Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə1/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI
MOLIYA KAFEDRASI
KORPORATIV MOLIYA FANIDAN

О‘QUV USLUBIY MAJMUA



QARSHI – 2020 yil
O’quv-uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Moliya institutining 2019 yil 17 avgustdagi №892-son buyruq bilan ro‘yxatga olingan fan dastur va ishchi dastur asosida tuzilgan..


Tuzuvchi “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi
A.M.Iskandarov


Taqrizchilar QarMII,“Inovatsion
iqtisodiyot”kafedrasi dotsenti i.f.n.
A.Qurbonov
QMII, “Moliya” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent Z.Ro’ziyev
O‘quv-uslubiy majmua Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs 5230600-Moliya ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun Korporativ moliya fanidan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda fan dasturi, ma’ruza matni, amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar, masalalar, testlar, glossariy, taqdimot materiallari o‘rin olgan.

Mundarija










1.


Fan dasturi




2.


Ishchi O’quv dasturi




3.


Mavzular rejasi




4.


Ma’ruza matnlari




5.


Taqdimotlar




6.


Mustaqil ish mavzulari




7.


Glossariy




8


Test savollari




9.


Adabiyotlar ro‘yxati













































Mavzular rejasi


Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar mavzulari



Dars soatlari hajmi

1.

Korporativ moliyaning iqtisodiy mazmuni va tashkil etilishi

2

2.

Korporativ moliyaviy munosabatlar tizimi


2

3.

Korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejerning roli


2

4.

Moliyaviy bozorda korporativ tuzilmalar


2

5.

Pul mablag‘larining vaqt bo‘yicha qiymati konsepsiyasi


2

6.

Korporativ moliyaviy rejalashtirish


2

7.

Korxonalarni moliyalashtirishda kapital jalb qilish


2

8.

Kapital tarkibi va uning bahosi


2

9.

Moliyaviy aktivlarni baholash


2

10.

Sof joriy qiymat usullari bo‘yicha investitsion qarorlarni qabul qilish


2

11.

Korporativ tuzilmalarda aylanma kapital


2

12.

Opsionlar mohiyati va qo‘llanilishi


2

13.

Dividend siyosatining nazariy asoslari


4

13.1

Dividendning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


2

13.2

Dividend to‘lash bosqichlari


2

14.

Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish


2

15.

Korporativ birlashishlar va qo‘shib olishlar


2

16.

Korporativ moliyaviy nazorat


2

17.

Korporativ moliyada samaradorlik tahlili


2





JAMI:


36


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI
MOLIYA KAFEDRASI
KORPORATIV MOLIYA FANIDAN

Ma’ruzalar matni

Korporativ moliyaning iqtisodiy mazmuni va tashkil etilishi
Reja:
  1. Jamiyat rivojlanishida “Korporativ moliya” fanining ahamiyati.


  2. “Korporativ moliya” fanining vazifalari. “Korporativ moliya” fanining boshqa iqtisodiy o‘quv fanlari bilan o‘zaro bog‘liqligi.


  3. Korporativ moliyaning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni modernizatsiyalashda ularning roli.


  4. Turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari. Xo‘jalik yurituvchi subektlarni mulkchilik shakliga qarab tasniflash.


  5. Korporatsiyalarning moliyaviy siyosati.



1-savol bayoni. Jamiyat rivojlanishida “Korporativ moliya” fanining rivojlanishi bevosita “Moliya” fanining taraqqiyoti davrlarida o‘z aksini topadi.

Xususiylashtirish jarayonining taraqqiyoti va iqtisodyotning nodavlat sektorlarida tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirishning hozirgi sharoitida mulkchilikning hissadorlik shakli rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni hissadorlashtirish va ikkilamchi bozorlarning rivojlanishi hissadorlik jamiyatlarining kapitallar strukturasi va aktivlarni boshqarishni yangi noan’anaviy usullarini paydo bo‘lishiga olib keldi.


