FVn= PV(1+i)n
FV3 = 1000000 sо‘m(1+ 0,04)3 = 1000000 sо‘m T1 (4%, 3 yil).
Murakkab foizlarni hisoblashda qо‘llaniladigan jadval kо‘rsatkichlari asosida quyidagi miqdorlarga ega bо‘linadi:
FV3= 1000000 sо‘m (1,125) = 1125000 sо‘m.
Banklarni hisoblash amaliѐtida oddiy foiz hisoblash usuli bir yilgacha bо‘lgan davrni tashkil qiluvchi qisqa muddali kredit shartnomalarida foydalaniladi.
Murakkab foizlarni yil ichidagi hisoblash usullari. Yuqorida kо‘rib utgan murakkab foizlarni hisoblash bо‘yicha formlalar asosan bir yildan kam bо‘lmagan davrlarga blgan foiz xsoblash usullaridr. Agar bir yilga shartlashilgan foizlar asosida kvartallik murakkab foizlarni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
FVn = PV(1+ i/m)n*m = T1(i/m, n*m).
Murakkab foizlarni yarim yillik(m=2) hisoblash quyidagichadir:
FV = PV(1+ i/2)n*2 = PV * T1 (i/2, n*2)
Masalan, agar siz 1000000 sm depozitga yillik 20% foiz stavkasi asosida 5 yilga qо‘yildi. Foiz stavkalari kvartallarda hisoblansin. 5 yilda jamg‘arilgan summa:
PV= 1000000
i/m= 20%/ 4
n/m= 5*4= 20
FV5 =1000000sо‘m* (1+0,05)20 = 1000000 sо‘m* T1(5%,2)= 1000000sо‘m *T1(2,653) = 2653000 sо‘m
4-savol bayoni. Oldingi mavzularda о‘sib borish tushunchasining foiz hisoblash natijasida dastlabki summaning ortib borishi jarayonini anglatishini aytib о‘tgan edik.
О‘sib borish metodining iqtisodiy mazmuni operatsiyalarni amalga oshirish natijasida dastlabki summaga qо‘shimcha ravishda olinadigan yoki olinishi mumkin bо‘lgan summa miqdorini aniqlashni anglatadi. Boshqacha aytganda о‘sib borish metodi ma’lum bir n vaqtlar uchun belgilangan r foiz stavkasidan kelib chiqqan holda joriy qiymat (PV)ning kelgusidagi qiymatini aniqlash imkonini beradi. Bunda foydalaniladigan r stavka ba’zida о‘sish stavkasi deb ataladi.
Ma’lum vaqtdan sо‘ng zarur miqdordagi pul mablag‘lariga egalik qilish uchun korxona ma’muriyati mavjud pul mablag‘ini hozirning о‘zida yо‘naltirish lozim bо‘ladi. Bunda qaror qabul qilishda kelgusidagi pul oqimlari pul mablag‘larining joriy vaqtdagi qiymati (present value - PV)dan kelib chiqqan holda baholashni amalga oshirish lozim. Pul mablag‘larining joriy qiymati va kelgusi qiymatini baholash uchun moliyachilar pul oqimlarini diskontlash bо‘yicha maxsus metodikadan foydalanadilar.
Korporativ moliyaviy munosabatlarda vaqt omilini hisobga olish foiz hisoblash texnikasi asosidagi diskontlash va о‘sib borish metodlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bu metodlarning mohiyati hozirgi yoki kelgusidagi talab qilingan turli davrlarga taalluqli pul mablag‘lari miqdorini aniqlashni о‘zida aks ettiradi
5-savol bayoni. Diskontlash tushunchasi pul mablag‘larini joylashtirish jarayonida kelgusida ma’lum bir belgilangan summani olish (yegalik qilish) uchun joylashtirish talab etiladigan pul mablag‘i miqdorini aniqlashni о‘zida aks ettiradi.
Iqtisodiy ma’noda diskontlash orqali topiladigan PV miqdori ayni paytda belgilab olingan FV kelgusi qiymat orqali aniqlab olinadi.
Ta’kidlash kerakki, diskontlash mohiyatiga kо‘ra mablag‘lar miqdori о‘sib borishini о‘zida aks ettiradi. Bu jarayonda foydalaniladigan foiz stavkasi r diskont normasi deb ataladi.
Qayd etib о‘tish kerakki, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish shartlariga bog‘liq ravishda mablag‘lar о‘sib borishini aniqlash kabi diskontlash ham oddiy, murakkab yoki uzluksiz (muntazam) foizlar qо‘llanilishi orqali amalga oshiriladi.
Qoidaga kо‘ra oddiy foizlardan qisqa muddatli, bir yil yoki undan kam muddatlarda о‘tkaziladigan moliyaviy operatsiyalarda qо‘llaniladi. Bunday holatda har bir davr uchun foiz hisoblashda baza sifatida shartnomadagi dastlabki summa olinadi.
6-savol bayoni. Oddiy foizlar bо‘yicha о‘sish hisoblanishi
Umumiy holda yillik oddiy foiz stavkalari bо‘yicha mablag‘lar kelgusi qiymati quyidagi formula bо‘yicha hisoblanadi:
, (4.1)
bu yerda FV – kelgusi qiymat;
PV – joriy qiymat;
n – davr (yillar soni)
r – foiz stavkasi.
Amaliyotda qisqa muddatli operatsiyalar davomiyligi odatda bir yildan kam bо‘ladi. Bunday holatda operatsiya amalga oshiriladigan muddat quyidagi shaklda aks ettiriladi:
(4.2)
bu yerda t – operatsiya о‘tkaziladigan kunlar soni;
V – vaqt bazasi (yil kunlari soni 360, 365 yoki 366).
Operatsiya muddati aniqlashtirilgan holda kelgusi qiymatni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
(4.3)
Odatda operatsiya muddatini aniqlash jarayonida uning boshlanish va tugash kunlari bir kun hisoblanadi.
Tahlil о‘tkazish jarayonida vaqt bazasi (V) sifatida qulaylik uchun shartli ravishda moliya yili 360 kun (12 oy 30 kundan)dan iborat deb olinadi. Bunday baza bо‘yicha hisoblanadigan foizlar odatiy yoki tijorat foizlari deb yuritiladi. Aniq foizlarda esa vaqt bazasi olinayotganda haqiqatdagi yil kunlari soni 365 yoki 366 kun olinadi.
Misol kо‘rib chiqamiz.
10 000 birlik qiymatga teng mahsulot 30 kunga tо‘lov kafolati olingan holda xaridorga tijorat krediti tarzida berildi. Kredit bо‘yicha yillik foiz stavkasi 30%. Shartnoma bо‘yicha muddat yakunlangach xaridordan qancha mablag‘ olinadi?
a) Odatiy foizdan foydalangan holda hisoblaymiz:
Dostları ilə paylaş: |