Mavzu. Pеdаgоgik fikr tаrixi vа mаktаb аmаliyotidа o‘qituvchi mа
Kamollddin Husayn Voiz al-Koshifly (1440-1505) "Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati" asarida ustoz-shogird munosabatlariga keng to'xtalgan. U muallimlarning shogirdlariga beradigan har bir o'gitini qadrlaydi. "Maraka joylarida" (dars-ma'ruza o'qiladigan joy) shogirdlar muallimning har bir so'zini e'tibor bilan tinglashini va unga aural qilishini ta'kidlaydi. Jumladan, allomaa shunday yozadi:’Agar shogtrdlikning binosi nimarning ustiga quriladi, deb so‘rasalar, irodat ustiga, deb javob bergin. Agar irodat nima deb so‘rasalar, samo va toatdir, deb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir deb so‘rasalar nimani ustoz aytsa, uni jon qulog’i bilan eshitish, chin ko‘ngli Man qabul qilish va vujud a zolari orgali amalga ado etishdir deb ayt ". Husayn Koshifiy asarida shogirdlikning 8 to odobini ko'rsatib o`tadi:
-m birinclu bo'lib salom berish;
~ ustozning oldida kam gapirish;
~ boshni oldinga egib turish;
~ ko'zni har tomonga yugurtirmaslik;
~ gap so'ramoqchi bo'lsa, avval ustozdan ijozat so'rash; ~ ustoz javobiga e'tiroz bildinmaslik;
~ ustoz oldida boshgalarni g`iybat qilmaslik;
o'tirib turishda hurmat saglash.
Husayn Koshifly ustozlik shartlarini ham bayou qiladi: "Bilgilkim hech bir ish ustozsiz amalga oshmaydi va ktmki ustozsiz bir ishni gilur ersa, ul ishning asosi mustahkam bo'lmaydi. Kimki, ustozsiz ish boshlagan ho‘Isa, ishi va amali samara qozonmaydi, ustozning etagini tutib shod bo‘l, bir muddat ustozga xizmat gilginda, so‘ngra o'zing ustoz bo‘l. ...Agar ustoz tarbiyasini olgan komil inson kim deb so'rasalar, u pok mazhabli o‘z aybini ko‘radigan, dono va tamizli kishidir deb aytgil. Unda hasad, gina va bazillikdan asar bo'Imaydi ". Husayn Koshifiy bola tarbiyasida maktab va muallimniig alohida roli borligi haqida gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli bo'lishi zarur, deb hisoblaydi. Alloma murabbiylar to'g'risida yana bir asari «Axlogi Muhsiniy»da shunday yozadi: Murabbiy (bolaga) nasihat va ta'lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida unga pand berish yaramaydi, balki xilvat joyda bolaga gapirish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati kelganini bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfe'1 bo'lish maqsadga muvofrgdir». Sharq allomalari adabiy meroslarida ta'kidlangan, o'qituvchilar haqida bildirilgan dono fikrlami yoshidan, pedagogik mahoratidan, qanday darn berishidan qat'iy nazar barcha o'qituvchilar bilishlari va ularga qat'iy aural qilishlari maqsadga muvofiqdir.