3.Tarbiya prinsiplari. Unga qo‘yiladigan talablar tavsifi.
Tarbiya prinsiplari - bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishi, mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllariga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga ko‘yiladigan asosiy talablarni ifodalaydigan dastlabki koidalardir.
Ular:
1.Tarbiyaning turmush, ijtimoiy xayot bilan boglab olib borish prinsipi.
2.Mexnat yordamida, ijtimoiy foydali faoliyat jarayonida
tarbiyalash prinsipi.
Z.Shaxsni jamoada, jamoa uchun va jamoa yordamida tarbiyalash
prinsipi.
4.Tarbiyada o‘kuvchi xulkidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xususiyatlariga bardosh berish prinsipi.
5.Tarbiyada o‘kuvchi shaxsini xurmat qilish va talabchanlik prinsipi.
6.O‘quvchilarni tarbiyalashda ularning yosh va individual xususiyatlarni xisobga olish prinsipi.
7.Tarbiyaviy ta’sirlarni muntazam olib borish va ketma - ketligi prinsipi.
Endi tarbiya prinsiplarining mazmunini taxlil qilishga o‘tamiz.
Tarbiyani turmushning ijtimoiy xayoti bilan boglab olib borish prinsipi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib ulgayishiga va shaxsining shakllanishiga xayot va jamiyat katta ta’sir etadi. Bu bir tomondan bo‘lsa, ikkinchi tomondan bolalarni tarbiyalashdan maksad uni turmush uchun, ijtimoiy - iktisodiy xayot uchun tayyorlashdir. Shunday ekan, maktab va tarbiya muassasalarida olib boriladigan ta’lim va tarbiya ishlari turmush bilan mustaxkam boglangan bo‘lishi kerak. Tarbiyaning bu prinsipi o‘tmish avlodlarning ko‘rsatmalaridan kelib chikadi: «Agar ta’lim - tarbiya va bilim berish fakat maktab, madrasa doirasidagina olib borilib, mavj urib turgan turmushdan ajralib kolganda edi, biz ularga ishonmas edik» deb yozgan buyuk mutaffakkirlardan biri.
1.O‘quvchilarni xayot bilan tanishtirish yo‘llari va shakllari xilma - xildir. Avvalo o‘kuvchilarni mamlakatimizda va chet ellarda ro‘y berayotgan ijtimoiy - siyosiy va iktisodiy vokealar bilan muntazam ravishda tanishtirish zarur. O‘kuvchilar orasida siyosiy axborotlar o‘tkazish, gazeta materiallari bilan tanishtirishni yo‘lga ko‘yish, radio eshittirishlari, teleko‘rsatuvlaridan foydalanish lozim.
2. Mehnat yordamida, ijtimoiy foydali faoliyat jarayoniga tayyorlash
prinsipi.
Mexnatning tarbiyaviy ta’sir kuchi goyat kattadir. Mexnatda ishtirok etish va unumli mexnat qilish bilan shaxs o‘z kobiliyati va iktidorini namoyon kiladi va kamolga yetadi. Demak mexnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir.
O‘quv faoliyati va ijtimoiy foydali mexnat o‘kuvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi. Bu ikki faoliyatning ko‘shiluvi bolani aktivlashtiradi, tashabbuskor kiladi va xukuk birligini ta’minlaydi.
Mexnatda va mexnat orkali tarbiyalash prinsipi o‘kuvchilarning psixologik va yosh xususiyatlarni xisobga olishga asoslangan bo‘lishi kerak.
Yoshlar serharakat bo‘ladilar va faoliyatga intiladilar. Ular o‘z kuch va kuvvatlarini turli mashgulotlarga, avvalo mexnatga sarf kiladilar. Passivlik, sustkashlik, ishsiz o‘tirish o‘kuvchi tabiati uchun yoddir. Mexnatda insonning kuchi, imkoniyati, xarakteri, o‘z bilimini amalda ishlatish ko‘nikmasi ro‘yobga chikadi va rivojlanadi.
3. Shaxsni jamoada, jamoa uchun va jamoa yordamida tarbiyalash
prinsipi.To‘gri tashkil etilgan jamoa odamlarning kobiliyat va iste’dodning rivojlanishi uchun keng yo‘l ochib beradi. Fakat jamoagina xar tomonlama rivojlanish uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. O‘z manfaatini jamiyat manfaati bilan ko‘sha bilish, bir - biriga o‘zaro yordam berish kabi kimmatli fazilatlar avvalo jamoda tarbiyalanadi va mustaxkamlanadi. O‘kuvchilar jamoasida xar bir shaxsning kamolga yetishi uchun xamda gurux, umuman kollejda do‘stlik alokasini mustaxkamlash uchun juda yaxshi sharoit vujudga keladi.
O‘qituvchi va tarbiyachi o‘zining tarbiyaviy ishlarida xamma vakt o‘kuvchilar jamoasiga va ular orasida faol o‘kuvchilarga tayanmogi, o‘kuvchilarni jamoa bo‘lib turli ishlarni bajarishga odatlantirilib jamoda yashash va ishlashga o‘rgatib borish lozim.
4.Tarbiyada o‘kuvchi shaxsini xurmat qilish va talabchanlik prinsipi.
Bolalarni tarbiyalashda akl bilan ish ko‘radigan moxir pedagoglar
tarbiyalaridagi bolalarning shaxsiy fazilatlarini juda yaxshi biladilar va bundan keyin uning xakida nimalarga erishmokchi ekanliklarini anik tasavvur ztadilar.
Ba’zi murabbiylar, o‘kituvchilar va sho‘x bolalarning salbiy xislatlariga ortikcha urgu berib, katta xatoga yo‘l ko‘yadilar. Bolalarning zaif tomonlari va nuksonlari doim tankid kilinaversa, bolaning o‘ziga ishonchi yo‘koladi, umidsizlikka tushadi. Ayni chogda unda o‘kituvchi va tarbiyachiga nisbatan kandaydir bir nafrat xissi paydo bo‘ladi. O‘kuvchilardagi nuksonlar, xato va kamchiliklarni tuyadek bo‘rttirib, ularning yaxshi fazilatlarni kadrlamaydigan murabbiy va o‘qituvchilar katta xatoga yo‘l qo‘yadilar.
5.O‘quvchilarni tarbiyalashda ularning yosh va individual xususiyatlar
xisobga olish prinsipi.Bolalarning yoshi ulgaygan sari ularga talab xam orta boradi. Shu tufayli o‘rta va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mustakilligiga suyanib ish ko‘rish yaxshi
Tarbiya jarayonining moxiyati shu jarayon uchun xarakterli bo‘lgan muayyan konuniyatlarda namoyon bo‘ladigan ichki axlok va munosabatlarni aks ettirishidir.
Milliy pedagogika o‘kituvchi, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilarning anik bir maksadga karatilgan o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi ekanligini ta’kidlaydi. Zero, tarbiya mukammal shaxsni kuvvatini, kobiliyatlarini, mafkuraviy, ma’naviy -madaniy sifatlarini, ongi va axlokini shakllantirishni nazarda tutadi.
Tarbiya jarayonida kishining turli kobiliyatlari rivojlanadi, xarakter xislatlari, goyaviy - axlokiy, irodaviy, estetik, sifatlari shallanadi, olamga, tabiatga, jamiyatga ilmiy karashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy, akliy, kuchlar mustaxkamlanadi, xarakat sifatlari va ko‘nikmalari rivojlanadi. Xar tomonlama garmonik rivojlangan barkamol inson tarbiyasi uchun imkon yaratiladi.
Tabiat yoki jamiyatdagi xar kanday murakkab xodisa obyektiv ravishda mavjud bo‘ladigan alokalar kuzatiladi. Bu alokalar konuniyat deb ataladi. Bu konuniyat tarbiya jarayonida xam mavjud bo‘lib, u birinchi tomondan ijtimoiy xodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan boglik.
Tarbiya printsiplari deb, tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini o’zida aks ettiruvchi, tarbiyachi tarbiyaviy ishda amal qilishi zarur bo’lgan asosiy qoidalarga aytiladi. Printsip so’zi lotincha bo’lib, asos, hatti-harakatning asosiy qoidasi, yetakchi g’oya, talab ma‘nolarini anglatadi. Tarbiya printsip-lari bu tarbiya jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir.