Moliya – pul mablag‘larining aylanish jarayonida ularni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Korporativ moliya hissadorlik jamiyatlari moliyaviy munosabatlarini tashkil qilish, kapitallar strukturasini shakllantirish, aktivlar qo‘yilmalari, ularning samaradorligi, hissadorlik mulkchiligini optimal taqsimlash modellari kabi qator masalalarni qamrab oladi.
Korporativ moliya – uning faoliyati jarayonida vujudga keladigan pul munosabatlari tizimi.
Korporativ moliyaning bosh maqsadi – joriy va istiqboldagi davrlar mobaynida mulkdorlarni kompaniyaga qo‘yilma qilgan moddiy va moliyaviy, intelektual boyliklari qiymatini maksimallashtirish hisoblanadi.
Mulkchilikning noan’anaviy shakllariga asoslangan zamonaviy kompaniyalarni amal qilishi uchun odatdagidek ko‘plab moddiy va nomoddiy aktivlar zarur bo‘ladi. Bunday aktivlar zaruriy moliyaviy resurslar hisobiga shakllantirilib, kompaniya menejerlarining asosiy vazifalaridan biri ishlab chiqarishga avanslangan asosiy va aylanma aktivlar uchun zaruriy moliyaviy resurslarni shakllantirish hisoblanadi. Moliyaviy resurslarni jalb qilishning hozirgi sharoitda turli tuman usullari va shakllari mavjud bulib, ularning orasida qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlarni emissiya qilish vositasida qarz va jalb qilingan moliyaviy resurslarni shakllantirish kompaniyalarning kapitallar strukturasini shakllantirish siyosatini bosh strategiyasi hisoblanmoqda.
Mazkur qimmatbaho qog‘ozlar o‘zining qiymatiga ega bulib, ularning ayrimlari sotib olgan investor uchun kompaniya mulkining bir qismiga egalik huquqini ham berish imkoniyatiga egadir.
O‘tgan asrimizning 50 yillaridan so‘ng dunyo mamlakatlaridagi ilmiy texnik, iqtisodiy sohadagi taraqqiyot, insoniyat oldidagi global muammolar (asosan resurslar tanqisligi) rivojlanishning intensiv usulini jadallashtirishga majbur qildi. Natijada, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, iqtisodiyotda, xususan moliya sohasida ham innovatsiyalarni o‘zlashtirish keskin avj oldi. Bunga birgina misol sifatida ma’lum bir biznes turi bo‘yicha milliy kompaniyalarning baynalminallashuv jarayonini avj olishi, moliyaviy va boshqa bozorlarni globallashuvi, jahon xo‘jaligini integratsiyalashuv jarayonining avj olishi va boshqalarni hisoblashimiz mumkin. Mulkchilikning hissadorlik shaklini rivojlanishiga zarurat shundan iborat bo‘ldiki, iqtisodiyotda yirik investitsiya resurslarini talab qiladigan loyihalar mavjud bo‘ldiki, bunday loyihalarni yakka investorlar tomonidan moliyalashtirish uchun yetarli moliyaviy resurslar mavjud bo‘lmadi yoki yakka investorlar mazkur loyihalarni moliyalashtirish bilan yuqori darajadagi risk qilishga ishtiyoqlari mavjud bo‘lmadi. Bunday sharoitda yagona maqsad doirasida birlashuv jarayoni uchun hissadorlik kapitali qulay hisoblanar edi. Mashhur iqtisodchilardan biri G.Ford ta’biri bilan aytganda, «Agar hissadorlashtirish yo‘li bilan tashkil qilinmaganda butun Yevropani qamrab oluvchi temir yo‘l tizimi bo‘yicha qurilishni tashkil qilishning imkoniyati bo‘lmagan bo‘lar edi».
Moliyaviy bozorlarning keskin avj olishi, mulkchilikning hissadorlik shakli rivojlanish bilan ham bevosita bog‘liqdir. Mulkchilikning hissadorlik shakli ma’lum yirik yoki o‘rta biznesda kichik investorlardan tortib, katta investorlargacha ularning kapitallarini konsentratsiyalashuv jarayonini ta’minlaydi. Natijada, ma’lum darajada katta, kichik hajmdagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan investorlarning pul mablag‘larini yagona biznes doirasida korporatsiyalar shaklda birlashadi, ular bevosita yagona maqsad doirasida faoliyat yuritadi.
Korporatsiyalar - mulkchilikning hissadorlik shaklining zamonaviy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Unda bir necha mulkdorlar manfaatlari birlashadi, yagona maqsad doirasida investorlar kapitallari birlashtiriladi.

2-savol bayoni. «Korporativ moliya» fanini o‘qitishning maqsadi - kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalar uchun korporatsiyalarni boshqarish usullari va ularning amaldagi tizimi, korporatsiyalarni boshqarishning hozirgi zamon rivojlanish tendensiyalari, korporativ boshqaruv andozalarini joriy etish masalalari ko‘rib o‘tilgan.


Fanning vazifasi
  • talabalarga korporativ moliyani tashkil etishning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari haqida bilimlar berish, ularda davlatning hozirgi davrdagi moliyaviy siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatish, moliya tizimi bo‘g‘inlarini va ular orasidagi munosabatlarni o‘rgatish;


  • korporativ moliyaning iqtisodiy mazmuni va ishlatilishini o‘rganish;


  • korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejerning roli bilan tanishish;


  • moliyaviy bozorda korporatsiyalarni o‘rganish;


  • kapital bahosi va uning tarkibini ochib berish;


  • xususiy kapitalni boshqarish ko‘rib o‘tish;


  • qarz mablag‘larini boshqarishni o‘rganish;


  • asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalarni moliyalashtirish bilan tanishish;


  • korporativ boshqaruv tizimini va asosiy nazariyalarini o‘rganish;


  • kompaniyalarni boshqarish faoliyati tamoyillarini ko‘rib o‘tish;


  • korporativ nizolarni yechish va ularning huquqiy meyoriy ko‘nikmalarini hosil etishdan iborat.


Korporativ moliya 3 asosiy vazifalarni hal qiladi:



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin