Mavzu. Pеdаgоgik fikr tаrixi vа mаktаb аmаliyotidа o‘qituvchi mаhоrаti mаsаlаlаri. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari. Reja


Bu maqsad bo`lajak o'qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi



Yüklə 90,1 Kb.
səhifə2/12
tarix16.12.2023
ölçüsü90,1 Kb.
#181536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu. Pеdаgоgik fikr tаrixi vа mаktаb аmаliyotidа o‘qituvchi mа

Bu maqsad bo`lajak o'qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi:
1. Bo'lajak o'qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va metodologik asoslari bilan qurollantiriladilar.
2. Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, ta'lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texnologiyasi, pedagogik ijodkorlik, Yefleksiya kabi tarkibiy qismlari to'g'risidagi bilimlar tizimini egallaydilar.
3. Bo'lajak o`qituvchilar milliy urf-odat va an'analarimizda va O`rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o`zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar.
4. Egallangan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko'nikma va malakalar to'g'risidagi ma'lumotlar asosida har bir bo'lajak o'qituvchi o'zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakilantiradi.
5. O'quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so`nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o`zlashtiradilar.
6. O'qituvchilar o`z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy-ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar.
7. Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to`g`risida o'qituvchilar uzluksiz ma'lumotlarni o'rganib boradilar.
8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalanish asosida o'z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar.
Bu maqsad va vazifalarning hal etilishi o'qituvchilar va tarbiyachilarni zamon bilan harnnafas bo`lishga, yoshlami tarbiyalash dardi bilan yashash va kelajakni aniq ko'ra olishga o'rgatadi. Har bir o'qituvchi shaxsida mamlakatimizning dolzarb muammolarini, maqsad va vazifalarini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi uchun shijoat bilan o'z imkoniyati, bilimi, tajribalarini ishga solishga o`rgatadi hamda pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish malakalariga ega bo`lishni tarbiyalaydi.
Xo'sh pedagogik mahoratning o'zi nima? Unga hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan quyidagicha ta'rif beriladi:
Pedagogik mahorat - o`qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyatt va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib, o`qituvchilarning ta 'lim-tarbiyaviy faoliyatida jncqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi faoliyatdir. U o‘z fanini mukammal bilgan, pedagagik psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo‘lgan, o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir o`qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo`lish uchun o`qituvchi o'z o'quv predmetini davr talablari asosida bilishi pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo'lishi, hamda insoniylik, izlanuvchanlik va fidoyilikni o'zida tarkib toptirishi lozim. I.P. Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san'atning bir qismi sifatida ta'riflab, shunday yozadi: "Pedagogik mahorat deganda o'qituvchining pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko`nikmalarni mukammal egallashi, o`z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyasi, hayotga axloqiy-estetik munosabatda bo'lishi, o`z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat'iy irodasi tushuniladi". Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, quyidagi to'rtta komponent pedagogik mahoratning asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi:

Shuni alohida qayd etib o'tish zarurki, o`qituvchilik kasbi murakkab va mas'uliyatli jarayondan iborat. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, o'qituvchi doimo ongning yagona sohibi bo`lmish insonning ta'Iim-tarbiyasi bilan shug'ullanib, u bilan muloqot olib boradi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo'ladi. Shu sababli, bo'lajak o'qituvchilar tarbiyalanuvchi bilan douniy muloqotda bo'lishi, unga ta'sir ko'rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya va tarbiya nazariyasini mukammal o'rganib, o`z kas5biy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishi kerak.


O`qituvchilarning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon-e'tiqodi, dunyoqarashining kengligi, faolligi, odob-axloqi, fuqarolik burchini his qilishi, ma'naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat'iyligi va o`z maqsadlariga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablariga o'z flkr-mulohazasi bilan faol ishtirok etishi kiradi.
O`qituvchilarning kasbiy xususiyatlariga: o'z kasbini, bolalarni sevishi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik nazokati, tasavvuri, qobiliyati, tashkilotchiligi, notiqlik madaniyati, chuqur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma'naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo'llay olishi, kasbiy ma'lumotni muntazam oshirishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi.
O`qituvchilarning kasbiy pedagogik tayvorgarligi shartli ravishda quyidagi yo`nalishlarda olib boriladi: '
1) O`qituvchining shaxsiy fazilatlar bo'yicha tayyorgarligi.
2) O'qituvchining ruhiy - psixologik tayyorgarligi.
3) O'qituvchining ijtimoiy - pedagogik va ilmiy - nazariy jihatdan tayyorgarligi.
4) O'qituvchining maxsus va ixtisoslikka old uslubiy bilimlarlii egallab borishi.
Yana ta'kidlash joizki, pedagogik mahorat o`qituvchilar hamda tarbiyachilar shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig`indisi bo`lib, o'qituvchi mahoratini shakllantirishni ta'minlovchi omillarni, pedagogik-psixologik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim. Yuksak pedagogik mahoratni shakilantirishni ta'minlovchi omillar quyidagilar:
a) ixtisoslik bo`yicha o'quv predmetini, zamon, ilm-fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o'quv fanlari bilan o'zaro aloqadorligini ta'minlash malakasiga ega bo`lishi;
b) ta'lim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini obyektiv nazorat qilishi va baholashi;
v) ta'lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o'z faoliyatini tashkil etishi;
g) o'quv - tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik-psixologik va metodik ma'lurrlotlarga ega bo'lishi;
d) fanlarni o'qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi;
e) jamoani ko`ra bilish, o`quvchilarning qiziqishlari, intilishlati, ularning hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklami tushunish va hamdard bo'la olish, o'z vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolarning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqiyatli ta'sir ko'rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo'lishi;
j) o'z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo`lishi.
O`qituvchining pedagogik mahorati pedagogika oliy ta'lim muassasalarida shakllanib boradi. Yuksak saviyali pedagogik kadrlar tayyorlashga nisbatan talablar, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, o'z kasbi bilan uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan o'qituvchining shakllanishi, bo`lajak o'qituvchi umummilliy mavqeining o'sib borishini ta'minlaydi.



Yüklə 90,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin