O‘zbekistoning mustaqillikdan so‘ng islohatlari



Yüklə 6,86 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,86 Kb.
#210734
O‘zbekistoning mustaqillikdan so‘ng islohatlari

O‘zbekistoning mustaqillikdan so‘ng islohatlari


REJA:
1.O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. 2.Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
2. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.
3.O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki.
4.O‘zbekistonda siyosiy sohadagi muammolarni bartaraf etish yo‘llari.
5.So’ngi yillarda amalga oshirilgan siyosiy tizimidagi islohotlar.
Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
Ko‘ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko‘ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi tamoyillarini o‘zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o‘rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi.
Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o‘z qobiliyatini to‘la ro‘yobga
chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etish, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo‘lgan turli manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo‘lgan turli manfaatlar, qaramaqarshi kuchlar va harakatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda ko‘ppartiyaviylik tizimi muhim rol o‘ynaydi.
«Partiya» so‘zi lotincha «part» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «ish»,«qism» degan ma’nolarni anglatadi. Siyosiy partiya — aholining,sinfning, ijtimoiy qatlam yoki qatlamlarning bir qismi. Uning paydo bo‘lishini siyosatshunoslar burjua demokratiyasining vujudga kelish davriga nisbat beradilar. Biroq zamonaviy davlatlarning konstitutsiyalarida partiyalar haqidagi moddalar faqat XX asrga kelib paydo bo‘ldi. Hozirgi zamon jamiyatining siyosiy hayoti murakkab, ziddiyatli va xilma-xildir. Bugun siyosiy partiya mavjud bo‘lmagan birorbir davlatni tasavvur qilish qiyin. Hozirga dunyoning aksariyat demokratik mamlakatlarida ikki partiyaviy yoki ko‘ppartiyaviy tizimlar mavjud. Siyosiy partiyalar siyosiy hokimiyat mexanizmining faoliyat ko‘rsatishida ishtirok etadi yoxud unga muayyan ta’sir o‘tkazadi. Ular faoliyatining asosiy jihati aholi siyosiy ongining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishidir. Siyosiy partiya ko‘p mezonli va murakkab hodisa bo‘lganligi tufayli uni ta’riflashga ham turlicha yondashuvlar mavjud
Umuman olganda, ana shunday asosiy yondashuvlardan uchtasi alohida ajratib ko‘rsatiladi. Ayrimlar partiyani ko‘proq mafkuraviy birlashma sifatida tushunadilar. Boshqalar partiyani saylov jarayoni, saylovoldi kurashi, hokimiyatni egallashga intilish bilan bog‘liq holda ta’riflaydilar. Marksizm tarafdorlari «partiya» tushunchasiga sinfiy nuqtai nazardan ta’rif beradilar. Ular partiyani muayyan sinfning eng ongli, uyushgan, o‘z manfaatlarini himoya qiladigan qismi, deb hisoblaydilar.
Shunday qilib, ilmiy nuqtai nazardan siyosiy partiyalar uchun berilgan quyidagi ta’rifni asos sifatida qabul qilish mumkin: siyosiy partiya — fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida bog‘langan, davlat hokimiyatini qo‘lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqi. Hokimiyatni qo‘lga kiritish har qanday partiyaning bosh maqsadi hisoblanadi. Partiya qaysi ijtimoiy guruh yoki sinfning tashabbusi bilan yuzaga kelgan bo‘lsa, aynan shularning manfaatlarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi.
Partiya o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan bo‘lsa ham ularga hokimiyat uchun kurash, o‘z hukumatini shakllantirish yoki koalitsion hukumat tarkibiga o‘z vakillarini kiritish orqali erishadi. Hukmronlikni qo‘lga kiritgan partiya davlatning butun qudratidan o‘ziga vakolat bergan ijtimoiy-sinfiy kuchlarning manfaatlari yo‘lida foydalanishga intiladi.
Partiya fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, xususan NNTlar, jamoat tashkilotlari va harakatlardan, lobbistlar tuzilmalaridan aynan shunisi bilan farq qiladi. Ushbu sanab o‘tilgan tuzilmalar ham xuddi partiyalar singari siyosiy hayotda faol ishtirok etadi, lekin o‘z oldiga davlat hokimiyatini qo‘lga kiritish, uni saqlab qolish va uni amalga oshirish maqsadini qo‘ymaydi.
Siyosiy partiyalar faoliyatining muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- tegishli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini aniqlash, bayon qilish va asoslash, ularni faollashtirish va integratsiyalash;
- siyosiy doktrinalar va dasturlar yaratish;
- davlatda hokimiyat uchun kurashga va davlatning faoliyat dasturlarini yaratishda, davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish;
- umuman, jamiyatni yoxud uning bir qismini siyosiy jihatdan tarbiyalash, ijtimoiy fikrni shakllantirish;
- davlat apparati, kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlari uchun kadrlar tayyorlash va ularni yuqori mansablarga ko‘tarish;
- partiya ichidagi tashkiliy faoliyat.
Yüklə 6,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin