Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


Korxonalarni moliyalashtirishda kapital jalb qilish



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə30/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Korxonalarni moliyalashtirishda kapital jalb qilish
Reja:
  1. Korxonalarda о‘z mablag‘larini shakllantirishning о‘z manbalari, о‘z manbalarini shakllantirishning ichki va tashqi manbalari.


  2. Xususiy kapitalning samaradorligini о‘lchash mezonlari.


  3. Aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish.


  4. Qarz mablag‘larining tarkibi va uning jalb qilish qiymatini baholash.


  5. Bank krediti hisobiga moliyalashtirish bо‘yicha qо‘yiladigan talablar.


  6. Obligatsiyalar emissiyasi orqali moliyalashtirishga qо‘yiladigan talablar.


  7. Xorijiy kapitalni jalb qilishning shakllari (xorijiy bank kreditlari, suzib yuruvchi foiz stavkalari, sindikatli kreditlash, yevroobligatsiyalar chiqarish).



1-savol bayoni. Korxonalarda moliyaviy ta’minot uzluksizligini ta’minlash takror ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi. Faoliyatni moliyaviy ta’minlash о‘z va qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. О‘z navbatida, moliyaviy ta’minotning о‘z va qarz manbalari ham qator xususiyatlariga kо‘ra tasniflanadi.


Jumladan, korxonalarning о‘z manbalari hisobiga moliyalashtirish shakllari sifatida ichki va tashqi moliyalashtirish manbalari keltiriladi.
О‘z mablag‘larining ichki manbalari moliyaviy-xо‘jalik faoliyati jarayonida shakllantiriladi va har qanday k orxonada muhim ahamiyat kasb etadi va о‘z-о‘zini moliyalashtirish qobiliyati sifatida baholanadi. Shunday ekan, korxona о‘z moliyaviy talablarini tо‘liq yoki zaruriy darajada qoplay olishi qо‘shimcha kapitalni jalb qilish bо‘yicha talabning kamayishi va mablag‘lar jalb qilish bilan bog‘liq risklarni pasaytirish hisobiga iqtisodiy о‘sish uchun qulay imkoniyatlar va sezilarli darajada raqobatdagi ustunlikka ega bо‘ladi.
Har qanday tijorat korxonasida moliyalashtirishning asosiy ichki manbalari sifatida sof foyda, amortizatsiya ajratmalari, foydalanilmayotgan aktivlarni sotish yoki ijaraga berish va boshqalarni keltirish mumkin.
Hozirgi sharoitda korxona ixtiyorida qolgan foydasini mustaqil taqsimlaydi. Foydadan tо‘g‘ri foydalanish korxonaning istiqboldagi rivojlanish bо‘yicha rejalarini amalga oshirish, shuningdek, mulkdorlar, investorlar va xodimlar manfaatdorligini ta’minlash imkonini beradi. Umumiy holatda foyda qanchalik kо‘proq moliyaviy xо‘jalik faoliyatini kengaytirishga yо‘naltirilsa, qо‘shimcha moliyalashtirishga bо‘lgan talab shunchalik kamroq bо‘ladi.
Taqsimlanmagan foyda miqdori xо‘jalik faoliyati rentabelligi, shuningdek, mulkdorlarga tо‘lovlar bо‘yicha munosabatlarga qaratilgan korxona siyosati (dividend siyosati)ga bog‘liq. Foydani reinvestitsiyalashning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
  • tashqi manbalardan kapital jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning oldi olinishi;


  • mulkdorlar tomonidan korxona faoliyati ustidan nazorat qilishning saqlab qolinishi;


  • moliyaviy barqarorlikni oshirish va tashqi manbalardan mablag‘lar jalb qilish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelishi.


О‘z navbatida, mazkur manbadan foydalanishning kamchiliklari sifatida kо‘rsatkichlarning о‘zgaruvchanligi va chegaralanganligini, prognozlashning murakkabligini, shuningdek, korxona boshqaruvi tomonidan korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar (bozor konyunkturasi, iqtisodiy sikl fazasi, talab va narx о‘zgarishi va boshqalar) bilan bog‘liq jihatlarni nazorat qilish imkonini bermasligi kabilarni keltirish mumkin.


Amortizatsiya ajratmalari korxonalarda о‘z-о‘zini moliyalashtirishning yana bir muhim manbasi sifatida xizmat qiladi.Ular asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishini о‘zida aks ettirib korxona xarajatlariga kiritiladi, sotilgan mahsulot va xizmatlar hisobiga tushgan pul mablag‘lari tarkibida mavjud bо‘ladi. Ularning asosiy vazifasi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qayta sotib olish uchun imkoniyat yaratishdan tashqari takror ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish ham hisoblanadi. Moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya ajratmalarining afzalligi shundaki, u korxonaning har qanday moliyaviy holatida amal qiladi va har doim о‘z ixtiyorida qoladi.
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya miqdori kо‘p jihatdan davlat tomonidan о‘rnatilgan tartibga, shuningdek, tanlangan hisoblash usuliga bog‘liq.
Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxona hisob siyosatida qayd etiladi va asosiy vositadan foydalanish muddati davomida qо‘llaniladi.
Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash usullarini qо‘llash asosiy vositalardan foydalanishning dastlabki yillarida amortizatsiya ajratmalarini yuqori miqdorda hisoblash va bu о‘z navbatida, qо‘shimcha aylanma mablag‘ni korxona ixtiyorida qoldirish imkonini beradi. Ayrim holatlarda foydalanilmayotgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotish yoki ijaraga berish hisobiga ham о‘z moliyaviy resurslarini shakllantirish mumkin. Lekin bu amaliyot bir martalik xususiyatga ega hisoblanadi va pul mablag‘larini tizimli ravishda jalb qilish imkonini bermaydi.
Korxonaning о‘z-о‘zini moliyalashtirish (SF) qobiliyatini baholash uchun va mos davrlar bо‘yicha uning miqdorini prognozlash quyidagi formuladan foydalangan holda aniqlanishi mumkin:

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin