Mavzu pedagogik mahorat haqida tushuncha. Fanining asosiy vazif-fayllar.org
Mavzu: pedagogik mahorat haqida tushuncha. Fanining asosiy vazifalari va tarkibiy qismlari
MAVZU: PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA. FANINING ASOSIY VAZIFALARI VA TARKIBIY QISMLARI. Reja:
Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik mahorat predmetining o'rganish ob'ekti va predmeti.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari.
Pedagogik mahoratning mazmuni va maqsadi.
Pedagogik mahoratga erishish yo'llari (o'qituvchi rahbarligida mashg’ulotlar, mustaqil ishlash, ilg’or tajribani o'rganish).
5. Pedagogik vaziyatlar va aktyorlik san'ati. Pedagogik mahoratni belgilovchi omillar.
Agarda pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qaralsa, u holda birinchi o’ringa uning integral sifati – o’qituvchining mahoratidan iborat bo’ladi. Pedagogik mahoratga berilgan ta'riflar shuncha ko’p bo’lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir tomonlari albatta ifodalanadi.
Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis.
Pedagogik nazariyada o’qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bogliq bo’lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o’rin tutadi.
Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. “Men faqat «buyoqqa kel»ni 15-20 xilda gapira olganimdan, aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko’rinishda bera olganimdan sunggina xakikiy masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko.
Pedogogik mahorat – shaxsning pedagogik sifatlari majmui va o’qituvchi tomonidan kasbiy pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda samarali tashkil etishni ta'minlash bo'lib, u pedagogning faoliyat mohirligini eng yuqori choq-isiga erishganligini bildiradi.
O’qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir o’qituvchining muhim hayotiy o'rni, uning o'z ishining ustasi bo'lishdir.
O’qituvchi mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. O’qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari va uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo'ladi.
Biroq mahorat — bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada Usta bo'lishi mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chohidagina go'zaldir.
Pedagogik mahoratga etishish o’qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi.
Pedagogik mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
«Pedagogik mahorat» bir kategoriya sifatida o'zining ilmiy asoslariga ega. Turli tadqiqotchilar ishlarida ayni bir hodisani tavsiflash uchun turlicha tushunchalardan foydalanish boshqacha ma'no va mazmun tomonlariga ega.
Turli muallif asarlarida pedagogik mahoratning yagona, tan olingan ta'rifining yo'qligi uni tadqiqotning jonli jarayoni deb xulosa chiqarishga asos bo'ladi.
Tushunchalar, fikrlaming turli-tumanligi bu hodisaning murakkabligi va ko'p qirraliligidan dalolat beradi. Barcha ta'riflarda urg’u shaxsga beriladi va shu tariqa ular pedagogik mahoratning sotsial mohiyatini aks ettiradi.
I.A.Zyazyun va NA.Lebedniklar shaxsning sotsial etukligi va kasbiy mahoratining o'zaro bog’liqligini isbotlab berdilar.
Mahorat talabalar tomonidan ularning sotsial etuklikka erishish darajasiga qarab bosqichma-bosqich egallanadi. Sotsial etuklik komponentlari pedagogik mahorat komponenti bilan quyidagi nisbatda bo'ladi.
Bo'lg’usi pedagogning sotsial etuklik komponentlariga ushbular kiradi:
sotsial o'z-co'zini belgilash - o'zining pedagogik qobiliyatlari va e'tiqodini namoyon qilish;
sotsial faollik — odamlar bilan ishlay qilish va boshqalarni tarbiyalash tajribasini takomillashtirish;
sotsial masuliyat - o’qituvchining bilimdonligiga aylanadigan bilimlar.
Pedagogik mahorat asoslariga: kasbiy pedagogik bilimlar, insonparvarlikka yo'nalganlik, pedagogik texnika, kasbiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish tajribasi, pedagog shaxsi taalluqlidir.
Mahoratning shakllanish bosqichlariga:
reproduktivlik (boshlang’ich),
ijodiylik, ijodiy-novatorlik kiradi.
Pedagogik mahorat darajalari o’qituvchi ish darajasining davomi hisoblanadi:
reproduktiv (o'ta past);
moslashuvchan (past);
lokal (chegaralangan)- modellashtirish (o'rtacha qoniqarli).
Pedagogik mahorat komponentlari kasbiy faoliyatga kasbiy vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan malaka nuqtai nazardagi qarashlarni aks ettiradi.
Pedagogik mahorat komponentlarini hosil qiladigan quyidagi malaka guruhlari farqlanadi:
loyihalash;
konstruktsiyalash;
tashkilotchilik;
muloqot;
bilish va reflektivlik.
Keyingi yillarda pedagogik mahorat kategoriyasiga nisbatan yangicha qarashlar paydo bo'ldi. Pedagogik mahoratning an'anaviy izohlaridan bir qadar chekinish ham yuz berdi (I.A.Zyazyun, N.V.Kuzmina, VASIastenin).
Pedagog tadqiqotchilarning Sankt-Peterburg maktabi, pedagogik mahoratni kishining alohida holati - ya'ni uning kasbiy mashg’uloti keng ma'noda kishilar bilan ishlashning o'ziga xos sohasi bo'lgan pedagogika hisoblanadi, deb tavsiflaydi.
Pedagogik mahoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir.
Pedagogik bilimdonlik, deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me'yorlar (normalar), standartlar va talablarga muvofiq pedagogik vazifani bajarishga qobillik va tayyorlik bilan belgilanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi.
Pedagogik bilimdonlik pedagogik sohada mahorat bilan ishlayotgan kishining ta'lim va tarbiya ishida insoniyat to'plagan barcha tajribalardan ratsional foydalanish qobiliyatini ko'zda tutar ekan, demak, u etarli darajada pedagogik faoliyat va munosabatlarning maqsadga muvofiq usullari va shakllarini egallashi lozim bo'ladi.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlikning bosh ko'rsatkichi bu insonga, shaxsga yo'nalganlikdir.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon mantiqining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko'ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo'nalishlarini tushunish imkoniyatini ta'minlaydi hamda maqsadga muvofiq faoliyatni konstruksiyalashni osonlashtiradi.
Bilimdonlik o’qituvchi uchun o'ta muhim bo'lgan uchta holat bilan bog’langan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallashni taqozo etadi:
odamlar bilan o'zaro aloqada bo'ishda, madaniy muloqatda bo'lish;
fani sohasi bo'yicha axborotlarni qabul qila bilish va uni o’qitish mazmuniga tnoslab qayta ishlash va undan mustaqil tahsil olishda foydalana olish;
o’quv axborotlarini boshqalarga bera olish.
http://fayllar.org