Investitsiyalar = Sof (taqsimlanmagan) foyda + Amortizatsiya ajratmalari + tashqi moliyalashtirish mablag‘lari
Investitsion qarorlar ikkiga bо‘lib о‘rganiladi:
1. Pul bozori – qisqa muddatli depozit sertifikatlari, tijorat veksellari, bank veksellari, konosament, cheklar, akkreditivlar va b.
2. Kapital bozori – depozit sertifikatlari (1 yildan ortiq muddatdagi), davlat obligatsiyalari, korporativ obligatsiyalar, aksiyalar, kapital bozorining boshqa moliyaviy vositalari.
4-savol bayoni. Loyiha tahliliga adabiyotlarda turlicha tariflar berilgan. Biz ulardan eng soddasini keltiramiz. Loyiha – cheklangan vaqt davomida hamda belgilangan byudjet bilan oldinga qо‘yilgan maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi о‘zaro bog‘langan tadbirlar majmuidir.
Tarmoqlarda yaratilayotgan obyektlar shu qadar murakkabki, ularni amalga oshirish ishlari loyiha emas, balki dastur doirasida olib boriladi. Dasturlar uzoqroq muddatga, kengroq kо‘lamga ega bо‘lib, asosiy maqsadga xizmat qiluvchi bir necha loyihani о‘z ichiga olishi mumkin. Bu loyihalar dasturning xizmat muddati va kо‘lami bо‘yicha bir nechtani tashkil etib, maqsadi, turi bо‘yicha о‘zaro farq qilishi mumkin.
Fikr, muammo, vazifa → Amalga oshirish vositalari → Amalga oshirish maqsadlari (kutilayotgan natijalar)
Loyiha atamasi bilan quyidagi tushunchalar о‘zaro bog‘langan:
Loyihalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
О‘lchamchilik – loyiha bо‘yicha faoliyat va kutilayotgan natijalarni miqdoriy ifodalash imkoniyatlarining mavjudligi.
Vaqt bо‘yicha cheklanganligi - loyihani ishlab chiqish hamda amalga oshirish muddatlarining cheklanganligi.
Alohida faoliyat turlari bilan bog‘liq hodisalarning aniq belgilangan ketma-ketligi.
Maqsadga yо‘naltirilganligi.
Investitsiya loyihalari tushunchasi ikki ma’noda qо‘llaniladi: Belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan xatti-harakatlar majmuini amalga oshirishni kо‘zda tutuvchi ish, faoliyat, tadbir sifatida.
Bu faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan tashkiliyhuquqiy va hisob-moliya hujjatlari tizimi sifatida.
Loyiha hayot davrining asosiy bosqichlari Loyiha yuzaga kelgan vaqtdan toki u tugatilgunga qadar о‘tgan vaqt oralig‘iga loyihaning hayot davri, loyiha bosib о‘tishi lozim bо‘lgan holatlarga esa fazalar, bosqichlar deyiladi.
Loyihalar hayot davri (LHS) ning quyidagi bosqichlari farqlanadi:
Investitsiya oldi bosqichi. a) investitsiya imkoniyatlarining tahlil; b) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash; v) texnik-iqtisodiy asoslash; g) investitsiya imkoniyatlari tо‘g‘risida doklad.
Investitsiya bosqichi. a) muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish; b) loyihalashtirish; v) qurish (qurilish ishlarini amalga oshirish); g) marketing; d) xodimlarni о‘qitish.
Ekspluatatsiya bosqichi. a)qabul qilish va ishga tushirish; b)uskunalarni almashtirish (yangilash); v)kengaytirish, innovatsiY.
Mehnat sig‘imiga kо‘ra, LHS ni quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
Loyihaning konsepsiyasini ishlab chiqish loyihaning yakuniy maqsadlari va bu maqsadlarga erishish yо‘llarini belgilashni о‘z ichiga oladi. Bunda muqobil maqsadlar kо‘rib chiqiladi, hajmlar, muddatlar, foyda hajmi miqdoran solishtiriladi. Loyihaning yashovchanligini baholash dastlabki texnikiqtisodiy asoslash mazmunini tashkil etadi. Bunda bir necha muqobil variantlar kо‘rib chiqiladi va qiymati hamda foyda bо‘yicha baholanadi. Loyihani rejalashtirish bosqichida loyiha bо‘yicha ishlar rejasi tuziladi. Bu rejada ishlarning tarkibiy va vaqt bо‘yicha bosqichlari, ijrochilari aniqlanadi.
LHSni xarakterlagan holda quyidagilarni ajratib kо‘rsatish mumkin:
Loyiha g‘oyasi.
Muammo tahlili (maqsadlar, talablar, vazifalar).
Konsepsiyani ishlab chiqish (ishlab chiqishga qо‘yilgan talablar, amalga oshirish imkoniyatlari tahlili, muqobil konsepsiyalar).
Loyihani ishlab chiqish.
Loyihani amalga oshirish (ish hujjatlari, xarid, sinov, qabul qilish). Ekspluatatsiya (natijalar sinovi, texnik xizmat kо‘rsatish).
Tugatish (demontaj, sotish, rivojlantirish haqida qaror qabul qilish va yangi loyiha).
Loyihani ishlab chiqishning turli bosqichlarida turli darajadagi aniqlikka erishiladi va xatolikka, qaltislikka yо‘l qо‘yiladi.
5-savol bayoni. Investitsiya samaradorligini baholash juda muhim jarayon hisoblanib, u о‘z ichiga texnik-iqtisodiy va moliyaviy kо‘rsatkichlarni tahlil qilish va baholashni qamrab oladi. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash orqali mablag‘larni samarali joylashtirish yо‘llarining eng optimalini tanlash mumkin.
Har qanday investitsiya loyihasini baholashning mazmuni bugungi xarajatlarni loyihadan olinadigan daromadlar oqlaydimi? -degan savolga javobtopishdan iboratdir. Biroq, bu savol shunchalik oddiy bо‘lishiga qaramasdan, agar diqqat bilan kо‘rib chiqilsa, uning kо‘plab qirralari ochiladiki, ba’zan unga bir xil ma’nodagi javobni topish juda mushkul.
Har qanday investitsiya loyihasi, garchi u kо‘pgina ijobiy tavsiflarga ega bо‘lsada, unga qо‘yilgan mablag‘lar, ya’ni qilingan investitsiyaxarajatlariloyiha mahsuloti (ish, xizmat) sotishdan kelgan daromadlar bilan qoplanmasa, kо‘rilgan foyda darajasi kо‘zda tutilgan darajada bо‘lmasa, u amalga oshirilmay qoladi.
Investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholashdan asosiy maqsad, aynan kо‘zda tutilgan natijalarga erishishni realligini baholashdir.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda loyihadan kо‘riladigan daromadning kо‘pligiga, mehnat resurslarining kam sarflanishiga, loyihaning amalga oshirish muddatining qisqaligiga, loyiha bо‘yicha ishlab chiqariladigan maxsulotning sifatiga, bozorda tutgan о‘rniga, shuningdek, xarajatlarning tо‘g‘ri olib borilishigakо‘proq e’tibor beriladi. Shu bilan birga, baholashda pul oqimini tо‘g‘ri ishlatilishi va nazorat qilinishi ham katta ahamiyatga ega. Bunda kapital xarajatlarni yerni ijaraga olish, u yerda bino va inshoatlar qurish, mashina va jixozlar yaratish yoki sotib olish, mutaxassislar tayyorlash kabi ishlarga sarflanishi, joriy xarajatlar esa, xom ashyo va materiallar sotib olish, suv, energiya, mehnat va boshqa resurslarga sarflanishi e’tiborga olinadi hamda daromadlar asosiy faoliyatdan keladigan daromadlar, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, royalti, davlatning obligatsiyalari orqali keladigan daromadlarga e’tibor qaratiladi. Investitsiya loyihalarini turli usullar bilan baholash mumkin, lekin barcha usullarda eng asosiy e’tibor loyihalarning daromadlilik darajasi xamda kо‘riladigan foydaning xajmini aniqlashga qaratiladi.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda aniq natijalarga erishish, ya’ni loyihalashtirishni yakunlash, bozorga chiqish va unda о‘z о‘rnini mustaxkamlash, belgilangan foydaga erishish, qilingan investitsiya xarajatlarini qoplash kabi natijalarga erishish uchun belgilangan muddat ham ayniksa muhimdir. Shuningdek, baholashda ilmiy-tadqiqot va konstruktorlikishlarining samaradorligi ham hisobga olinadi. Buning muhimligi shundan iboratki, tadqiqot va ilmiy izlanishlar ishining qisqa bо‘lishi bir tomondan mablag‘larning kam sarflanishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan nisbatan kam muddatda loyiha amalga oshirilib, bozorga ertaroq yangi mahsulot olib chiqiladi va hech bо‘lmaganda, qisqa muddat ichida korxona ushbu mahsuloti bilan bozorda monopol mavqega ega bо‘lishi mumkin.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda yirik ishlab chiqarish vamoliya korporatsiyalari ana shunday modellardan foydalanadilar. Shuningdek, bunday modellardan investitsiyaloyihalarini о‘rganuvchi va samaradorligini aniqlovchi turli maslahatchi firmalar ham foydalanadilar.
Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga YUNIDO (United Nations Industrial Development Organization) tavsiyalarini hisobga olgan holda investitsiya samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi. Investitsiya samaradorligini baholashning bu ikkala mezoni ham bir-birini tо‘ldirib turadi.
Moliyaviy baholash investitsiyani amalga oshirish jarayonidagi likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning yetarli moliyaviy resurslari bо‘lishini belgilashdir.
Dostları ilə paylaş: |