Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


-rasm. Korporativ munosabatlarning mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə14/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

5-rasm. Korporativ munosabatlarning mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aktivlar bahosi bevosita talab va taklif asosida shakllanadi. Shuningdek, ma’lum bir holatlarda aktivlarning bozor bahosini aniqlash baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlari davomida ma’lum bir moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishlariga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha ravishda qonunchilik talablari asosida baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha majburiy holatlar ham mavjud. “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “Garov narsasini baholash garovga qo‘yuvchi bilan garovga oluvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi”.

Baholash to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra, “Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash obektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan: baholash obektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlana yotganda; baholash obektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda; baholash obektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda; baholash obektlari bilan bog‘liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda; baholash obektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.


Baholash o‘tkazish baholash obektining qiymati to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan, mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda; ipoteka krediti berilayotganda; taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo‘linayotganda; mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir”, deb belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, korporativ tuzilmalar bank kreditlarini jalb qilish jarayonida garov ta’minotini baholash yuzasidan baholovchilarga bevosita murojaat qiladi. Umuman baholovchilar faoliyati nafaqat garovni baholash, balki qimmatli qog‘ozlarni baholash, biznesni baholash va hokazolarda ham namoyon bo‘ladi.
Lizing kompaniyalari bilan moliyaviy munosabatlarning tashkil etilishi natijasida korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlariga yangi texnologiyalar, asosiy vositalar jalb qilishlari mumkin. Korporativ tuzilmalarning asosiy vositalar sotib olish imkoniyati cheklangan sha roitda lizing xizmatlaridan foydalanish nisbatan samarali bo‘lishi mumkin.
Soliq maslahatchilari bilan munosabatlarda esa soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish, soliqlarni rejalashtirish, soliq xatoliklarini bartaraf etish va hokazolarga e’tibor qaratiladi.
5-savol bayoni. Korporativ tuzilmalarning ijtimoiy infratuzilma institutlari bilan munosabatlari, ya’ni kadrlar tayyorlar bilan bog‘liq munosabatlari 7-rasmda keltirilgan.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin