Moliyaviy aktivlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
4-savol bayoni. Moliyaviy aktivlar daromadliligi avvalo qimmatli qog‘ozlar daromadliligi sifatida tushuniladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida fond bozorining о‘sishi bilan qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatini baholash ancha dolzarb bо‘lib bormoqda.
Amaliyotda qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholash oldi-sotdi bitimlari tuzishda, qimmatli qog‘ozlarni korxonalar ustav kapitaliga kiritishda, kredit olish uchun garovni rasmiylashtirishda, shuningdek kompaniyalar va ularning aktivlarining joriy bozor qiymatini aniqlashda amalga oshiriladi.
Bugungi kunda qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatini baholash ularning quyidagi turlari uchun olib boriladi:
oddiy va imtiyozli aksiyalarni baholash;
qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarini baholash;
hosilaviy qimmatli qog‘ozlarni baholash;
davlat organlari, moliya institutlari, korxonalar va tashkilotlar tomonidan emissiya qilingan turli xildagi qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholash.
Qimmatli qog‘ozlar qiymati tushunchasi ularning yuridik jihatdan о‘ziga xos xususiyatlari va iqtisodiy mohiyati bilan chambarchas bog‘langan. Qimmatli qog‘ozlar qiymati, odatda, ularning narxidan farqlanadi, chunki qiymat professional baholovchi, xaridor, sotuvchi, potensial investor, vositachi yoki emitentning muayyan fikrini ifodalaydi, narx esa tuzilgan bitim shartlarini о‘zida aks ettiradi. Qimmatli qog‘ozlar qiymati hisoblanadi, baholanadi, narxi esa tо‘lanadi.
Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholash - bu davlat organlari, moliya institutlari, korxona va tashkilotlar tomonidan emissiya qilingan ulushli qimmatli qog‘ozlar, qarzdorlik majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar, hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozor qiymatini keng kо‘lamda aniqlashdan iboratdir. Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholash va kompaniyalar moliyaviy qо‘yilmalarini batafsil tahlil qilish, nafaqat ularning yoki biznesdagi ishtirokining boshqa shaklini bozor narxini belgilashga, balki ushbu qо‘yilmalarning istiqboldagi daromadliligini prognozlashga imkon yaratadi. Shuningdek, kompaniya qimmatli qog‘ozlarida ifodalangan moliyaviy aktivlar va majburiyatlar qiymatini hisoblash va kompaniyalarning moliyaviy qо‘yilmalarini qog‘ozlar va biznesda ishtirokning boshqa shakllarining bozor narxini belgilashga, balki ushbu qо‘yilmalarning istiqboldagi daromadliligini prognozlashga ham imkon beradi. Baholash faoliyati xizmatlarining mazkur turi kо‘pincha biznesni baholash bо‘yicha paketlar kompleksiga kiritiladi17.
Qimmatli qog‘ozlarni baholash maqsadlari qо‘llaniladigan qiymat standartlarini oldindan belgilab beradi. Natijada aynan bir qimmatli qog‘oz bir vaqtning о‘zida miqdori bо‘yicha jiddiy farqlanadigan bir nechta qiymat turiga ega bо‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar qiymatining har bir turini aniqlashda maxsus metodika qо‘llaniladi. Qimmatli qog‘ozlar qiymati turlari quyidagicha tasniflanadi:
1. Nominal qiymat. Bu shunday moliyaviy mablag‘larki, hatto korxona tugatilgan taqdirda ham, ular albatta qimmatli qog‘ozlar egalariga qaytariladi;
2. Emissiya qiymati. Aksiyalarni ochiq bozorda joylashtirish vaqtida belgilanadigan qiymat;
3. Balans qiymati. Emitent kompaniyalarning buxgalteriya hisobi kо‘rsatkichi, demak, kompaniyalar moliyaviy faoliyatini tahlil qilish vositasi ham hisoblanadi.
4. Tugatish qiymati. Tashkilotlarning aktivlari kimoshdi savdosida sotilganda, tugatish tartibotini amalga oshirishda va hatto ularning faoliyati yakunlanishi bо‘yicha ham о‘zgarmasligicha qoladigan qiymat;
5. Investitsiya qiymati. Investor nuqtai nazaridan eng qiziqarli qiymat. U mazkur qimmatli qog‘ozlarga qо‘yilmalarning daromadliligi va foydaliligini belgilab beradi;
6. Bozor qiymati. Ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish uchun tо‘lov miqdorini belgilab beruvchi qiymat;
7. Hisob-kitob qiymati. Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholash natijasi sifatida hisoblash metodi bilan keltirib chiqariladigan qiymat18.
