Pul mablag‘larining vaqt bо‘yicha qiymati konsepsiyasi
Reja:
Pul mablag‘larining vaqt bо‘yicha qiymati konsepsiyasi korporativ moliyaning fundamental asoslaridan biri.
Kelgusidagi pul oqimlarining joriy vaqtdagi qiymati. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy operatsiyalar о‘tkazish jarayonida vaqt omili.
Foiz hisoblashda diskontlash va о‘sib borish metodlarining qо‘llanilishi.
О‘sib borish tushunchasi mazmun-mohiyati va qо‘llanish xususiyatlari.
Diskontlash tushunchasi mazmun-mohiyati va qо‘llanish xususiyatlari.
Oddiy foizlar bо‘yicha о‘sib borish qiymatining hisoblanishi. Oddiy foizlar bо‘yicha diskontlash.
Murakkab foizlar. Murakkab foizlar bо‘yicha diskontlash.
1-savol bayoni. Korporativ moliyaning fundamental asoslaridan biri eng avvalo pulning vaqtinchalik qiymati va foizli hisob-kitoblar tushuniladi. Pulning vaqtinchalik qiymati deganda “Sо‘mning bugungi qiymati kelajakdagi qiymatidan yuqori bо‘ladi” degan fikr tushuniladi. Ushbu fikr bir qator quyidagi omillar bilan belgilanadi:
Shaxs ixtiyoridagi pul mablag‘lari nafaqat iste’mol uchun, balki uni kо‘paytirish maqsadida ham foydalanilishi ham mumkin. Bunda kelajakda olinishi mumkin bо‘lgan bu pul mablag‘i bugun qо‘shimcha daromadga ega bо‘la olmaydi hamda qaytarib ololmaslik riskiga ega bо‘ladi;
Inflyatsion iqtisodiyot sharoitida pul obyektiv ravishda qadrsizlanish xususiyatiga ega bо‘ladi va xarid qobiliyatini yо‘qotadi. Bu esa inflyatsiya sharoitida bugungi pul mablag‘iga ertangi xuddi shu pul mablag‘iga nisbatan kо‘proq mahsulot xarid qilish mumkin bо‘ladi.
Biznes-rejani amalga oshirish uchun pul mablag‘lari kiritishni amalga oshirish turli vaqt oralig‘ida pul mablag‘lari oqimi bilan bog‘liq bо‘lgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab qiladi. Bunday baholash konsepsiyasi shunga asoslanadiki, pul qiymati vaqt о‘tishi bilan pul bozoridagi foyda normasini hisobga olgan holda о‘zgarib boradi, bu norma sifatida odatda ssuda foizi normasi qabul qilinadi. Mazkur holatda foiz deganda pul bozorida puldan foydalanish natijasida olinuvchi daromad miqdori tushuniladi. Investitsiyalash uzoq muddatli jarayon ekanligini hisobga olgan holda, investitsiya kiritilgan paytdagi pul qiymatini uni bо‘lajak foyda, amortizatsiya ajratmalari va boshqa shaklda qaytib kelish paytidagi qiymati bilan taqqoslanadi.
Vaqtincha qiymatlilik – pul resurslarining muomaladagi obyektiv tavsifi. U quyidagi 3 ta sababga asoslanadi:
Investitsiya kiritish va pul mablag‘larini qaytib olish paytidagi pul qiymatini taqqoslashda ikkita asosiy tushuncha – pulning hozirgi qiymati va kelajakdagi qiymatidan foydalanish qabul qilingan.
2-savol bayoni. Pulning kelajakdagi qiymati hozirgi paytda investitsiya qilingan pul mablag‘larining belgilangan vaqt о‘tgandan sо‘ng ma’lum bir foiz stavkasini hisobga olgan holda aylanishi lozim bо‘lgan miqdorini ifodalaydi. Pulning kelajakdagi qiymatini aniqlash ushbu qiymatning о‘sish jarayoni bilan bog‘liq bо‘lib, pulning boshlang‘ich miqdoriga foiz summasini (foiz tо‘lovlarini) qо‘shib borish yо‘li bilan bosqichma-bosqich kattalashtirishni aks ettiradi. Bu summa foiz stavkasi bо‘yicha hisoblanadi. Investitsiya hisob-kitoblarida bu stavka nafaqat pul mablag‘lari qiymatini о‘stirish vositasi sifatida, balki yanada keng ma’noda – investitsiya operatsiyalarining daromadlilik darajasini о‘lchash uchun ham foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |