О‘TKQ = (Oddiy aksiyalar mutanosibligi)*(Oddiy aksiyalar qaytimi foizi) + (Imtiyozli aksiyalar mutanosibligi)*(Imtiyozli aksiyalar
qaytimi foizi) + (Majburiyatlar mutanosibligi)*(Majburiyatlar
qaytimi foizi)
(0,5)(16) + (0.10)(12) + (0.4)(8) = 12,4 (1)
Ushbu formulani qо‘llashda quyidagilar e’tiborga olinishi shart:
a) korxonada kapital komponentlarining boshqa shakllari mavjud bо‘lsa va ular ahamiyatga ega deb hisoblansa, u holda ular ham manbalar qatorida hisob-kitob qilinadi;
b) uzoq muddatli majburiyatlar bilan birgalikda qisqa muddatli majburiyatlar ham majburiyatlar qatorida hisobga olinadi. Faqatgina, qisqa muddatli majburiyatlarning investitsiya tasnifidagi qismi, misol uchun ishchi kapital uchun qarz, qimmatli qog‘ozlar va shu kabilar nazarda tutilmoqda. Chunki, mazkur turdagi qisqa muddatli qarzlarni bergan investorlar korxona daromadidan foiz olishga haqli bо‘ladi;
v) foizsiz majburiyatlar yoki operatsion majburiyatlar (Kreditorlik majburiyatlari) о‘rtacha tortilgan kapital qiymatini hisoblashda qatnashmaydi. Chunki, ular kapitallarni moliyalashtirish manbai bо‘lib ishtirok etmaydi.
О‘rtacha tortilgan kapital qiymatini korxona faoliyatidagi ahamiyati, uning qaytimi kо‘rsatkichini eng pastki etalon tarzida qabul qilinishidir. Agar, investitsiya qaytimini о‘rtacha tortilgan kapital qiymati qaytimidan yuqori bо‘lishi oddiy aksiya egalarini mazkur faoliyatdan naf kо‘rishi oshganligini bildiradi. Misol uchun, korxonada oddiy aksiya qiymati qaytimi 14 foiz, qarz mablag‘lari qiymati qaytimi 6 foiz, Ikki turdagi kapitalning mutanosibligi teng kuchli, ya’ni 50 = 50. Ularning о‘rtacha tortilgan kapital qiymati qaytimi 10 =(0.5*14 + 0.5*6) ni tashkil etadi. Agar, kompaniya 100 million AQSH dollarida 12 foiz qaytimi bilan investitsiya qilmoqchi bо‘lsa, u holda loyihani qо‘llash natijasida oddiy aksiya qiymati qaytimi quyidagicha bо‘ladi:
Loyihaning yalpi qaytimi + Qarz majburiyati foizi
Oddiy aksiya qiymati mutonosibligi =
= 100*(0.12) – 50*(0.06) = 18 foiz (2)
50
Kо‘rinib turibdiki 18 foiz oddiy aksiya qiymati qaytimi 14 foizdan kо‘p bо‘lib, u aksiya egalarining naf kо‘rishi oshib borayotganini bildiradi. Umuman olganda oddiy aksiya qiymati qaytimidan taklif etilayotgan variant qiymati qaytimini oshib borishi investorlar uchun iqtisodiy foyda yoki qiymatni yaratilayotganini bildiradi.
Demak, korxona kapitali qiymati tushunchasi qaytim kо‘rsatkichi bо‘lib, u korxonani kapital bilan ta’minlovchilar nazarda tutadigan etalondir. Ushbu kо‘rsatkich joriy davrda ishlab turgan naqd aktivlar yoki kapital strukturasini biznes riskini aks ettirib beradi.
Yuqoridagi fikrlarni muxtasar qilib aytish mumkinki, korxona kapitali qiymati tushunchasi va uning darajasi biznes munosabatlaridagi kо‘plab jarayonlar va tadbirlarni ishga solishda biznes risk kо‘rsatkichini eng quyi holatini ifodalab beradi. Investitsiyalarni ushbu kо‘rsatkichdan oshib borish holati esa investorlar uchun iqtisodiy naf yoki foydani kо‘payishini bildiradi.
Korxona kapitali qiymati va uning darajasi oddiy, imtiyozli hamda qarz majburiyatlari holatidan (korxona xususiyatiga kо‘ra boshqa omillar ham bо‘lishi mumkin) kelib chiqib shakllanadi (1 formula). Mazkur omillarning har birini qiymatini yoki о‘rtacha qiymatini aniqlash alohida hisob-kitoblarni talab qiladi. Fikrimizga misol tariqasida qarz instrumentini kо‘rsatib о‘tamiz.
Korxona kapitali qiymati kо‘rsatkichi holatiga majburiyatlar qiymati ham sezilarli ta’sir etadi. Iqtisodiy munosabatlarda majburiyatlar qiymati ushbu instrumentlarni qoplash muddati tugagandan sо‘ng olinadigan daromad darajasi tushuniladi. Fikrimizga misol tariqasida ushbu qarashni turli majburiyat instrumentlari vositasida qо‘llab kо‘ramiz.
