1
Mahsulot nomi
MA’QUL IPOTEKA KREDITI
2
Kredit turi
modulli
ipoteka krediti
3
Mijoz
ariza bilan murojaat etilgan vaqtda mijoz, turmush o‘rtog‘i va
birgalikda qarz oluvchilar nomida ipoteka krediti mavjud
bo‘lmagan hamda doimiy (muntazam) daromadga ega bo‘lgan
jismoniy shaxslar .
4
Maqsadi
-foydalanishga topshirilgan (yashash sharoiti mavjud) birlamchi va
ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun;
-qarz oluvchi egaligidagi ko‘p qavatli
turar-joyda joylashgan
xonadoni ta’mirlash (remont) uchun. Tarkibiy o’zgartirishlar
(rekonstruksiya) qilish mumkin emas .
5
Miqdori
-uy-joy sotib olish uchun 400 mln.so‘mdan oshmagan miqdorda;
-xonadoni ta’mirlash (remont) uchun (80 mln.so‘mdan oshmagan
miqdorda)
6
Muddati
-120 oydan 240 oygacha (birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy
sotib olish uchun);
-120 oygacha (xonadoni ta’mirlash (remont) uchun)
7
Boshlang‘ich badal
-26%;
-ta’mirlash (remont) uchun boshlang‘ich
badal mavjud emas
8
Yillik foiz stavkasi
-17,5% birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun;
-16,5% uy-joylarni ta’mirlash (remont) uchun.
9
Taʼminot
- sotib olinayotgan uy-joy garovi;
- taʼmirlanayotgan uy-joy garovi
10
Kredit miqdorining uy-
joy garovi qiymatiga
nisbati
≤ 74% (kredit summasining garov summasiga nisbati)
11
Kreditni qaytarish jadvali Imtiyozli davrsiz,
annuitet shaklida
12
Taqdim etiladigan
hujjatlar to‘plami
pasport (ID karta), oldi-sotdi shartnoma, taʼminot hujjatlari, kadastr
hujjatlari, baholash dalolatnomasi (ikkilamchi bozordan uy-joy
sotib olish uchun), ESMS (ekologiya) cheklisti
13
Qarz
oluvchi
21 yoshga to‘lgan doimiy ish joyi daromadlariga ega bo‘lgan shaxs
14
Birgalikda qarz oluvchi
qarzdor bilan bir joyda ro‘yxatdan o‘tib birga yashaydigan
qarzdorning yaqin qarindoshlari.
Izox: jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari – uning ota-onasi,
tug’ushgan va o‘gay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini),
farzandlari, nevaralar.
15
Qarz oluvchi/birgalikda
qarz oluvchi
Qarz oluvchini (birgalikda qarz oluvchi) o‘rtacha oylik daromadi
15 mln.so‘mdan oshmasligi shart.
R-10
2023-yil 4-dekabrdan amalda
16
Qarz yuki
Qarz yuki 50 foizdan
oshsa kredit ajratilmaydi
17
Talab etiladigan ish staji
oxirgi 6 oy uzluksiz ishlagan bo‘lishi shart
18
Turar-joy sug’urtasi
Uy-joyni qiymatiga 100%
19
Turar-joyga bo‘lgan talab
Kredit hisobiga xarid qilinayotgan uy-joy (xonadon) ustidan oxirgi
12 oy davomida notarial xarakatlar amalga oshirilmagan bo‘lishi
lozim (oldi-sotdi, meros, hadya va x.k.)
20
Muddati o‘tgan
to‘lovlarning undirilishi
tartibi
kreditning muddati kelgan qismini qarz oluvchining (birgalikda
qarz oluvchilar) banklarda ochilgan
bank kartasidan akseptsiz
tartibda mablag‘lar yechib olinadi
21
Gender talabi
Ajratilgan kreditni kamida 35% qismi ayollar bo‘lishi lozim
22
Kredit bo‘yicha
xizmatlar
- Kredit hisobvarag‘ini ochish, kredit hisobvarag‘iga xizmat
ko‘rsatish, garov ta’minotini rasmiylashtirish, garov ta’minotini
garovdan chiqarish yoki qisman chiqarish, monitoring o‘tkazish,
kredit qoldig‘ini boshqa bankka sotish, kredit byurosidan olingan
ma’lumotlar, garov reyestriga yozuv kiritish, kredit bo‘yicha oylik
abonent to‘lovi, ochiq kredit liniyalaridan foydalanmagan kredit
summasi uchun – BEPUL.
- Mijozning talabiga asosan kredit shartnomasiga o‘zgartirish
kiritish – kredit qoldig'ining 0,1 foizi (500 000 so‘mdan
ko‘p bo‘lmagan miqdorda)