Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamazshariy (1075-1144) jahon ilm-fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo'shgan mashhur ohm va adibdir. U o'z asarlarida halollik va pokizalikni, ilmga muhabbatni, mardlik va olijanoblikni ulug`laydi. Ulug' mutafakkir "Navobig` ulkalim" ("Nozik iboralar') asarida kishilar ilmli bo'lish, o'qitish, yozish bilan hosilu mukammal . bo'ladi, ohm kishi oqil, bilimdon va chiroyli xushxat yozuvga ega bo`lsa, bu uning kamolotga yetganligidan dalolatdir, deydi. Asarda mudarrislar to'g'risida noyob fikrlar bildirilgan: "Murabbiy b`qib tursagina murabbiy bola oladi, agar o`qishni to xtatib qo :yar ekan, unda murabbiylik o'.?adi " 8 Shayz Muslihiddin Sa'diy SheroziyXIII asrda Eronda yashab ijod qilgan yirik shoir va mutafakkirdir. U faylasuf-shoir bo'lishi bilan birga tajribali murabbiy ham bo`Igan. Shoir "Guliston" asarida o'z davri mudarrislarini turli toifaga bo'lib, ulami ta'riflaydi. Qattiqqo`1 o`qituvchilarni "..basharasi tirishgan, till zahar, yomon xulqli, odamlarni ranjitadigan, gadoy tabiatlik, ochko'z, uni ko'rishi bilan shogirdlarining kayfiyati uchar" shogirdlar undan bilim va tarbiya ololmaydilar. Yana bir toifadagi o'qituvchilar "...soddq yaxshi va yumshoq ko‘ngilli odam. Unar-unmasga so‘zlamas edi va bolalarni ranjitadigan so‘zlar og'zidan chiqmas edi. Uning farishtadek axloqliligi va mehribonligini ko‘rgan bolalar murabbiyni mensimay qo ~vdilar. Uning ywmshoq tabiatlik ekanligini bilishib, ilmni ham o`rganmaydilar. Alqissa bolalar o yin va to polonga berilib vaqtni bekorga o`ikazdilar ". Bayt: Ustod muallim bo'lsa beozor, Go'dak eli bozorda xarsang o'ynar.
Bu holatga Shayx Sa'diy Sheroziy ikki xil ta'rif beradi. Birinchidan, Sa'diy yashagan davrda ham, undan keyingi davrlarda ham maktabda o`quvchilarni qattiqqo`llik bilan o`qitganlar. Ikkinchidan, Shayx Sa'diy bu holatni o'z ko'zi bilan ko'rgan va qattiqqo`1 o`qituvchiga nisbatan norozilik bildirmagan, ilm va tarbiya berishda qattiqqo`llikni afzal ko'rgan: "jabr ustod boz mehr padar" deb ta'ladlaydi, ya'ni o`qituvchining jabri va jazosi ota mehridan ham afzalligini aytadi.
Buyuk mutafakkir Abdurahmon JomiyXV asrda yashab ijod qilgan. U o'z asarlarida insonning yuksak axloqiy hislatlarini, go'zal faalatlarini kuylaydi. «Iskandar xirodnomasi" asarida muallinilar to'g'risida noyob fikrlami bildirgan: "muallim aqlli, adolatli, o'zida barcha yuksak fazilatlami mujassamlashtirgan_bo`lishi kerak. O;zini nomunosib tutgan murabbiy hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi". Shoir muallimning hayotdagi o`mini quyidagi baytida bayon qiladi:
Ustod, muallimsiz qolganda zamon, Nodonlikdan qora bo'lurdi jahon.