Ta’kidlash kerakki, korxonalarda qarz mablag‘larining har birini alohida olingan qiymati ularning birgalikda olingan о‘rtacha qiymati kо‘rsatkichlari biznes faoliyatida qarz instrumentlaridan samarali foydalanishda asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Bu borada amalga oshiriladigan barcha tadbirlar, loyhalar shu kabi ma’lumotlar bilan taqqoslanib о‘rganiladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
4-savol bayoni. Biznes faoliyatida korxona kapitali qiymati tushunchasi va uning kо‘rsatkichini hisob-kitob qilish murakkab tasnif kasb etadi. Unda kо‘plab formulalar va hisob ishlarini amalga oshirish zarur. Shuning uchun ham, korxona kapitali qiymati tushunchasi va uning kо‘rsatkichini barcha jihatlarini mukammal tarzda bir maqolada yoritib berish imkoniyati mavjud emas.
Ma’lum bir kapital manbasidan foydalanish hisobiga tо‘lanishi lozim bо‘lgan umumiy summa va kapital hajmi о‘rtasidagi nisbatning foizlarda aks ettiriladigan miqdori kapital bahosi (Kost of Kapital – KK) deb ataladi.
Mos ravishda korxona kapitalining umumlashgan bahosi uning alohida komponentlari bahosi qо‘shilgan holda aniqlanadi.
Korporativ moliyani boshqarishda kapital bahosi asosiy kо‘rsatkichlardan biri hisoblanadi va quyidagilarni hal qilishda keng foydalaniladi:
- investorlar tomonidan qо‘yilgan mablag‘ bо‘yicha talab qilinadigan qaytimni о‘zida aks ettiradi;
- investitsiyalarning bir necha xil variantlaridan birini tо‘g‘ri tanlash imkonini beradi;
- moliyalashtirish manbalari tarkibini boshqarishning asosi hisoblanadi;
- korxona faoliyatining va mulkdorlar uchun qо‘shimcha qiymat yaratishning samaradorligini oshirish richaglaridan biri sifatida yuzaga chiqadi va boshqalar.
Amaliyotda asosiy murakkablik mos manbalardan olinadigan kapitalning alohida komponentlari bahosini aniqlashda kuzatiladi. Ba’zi manbalar uchun kapital bahosini aniqlash birmuncha oson. Masalan kreditlar bо‘yicha kredit shartnomasida keltirilgan foiz tо‘lovlari, yoki obligatsiyalar bо‘yicha emissiya prospektida qat’iy belgilangan foiz stavkasi kapital bahosini о‘zida ifodalaydi. Boshqa aksariyat manbalar bо‘yicha esa kapital bahosini aniqlash birmuncha murakkab hisoblanadi va aniq hisoblash imkoniyati mavjud emas. Lekin taqdim etilgan kapitaldan foydalanish hisobiga kapital egasi tomonidan talab qilinadigan tо‘lovlar, jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar (yemissiya xarajatlari, kredit shartnomasini rasmiylashtirish, sug‘urtalash, garov, maslahatchilar jalb qilish va boshqa xarajatlar) korxona tomonidan aniqlanishi mumkin. Kapital bahosi mablag‘larni jalb qilish uchun sarflanadigan vaqt va risk omillari ta’sirini baholashni ham taqozo etadi.
Lekin, e’tibor qaratish talab etiladigan darajada murakkabliklar, aniqlik darajasini pasaytiruvchi obyektiv va subyektiv omillar mavjudligiga qaramasdan kapital yoki uning alohida komponentlari bahosini aniqlash, hech bо‘lmaganda taxminiy bahosini belgilash masalasiga korporativ moliyani boshqarish amaliyotida moliyaviy boshqaruv oldidagi о‘tkir zarurat sifatida qaralishi lozim. Bu jihatni moliyaviy boshqaruvchilar tomonidan korxona va uning bо‘linmalari faoliyat samaradorligini baholash investitsion samaradorlikni baholash kabi muhimligi bilan izohlash mumkin.
Fikrimizni muxtasar qilib aytganda, milliy iqtisodiyotdagi korxonalarga kapital qiymati va uning darajasi kо‘rsatkichini kiritish, u bilan bog‘liq komponentlarni hisob-kitob qilishni amaliyotga joriy etish xо‘jalik subyektlarida investitsion qarorlar qabul qilishda etalon manba bо‘lib hisoblanadi.
Korxona kapitalini shakllantirishning uzoq muddatli qarz manbalari an’anaviy turlari sifatida bank kreditlari, obligatsiyalar, lizing va boshqalarni keltirish mumkin.
Aksariyat qarz manbalarining manbasi haqiqatda jalb qilingan summa va uning qoplanishi bо‘yicha tо‘lovlar oqimi asosida aniqlanishi haqida yuqorida ham ta’kidlandi. Buning uchun bizga ma’lum bо‘lgan pul oqimlari bо‘yicha daromadlilikning ichki meyori (IRR)ni hisoblash formulasidan foydalanamiz.
Bu yerda, CF1 – pul oqimi (qoidaga kо‘ra annuitet);
Dostları ilə paylaş: |