziga xosligi inson mahoratining biologikligi, ijtimoiyliligi, faolligi va refleksivligi kabi toifaga oid klassifikatsiya qilinadigan mohiyatlarning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Ularning ustunligi esa, majmuaviy tabiatga ega bo‘lgan muayyan akmeologik tadqiqotlar vazifalari bilan belgilanadi. Shu sababli ushbu tadqiqotlar natijasida aniqlangan isbot va qonuniyatlar ham tizimli nuqtai nazardan asoslangan holda ta’riflanishi lozim. Bu esa o‘z navbatida faqatgina akmeologik tadqiqotlar natijasidagina, o‘rganilayotgan professionalda aynan qanday usutnlik mavjudligini aniqlash mumkin ekanligini anglatadi. Agar masalan, yoshga oid ustunlik mavjud bo‘lsa, bunda andragogik yoki gerontologik turga mansub rivojlanish kuzatiladimi yoki yo‘qmi. Bunda pedagogik va kasbiy jihatlarning solishtirma og‘irligi qanday va ushbu holatda samarasiz va samarali holatlar qanchalik ko‘p, mahoratning yuqori pillapoyalarini egallash va qolip andozalarni еngib o‘tishni ta’minlovchi kasbiy refleksiya qanchalik kuchli ekanligini aniqlash muhim. Kasbiy rivojlanish qanchalik ekzistensial-shaxsga oid rivojlanishga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi, yoki aksincha, shaxsiy rivojlanish faqatgina kasbiy rivojlanishning ikkinchi darajali mahsuloti hisoblanadimi, buni aniqlab olish juda muhim. Bu еrda turli birikuvlarni amalga oshirish mumkin, shu sababli tipologik yondashuv akmeologik tadqiqotlar va ishlanmalar uchun metodologik prinsip bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tamiz.