Qimmatli qog‘ozlar qiymati quyidagi maqsadlarda baholanadi:
ularning oldi-sotdisi bо‘yicha bitimlar tuzish, meros qoldirish va in’om etish tartibotini amalga oshirish;
aksionerlik jamiyatiga investitsiyalar jalb qilish;
korxonalar restrukturizatsiyasi: qо‘shilish, qо‘shib olish va boshqalar;
qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish uchun yoki ularni qо‘shimcha joylashtirish va muomalaga chiqarish uchun bahosini aniqlash;
kreditlashda garov qiymatini aniqlash uchun qimmatli qog‘ozlar bahosini aniqlash;
qimmatli qog‘ozlarni ishonchnoma asosida boshqaruvga berishda;
masalan, qaytarib olish uchun tо‘lovni amalga oshirishda kompaniya va uning aktivlarining joriy bozor qiymatini aniqlash.
Daromadlilik – bu nisbiy kо‘rsatkich bо‘lib, moliyaviy aktivlar orqali yaratilgan daromad (D)ning ushbu aktivga yо‘naltirilgan investitsiya kattaligi (CI)ga nisbatan aniqlanadi19. Moliyaviy aktivlarning shaklidan kelib chiqib, D – daromad sifatida dividend, foiz, kapitalizatsiyalashgan qiymatning о‘sishi bо‘lishi mumkin. Daromadlilik kо‘rsatkichi foizlarda yoki birliklarda ifodalanadi. Tahlil jarayonida daromadlilikning ikki turi qо‘llaniladi: haqiqiy va kutilayotgan. Kо‘pgina holatlarda investorlar kutilayotgan daromad asosida qaror qabul qilishga harakat qilishadi va bu daromadlilik prognoz kо‘rsatkichlari asosida aniqlanib, investor tomonidan u yoki bu moliyaviy aktivga mablag‘ yо‘naltirish uchun xizmat qiladi.
Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatini baholashga xos xususiyatlar shundan iboratki, ular fond bozorida muomalada bо‘lgan holda mohiyatan kapital mavjudligining maxsus turi sanaladi. Ammo bozorda ham muomala sodir bо‘ladi, demak, qimmatli qog‘ozlar tovar ham hisoblanadi. Bunda qimmatli qog‘ozlar moddiy kо‘rinishdagi tovar emasligini anglash zarur, shuning uchun qimmatli qog‘ozlar narxini unga egalik qilishda aksiyadorga о‘tadigan huquqlarga yо‘naltirilgan holda о‘rnatish talab qilinadi.
Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholashda uning turi, emitent, birja kotirovkasini mavjudligi yoki mavjud emasligi, moliya bozori va birjadan tashqari aylanmada qimmatli qog‘ozlar qatnashishi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar baholash uchun taqdim etilgan qimmatli qog‘ozlar ochiq bozorda joylashtirilgan bо‘lsa, u holda ularning qiymatini baholash qiyosiy yondashuv va huquqlar qiymatini о‘rnatish bо‘yicha ayrim metodikalar yordamida aniqlanishi mumkin. Agar qimmatli qog‘ozlar birja kotirovkasiga ega bо‘lmasa hamda u haqda axborot yetarlicha bо‘lmay, kam ma’lumotli bо‘lsa, u holda uning qiymatini baholashda moliya bozori konyunkturasi tahlili, kompaniya daromadliligi va emitentning ishonchliligi haqida ma’lumotlar, uning moliyaviy holati barqarorligi asosida shakllantirilgan hisoblash metodlaridan foydalaniladi20.
Mulk obyekti (xususan, qimmatli qog‘ozlar)ning qiymatini baholashning an’anaviy uch yondashuvi mavjud, ya’ni daromadli, xarajatli, qiyosiy (bozor) yondashuvlar.
Daromadli yondashuvning uchta usuli amaliyotda qо‘llaniladi, xarajatli va qiyosiy yondashuvlarning о‘nlab usullari bor. Baholashning uch yondashuvidan birini qо‘llash mumkin bо‘lmagan taqdirda baholovchi tashkilot u yoki bu yondashuvni qо‘llash rad etilishini zarur ravishda baholash hisobotida asoslashi kerak.
Dostları ilə paylaş: |