Tarbiya printsiplari Sharq va Markaziy Osiyoning faylasuflari, donishmandlar, pedagoglarning fikrlari, milliy pedagogika erishgan yutuq-larga asoslanadi.
Tarbiya printsiplari quyidagilar:
- tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyaning hayot bilan bog’liqligi;
- shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash printsipi;
- tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik prin-tsipi;
- tarbiyada o`quvchilarningyoshi va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish printsipi;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi, tizimliligi, hamda birligi printsipi.
Tarbiya g’oyat murakkab jarayon bo’lib, har davrning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotini o’zida aks ettiradi.
Uning vosita omillari asrlar davomida shakllanib, takomillashadi. Tarbiyada har bir xalqning o’z udumi, tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi, tarbiya vositalari bo’ladi. Shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.
Mustaqil O`zbekiston sobit qadamlar bilan o’z taraqqiyoti yo’lidan bormoqda. Bu yo’l milliy xususiyatlar, qadriyatlarni tiklash, saqlash, rivojlantirish, milliy g’ururimizni uyg’otish, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan mafkura negizida kamolatga erishish yo’lidir. Bu esa milliy ong, g’urur, milliy odob, milliy etiqod, iymon-diyonat kabi fazilatlarni yosh avlodning shaxsiy sifatlariga aylantirishni dolzarb vazifa qilib qo’ydi.
Shu tariqa yuqoridagi fazilatlarni shakllantirishni o’z ichiga oluvchi yangi pedagogik yo’nalish yuzaga keldi. Milliy tarbiya-O`zbekiston milliy mustaqilligining pedagogik maqsadi va shartidir.
Milliy tarbiya O`zbekiston davlat mustaqilligini mustahkamlash va amalga oshirishga tayyor shaxslarni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi. Milliy tarbiya nima? Milliy tarbiya bu har bir xalqning o’z milliy madaniyati, tili, tarixi, urf-odatlari, an‘analari, hayot tarzi asosida tarbiyalashdir.O`zbekiston maktablari o`quvchilarini milliy tarbiyalash mezonlari mustaqillik tufayli dolzarb ahamiyat kasb etgan, shaxsning milliyligiga aloqador bo’lgan fazilatlarni singdirish tamoyillaridan kelib chiqadi.Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O`zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bo’lgan ijobiy sifatlar:
Xulosa
Tarbiya - har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo’ysunish va o’zgalarning nafratini qo’zg’atadigan hatti harakatlardan o’zini tiya bilish.
Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy rol o’ynasada, nasl - nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo’lish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to’g’rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do’stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go’zallikka intilish kabilardir.
Istiqlol sharofati bilan ko’plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari surilgan adolat to’g’risidagi g’oyalar atroflicha o’rganish zamon talabi bo’lib qolmoqda. Ayniqsa , O’zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, sotsiomadaniy darajasi rivojlangan, amaliy ko’nikma-malakalarni egallagan, raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat to’g’risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda mutaxassis bo’lib yetishuvchi kadrlar, bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to’g’ri baholay oladigan, chuqur huquqiy bilimlarga ega, ijtimoiy hayot sohalari ichki qonuniyatlari to’g’risidagi tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijtimoiy sohadagi islohatlar, ahloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e’tibor berishlari lozim.
Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida asosiy bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Hayotda adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy-ruhiy jarayondir. Ma’lumki, inson jamiyatda erishishi mumkin bo’lgan narsalar-mulk, daromad, ijtimoiy maqom, hokimiyat, huquqlar insonlararo munosabatlaridagi adolatga bog’liq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.“2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatalar strategiyasi”. –T.: “Adolat”, 2017 y.
2..Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017 y. – 491 b.
3.Abdullayeva Sh., Asqarov A. Umumiy pedagogika. Nopedagogik oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. -T: Fan va axborot texnologiyalari, 2019. -280 b.
Internet saytlari
1. www.Ziyonet.uz
2.www.edu.uz
Dostları ilə paylaş: |