4-mavzu: Nizoli vaziyatlarda savodli xatti-harakat



Yüklə 23,79 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü23,79 Kb.
#210719
  1   2   3
8HyKBLwDSySD0w88nYs6jCTsoN1FQ9M3CxoyfUBK


4-mavzu: Nizoli vaziyatlarda savodli xatti-harakat
Reja:

  1. Nizoli vaziyatda o‘zini tutishning 5 turi va ularning ijobiy va salbiy tomonlari.

  2. O‘zaro foydali bo‘lgan qarorlar qabul qilish va nizolarni bartaraf qilish yo‘lidagi amaliy qadamlar.

  3. Nizolarni hal qilishda ayrim amaliy maslahatlar.



Nizoli vaziyatda o‘zini tutishning 5 turi va ularning ijobiy va salbiy tomonlari
Nizolarni bartaraf etishning shaxslararo munosabatlarga aloqador usullariga quyidagilar kiradi:

  • bosh tortish - nizoga nisbatan shunday reaksiyaki, bunda
    nizoga guvoh bo‘lganlar aslida uning mavjudligini tan
    odmaydilar, unga aralashishdan bosh tortadilar. Odatda bunday
    sharoitda raxbar yo ayni paytda vaqti yuqligini, imkoniyat
    yuqligini, nizoning sababi arzimas’h ekanligini vaj qilib,
    uni xal qilishga aralashishdan bosh tortadi. Yoki u vaziyat taqozosi
    bilan paydo bo‘lgan nizo vaqt o‘tishi bilan o‘z o‘zidan yechimini
    topadi, odamlar insofga kelib kolishiga umid kiladi;

  • tekislash - bu nizolashuvchi tomonlardan birini mavjud
    xolatga “ko‘ndirish”, moslashtirish va shu yo‘l bilan o‘zining ham
    muayyan manfaatlarini himoya qilishdir. “Mayli men yutqazsam
    xam, sening ishing bitib keta qolsin” degan naqlda nizoga
    aralashgan shaxs vaziyatni yumshatishga erishadi, go‘yoki “o‘zni qurbon
    kilib” bo‘lsa ham tomonlarning yarashib ketishi uchun barcha
    imkoniyatni yaratadi;

  • kompromiss — bu ochiq muloqot va vaziyatni, nizokashlarning
    hulk-atvori va fikrlarini muhokama qilish yo‘li bilan ikkala
    tomon uchun ham ma’kul bo‘lgan yechimni qidirishdir. Bu usulning
    samaradorligi shundaki, nizoga aralashgan shaxs ikkala tomonning
    ham aybini, ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ochiq, xolis
    o‘rtaga tashlaydi va eng ma’quli - har bir shaxs o‘z burch va
    mas’uliyatlarini taroziga solib olishlari ekanligini uqtiradi.
    Natijada ikkala tomonda hosil bo‘lgan tanglik ma’lum ma’noda
    yumshaydi va oqilona qarorlar kabul qilish imkoniyati tug‘iladi.
    Nizokashlar janjal bo‘lgandan ko‘ra yomon bo‘lsa ham bir qarorga
    kelinganligidan xursand bo‘lib, o‘z fikrlaridan ma’lum ma’noda
    qaytadilar, vaqt o‘tgach esa vaziyat umuman yumshab, tomonlar yarashib
    ketishi mumkin.

  • raqobat - odatda bir tomonning ikkinchisi ustidan ustun
    kelishi hisobiga boshqasining batamom yengilishini nazarda
    tutadi. Ya’ni, bunda “Men yutishim uchun sen mutloq yengilishing
    shart” degan tamoyil ustuvor bo‘ladi. Bunday usul albatta,
    psixologik nuqtai nazardan samarasiz va noto‘g‘ri bo‘lsa xam, ayrim
    holatlarda masalaning aynan shu tarzda yechilishi boshqalarning
    iqtidori yoki irodasining kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

  • xamkorlik - bu nizoni hal qilishning shunday usuliki,
    bunda ikkala tomonning shaxsiy manfaatlari nizoni keltirib
    chiqaran muammodan ustun qo‘yiladi. Bunday holatlarda nizokashlar bir tomon manfaatining inobatga olinmasligi, ikkinchi
    tomonning boshka manfaatini yerga urishini tushungani uchun ham
    murosa yo‘li tug‘ri ekanligi, yaxshisi mavjud muammmoni yechishga
    teng kirishish lozimligi fikriga kelib to‘xtaydilar.


Yüklə 23,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin