1. Nutq ob`ektivliligi jarayonida sub`ektiv sistematizatsiyalanadi
2. Kreativlik badiiy va oddiy nutq bilan tavsiflanadi.
3. Monologik va yozma nutq muallifning sub`ektivliligini bildiradi, maktab
inshosi – psixodiagnostik tahlilning ob`ekti hisoblanadi. Uning yordamida shaxsning shaxsiy sifatlarini aniqlash mumkin.
4. Nutqdagi kreativlik erkinlik asosida amalga oshirilib, uning erkinligi til va nutq qonuniyatlariga amal qilgan bo`lsa da cheksizdir
5. Matnni tuzishda ongli va ongsiz jarayonlar amalga oshiriladi; Ongli – ya`ni
bunda matnning semantik o`ziga xosligi, ikkinchi holatda esa – sintaksislik (shaklni).
6. Matnda shaxs bir butun holatda namoyon bo`ladi; matnning barcha
elementlari va uning arxitektonikasi muallifning shaxsiy o`ziga xosligida
reprezentatsiyalanadi
7. Sistemani tashil etuvchi shaxsning sifatlari shaxsiy ma`noga ega bo`ladi.
8. Kreativlik til vositasida shaxsiy ma`no va mazmunni amalga oshirishni ifoda
etish jarayonida ko`rinadi
MAVZU: ZAMONAVIY TA`LIM-TARBIYA TIZIMINI TASHKIL ETISHDA SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA`LIM TURLARI, INNOVATSION TA`LIM SHAKLLARI, METOD VA VOSITALARI Ta'lim texnologiyasi – o’quv mashg’ulotlarida ko’rsatilgan barcha bilish jarayonlarini amalga oshirib, pirovard natijada barcha faoliyat turlarini to’liq o’zlashtirishga yordam beradi. Bunday darslarda dars qismlarining ichki aloqasi: maqsad, mazmun va ish usuli bilan amalga oshiriladigan ta'lim, mumtoz tizimning bosqichlari saqlanib qoladi. Ya'ni, uy vazifalarini tekshirish, uning asosida yangi bilimlar, malaka va aqliy faoliyatning turlarini egallash bosqichlari, shuningdek mustahkamlash va mustaqil ishlash, darsni umumlashtirish va uy vazifasini tushuntirish singarilar yotadi.