mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari 2-mavzu. Oʼqituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat 15


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar



Yüklə 197,32 Kb.
səhifə25/46
tarix15.09.2023
ölçüsü197,32 Kb.
#143829
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
qirgiz tili

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:
1. “Pedagogik mahorat" ga ta’rif bering?
2. Pedagogik mahoratni shakllantiruvchi omillar?
3. O‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi deganda nimani tushunasiz?
4. Pedagogik mahorat" fanining vazifalari nimalardan iborat?
5. Pedagogik mahorat" fanining asosiy tarkibiy qismlari?
6. Ta’lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy prinsiplari?
7. Pedagogik mahoratni egallash vositalari?
8. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari haqida gapiring?
9. Hozirgi zamon o‘qituvchisi qanday ijobiy sifatlarga ega bo‘lishi lozim?
10. O‘qituvchi "Sog‘lom avlod uchun kurashchi" iborasiga o‘z fikr mulohazangizni bildiring?
11. Pedagog kasbiga ta’rif bering?
Talabalarning mustaqil tayyorgarligi uchun topshiriqlar.
quyidagi mavzular asosida reja tuzing va o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirib, "Mustaqil ish" yozing:
1. "O‘qituvchining pedagogik mahoratini takomillashtirish".
2. "Mamlakatimizning XXI asr o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak".


Adabiyotlar:
1. Xaliqov A,A, Pedagogik maxorat, Darslik,- Toshkent, Iqtisodiyot moliya, 2012.
2. Якушева С.Д. Основь педагогического мастерства. Учебник.- Москва. Академия. 2012.
3. Omonov N.T., Madyarova S.A. , Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat ,- T.: Iqtisodiyot moliya, 2009.
4. Maxmudov N, M. O’qituvchi nutq madaniyati. Darslik,- Toshkent, O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007.
5. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorta,-T.: “Fan va texnologiyalar” nashiryoti, 2006.
6. Ochilov M., Ochilva N. O’qituvchi odobi , Saylanma, - T.:O’qituvchi, 1997.

9-mavzu. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati.


  1. Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganishda materiallar to’plash.

  2. Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va ularni qo’llash metodlari.



Ilg‘or pedagogik tajribani tahlil qilish va uni umumlantirish.
SHu maqsadda biz o‘rganmoqchi bo‘lgan «Pedagogik mahorat asoslari» kursi ta’lim va tarbiyaviy ishlarning asosiy malakalarshi hosil qilishga: pedagogik muomala, nutq pedagogikasi, pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, pedagog - psixik holatini mustaqil tartibga solib turish, pedagogik ta’sir ko‘rsatshp dramaturgiyasi va rejissurasi, fikrlash madaniyatya, o‘quvchilar bilan muomala madaniyati, xulkdni, o‘z-o‘ztsh boshqarish madaniyati, turli pedagogik treninglar va ularning elementlarini shakllantirshp va boshqalarga qaratilgan.
Umuman olganda, bo‘lg‘usi mutaxassis pedagogik mahorat kirralarini mukammal bilishi, bu borada yetakchi mohir o‘qituvchilar pedagogik ish
Tajribalarini o‘rganishlari zarur.Quyida mohir o‘qituvchi pedagogik tajribasini o‘rganish sxemasi keltirilgan.
Maqsadni o‘rganish vazifalarini shakllantirish: dolzarb mavzularini aniqlash.
Pedagogik fanlar va ta’lim amaliyoti bilan bog‘liq masalalarni hal etishda moxir o‘kituvchilar erishgan natijalarni aniqlash.
Ilg‘or pedagogik tajriba to‘g‘risida faktik materiallarni to‘plash:
1. Bevosita:
a) o‘quv - tarbiya jarayonini kuzatish asosida;
b) mohir o‘qituvchi va ta’lim muassasasi rahbari bilan suxbat asosida;
v) maktab hujjatlarini o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2. Bevosita:
a) pedagogik adabiyotlarni o‘rganish;
b) mohir o‘qituvchilar ish tajribalari to‘g‘risidagi qo‘lyozma (doklad, uslubiy hujjatlar) materiallarni o‘rganish orqali;
v) o‘kituvchiga sirtqi uslubiy topshiriqlar (anketa, xat bilan murojaatlar) berish va javoblarini o‘rganish asosida.
g) tahlil, umumlashtirish, xulosa; o‘rganilgan tajribaning o‘ziga xos tomonlari; uning pedagogik tavsifi asoslanishi zarur.

Yüklə 197,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin