Korporativ moliyaviy rejalashtirish
Reja:
Qisqa muddatli korporativ moliyaviy rejalashtirish. Uzoq muddatli korporativ moliyaviy rejalashtirish.
Korporativ moliyaviy rejalashtirishning bosqichlari.
Korporativ moliyaviy rejalashtirish jarayonida inobatga olinishi lozim bо‘lgan omillar.
1-savol bayoni. Rejalashtirish – tadbirkorlik faoliyatining ajralmas qismi bо‘lib, uning muhimligi Genri Ford13 ta’biri bilan aytganda: “barcha muvaffaqiyatlar rejalashtirish va maqsadga muvofiqlik darajasiga bog‘liq”. Ushbu iboraning mazmuni shundan iboratki, о‘z faoliyatini rejalashtirishni bilmaydigan yoki keraksiz deb hisoblaydigan korporatsiyalar о‘z maqsadiga erisha olmaydi. Rejalashtirishga jiddiy yondashish korporatsiyaning barqaror va samarali faoliyat kо‘rsatishi uchun zamin yaratadi.
Rejalashtirishning konkret faoliyat turi sifatidagi mazmuni korxonaning tashkiliy-iqtisodiy shaklidan kelib chiqqan holda, bevosita xо‘jalik yuritishning umumiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Korporatsiyada moliyaviy rejalarning yо‘qligi ikkilanishlar, notо‘g‘ri hatti-harakatlar va yо‘nalishni bevaqt о‘zgartirishlarga olib keladi. Bularning oqibatida esa korxonaning moliyaviy holati yomonlashishi, hatto inqirozga olib kelishi ham mumkin.
Korporativ moliyada moliyaviy munosabatlarni boshqarishning asosiy elementi bо‘lib korporativ rejalashtirish hisoblanadi. Korporativ moliyaviy rejalashtirishning mohiyati quyidagilarda namoyon bо‘ladi (1-chizma):
Moliyaviy faoliyat rejalashtirishning obyekti bо‘lib hisoblansa, yakuniy natija esa moliyaviy rejalarni shakllantirishga qaratilgan bо‘ladi. Korporativ moliyaviy rejalashtirishning obyekti esa quyidagilar hisoblanadi:
Tovar (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan tushum;
Foyda va uning taqsimlanishi;
Turli maqsadli fondlar va ulardan foydalanish;
Soliq va yig‘imlar kо‘rinishida byudjet tizimiga ajratmalarning hajmi;
Kredit bozoridan jalb qilingan qarz mablag‘lari ulushi;
Aylanma aktivlar va ularni moliyalashtirish manbalarini rejalashtirishga bо‘lgan talab;
Kapital quyilmalar va ularni moliyalashtirish manbalarining hajmi.
Korporativ moliyaviy rejalashtirishning subyektlari bо‘lib korporatsiyalarning rahbarlari va bosh hisobchilari, reja bо‘limi ishchi-xodimlari va menejerlari maydonga chiqadi.
Korporativ moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bо‘lishi mumkin:
strategik (uzoq muddatli) korporativ moliyaviy rejalashtirish;
joriy (qisqa muddatli) korporativ moliyaviy rejalashtirish.
Strategik (uzoq muddatli) korporativ moliyaviy rejalashtirish о‘z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda о‘zgarayotgan korporatsiyalar moliyaviy taraqqiyotining kо‘p variantli bashoratidan iboratdir. Strategik korporativ moliyaviy reja, hech bо‘lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog‘i lozim:
korporatsiya uchun talab qilinadigan kapitalning о‘lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?
bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?
о‘z kuchiga ishongan holda xо‘jalik yurituvchi subyekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yо‘q bо‘lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday?
Korporatsiya pul mablag‘lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?
О‘z navbatida, joriy (qisqa muddatli) korporativ moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda sotsial loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash;
mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tannarxini rejalashtirish;
pul oqimlarini rejalashtirish;
butun xо‘jalik yurituvchi subyekt doirasida foydani rejalashtirish (bashoratlash);
investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish.
2-savol bayoni. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib kо‘rsatish mumkin:
korporativ tuzilmalar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish;
operativ rejalarning о‘zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;
о‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xо‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy resurslarga bо‘lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash;
moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, о‘z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
korporativ tuzilmalar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab turish (qо‘llab-quvvatlash);
shakllantirilgan rejalarni operativ о‘zgartirish tartibini (protsedurasini) ishlab chiqish.
3-savol bayoni. Korporativ moliyaviy rejalashtirish jarayoni – bu nafaqat izchil bajariladigan hisob-kitob ishlari va amallari, balki ulkan muvofiqlikni va boshqaruv san’atini talab etadigan murakkab jarayon. Shu bois, korporativ moliyaviy rejalashtirishda ishtirok etadigan xodimlar belgilangan vazifalarni bajarish bilan birga ichki hamda tashqi vaziyatning о‘zgarishini har tomonlama hisobga olgan holda ishlashi lozim.
Korporativ moliyaviy rejalashtirish bilan bog‘liq faoliyatda uchta jihatga alohida e’tibor berish:
rejalarni tuzish, ya’ni bevosita rejalashtirish. Bu jarayon natijasida rejalar tizimi shakllanadi;
rejali qarorlarni amalga oshirishga doir faoliyat. Bunda korporativ tuzilma faoliyatining muhim kо‘rsatkichlari shakllantiriladi;
moliyaviy natijalarni nazorat qilish, ya’ni haqiqiy natijalarni reja kо‘rsatkichlari bilan taqqoslash, xо‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatinining asosiy yо‘nalish bо‘yicha zarur tuzatishlarni kiritish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Nazorat rejalashtirishning yakunlovchi bosqichi bо‘lishiga qaramasdan, uning ahamiyati о‘ta muhim hisoblanadi. Chunki rejalashtirishning samaradorlik darajasini aynan nazorat belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |